|
Liniyalarning tuzilishi: nuqtaga-nuqta va koʻp nuqtaliBog'liq Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari KitobLiniyalarning tuzilishi: nuqtaga-nuqta va koʻp nuqtali.
Liniyalar tuzilishi, yoki Aloqa liniyalari orqali uzatishning ikki turi
mavjud: nuqtaga-nuqta va koʻp nuqtali.
-
Nuqtaga-nuqta
. Bu usulda maʻlumot junatuvchi va qabul qiluvchi
qurilmalar bevosita bir-biriga ulanadi. Masalan, terminal va markaziy
kompyuter shunday ulanadi. Bu xususiy (alohida foydalanuvchiga
tegishli boʻlgan) maʻlumotni saklangan xolda bitta qurilmadan
ikkinchisiga uzatish usulidir. Bunaqa liniya jamoaviy yoki xususiy
boʻlishi mumkin.
-
Koʻp nuqtali.
Bu yagona liniya boʻlib, bir nechta
kommunikatsiya qurilmalarini bitta kompyuterga ulaydi. Bunaqa
liniyada, koʻpincha, bitta qurilma, masalan, terminal, xoxlagan paytda
maʻlumotni uzata (qabul qila) oladi.
Ketma-ket va parallel ulash
Maʻlumot ikki xil usulda uzatiladi: ketma-ket va parallel signallar
yigindisi kurinishida.
-
Maʻlumotni ketma-ket uzatish.
Bu usulda bitlar bitta-bitta, biri
ikkinchisida keyin uzatiladi. Ketma-ket uzatish koʻpincha buralma juftli
telefon liniyalari orqali amalga oshiriladi. Bu usul koʻpgina liniyalarda,
modemlar, sichkonchalarda xam qoʻllaniladi. Kompyuterga ulanuvchi
modem kartasi(platasi) odatda ketma-ket portga ulanadi.
-
Maʻlumotni parallel uzatish.
Bunday uzatishda maʻlumot
qismlarga ajratilib, bu qismlar alohida liniyalar orqali bir vaqtda
uzatiladi. Parallel liniyalarda ketma-ket liniyalarga nisbatan maʻlumot
ancha tez uzatiladi. Ammo bu usulda kabel uzunligi 15 fut (5 metr)
gacha bulishi mumkin, xolos. Shuning uchun bu usulda maʻlumot,
masalan, protsessordan printerga uzatiladi.
Maʻlumot oqimi yoʻnalishlari
Ikkita maʻlumot almashinish uchun ulangan kompyuterlar o’rtasida
maʻlumot almashinish uch xil usulda amalga oshiriladi: simpleks, yarim
dupleks va toʻliq dupleks.
- Simpleks uzatish.
Bunday uzatish turida maʻlumot faqat bir
tomonga qarab oqadi. Bunga anʻanaviy televideniyeni misol keltirish
mumkin: maʻlumot doim uzatish stantsiyasidan televizion antennalarga
uzatiladi. Teskari yoʻnalishda xech qanday signallar uzatilmaydi. Baʻzi
kompyuterlashgan maʻlumot yiguvchi qurilmalar xam shu printsip
asosida ishlaydi (masalan, yer qimirlashi parametrlarini ulchaydigan
seysmograf). (2.11-rasm.)
|
| |