178
xususiyatlari shuki, xabar manzilatga bir necha minut davomida yetib
boradi.
−
Whais
- internetning manzil kitobi. Uning yordami bilan abonet
oʻzoqdagi kompyuterga va foydalanuvchilarga tegishli axborotlarni
olishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan tarmoqdagi abonentlararo
axborot almashuvi
xizmatlaridan tashqari, internet baʻzi bir oʻziga xos xizmat turlarini ham
taqdim qilishi mumkin, masalan:
−
Faks-servis
– tarmoq faks serviridan foydalanib, foydalanuvchiga
faksimal aloqa orqali xabarlar joʻnatish imkonini beradi.
−
Elektron tarjimon
– oʻziga yuborilgan matnni bir tildan ikkinchi
tilga tarjima qilib beradi. Unda elektron tarjimonga murojaat etish
elektron pochta orqali amalga oshiriladi.
−
S
hlyuzlar
- abonentga TCP/IP protokollari bilan ishlamaydigan
tarmoqda xabarlarni joʻnatish imkonini beradi.
Ikkinchi darajali xizmatlarga, ayniqsa axborotlarni qidirish va
tarmoq maʻlumotlar bazasi informasion
zaxiralardan foydalanish
sistemalariga quyidagilar kiradi:
−
Gopher
- kalit soʻz va jumlalar boʻyicha axborotlarni topishga
yordam beruvchi Internet tarmogʻidagi eng koʻp tarqalgan axborot
qidiruv vositasi. Copher-servirida axborotlarni koʻrib chiqish xuddi
windows ilovasidagi menyu yoki fayl sistemasi katalogi (papka)ning
«daraxti» kabi koʻrinishdagi menyu yordami bilan tashkil qilinadi.
Yuqori darajali menyu yirik mavzu nomlaridan tashkil topgan, masalan:
iqtisodiyot, madaniyat, medisina, sport va b.q. Keyingi daraja menyulari
tanlab olingan oldingi daraja menyu elementlarini boʻlaklar (detallar)
ajratadi. Daraxt boʻyicha pastga siljitishning oxirgi punkti hujjat
hisoblanadi, xuddi katalog daraxtining oxirgi elementi (fayl) kabi.
−
WAIS – Copherga nisbatan yana
kuchliroq axborot qidiruv
vositasi. U kalit soʻzlar qidiruvini barcha matnli hujjatlarda amalga
oshiradi. Rasmiy talablar WAISda ixchamlashgan ingliz tilida
yuboriladi. Bu logika algebrasi tiliga qaraganda ancha yengil
hisoblanadi. Shuning uchun WAIS noprofessional foydalanuvchilar
eʻtiborini oʻziga koʻproq jalb etadi.
Internetda eng ommabop va bir meʻyorda
rivojlangan xizmat
turlaridan biri World Wide Web (WWW)dir. U tadqiqot axborotlari
almashuvi uchun ilgaridan oʻylab topilgan. Hozir esa, koʻpchilik
odamlar kundalik hayotining bir qismiga aylanib qoldi. WWW-bu yer
sharining istagan nuqtasida saqlanishi mumkin boʻlgan butunlay boshqa
179
sayt yoki kompyutyerdagi matnning xohlagan boshqa joyiga havola
qilinadigan belgilash soʻzlari (buyruqlari) oʻrnatilgan global giper matn
sistemasi. Gipermatn gʻoyasining
mazmuni shundaki, tarmoqdagi
informasion zaxiralarga gipermatn modelini yaratishdagi relyasion
yondashishdan foydalanish va uni maksimal oddiy usul bilan bajarish.
Bu gʻoyani amalga oshirishda toʻrtta asosiy vosita ishlab chiqilgan:
–
HTML hujjatlarning gipermatn belgilash tili.
–
URL (Universal Resource Locator) manzillashning unvercal
usuli.
–
HTTP gipermatn axborotlari bilan almashish protokoli. (HTTP–
Hyper Text Transfer Protocol).
–
SSI (Common Getaway Interface) shlyuzlarining universal
interfeysi.
Bu vositalar kitobning navbatdagi boʻlimlarida koʻrib chiqiladi.
Kelajakda internet xizmatlari taqdim
qilishi tizimida sifatli
evolyusion oʻzgarishlar boʻladi. Ular asosan, odamlar va jamiyatning
extiyojlarini har tomonlama qondirishga qaratilgan boʻladi. Kelajakda
internet xizmatlari xuddi instrument (asbob) kabi faol xizmat qiladi.
Qarorlar qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish, odamlar oʻrtasidagi
muloqot va hamkorlik, XXI asr telefoni, marketing, biznes, dam olish va
boshqalar.
Barcha xizmatdagi foydalanuvchilarni
qiziqtiradigan jihatalar
tezkorlik; arzon global aloqa; muloqot va axborot almashuvidagi
qulaylik; kira olinadigan dasturlar, ajoyib tarmoq zaxiralari va
boshqalar. Ular global tarmoqni oʻzlarining
xususiy intellektual
imkoniyatlariga qoʻshimchadek qaraydilar.
Hozirgi vaqtda axborot asri boshlanajagi, unga boʻladigan talab va
talabgorlar sonining toʻxtovsiz oshib borajagini hamma anglamoqda.
Tabiiyki, ishonchli va operativ axborotsiz vaqt bilan baravar qadam
tashlab boʻlmaydi, inson faoliyatining xohlagan sohasida qoʻyilgan
maqsadga erishib boʻlmaydi. Shuning uchun barchamiz har xil internet
xizmatlaridan potensial foydalanuvchi boʻlib boramiz.