Paketlar va ularning tuzilishi




Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/243
Sana31.05.2024
Hajmi7,35 Mb.
#258127
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   243
Bog'liq
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

1.2.3. Paketlar va ularning tuzilishi 
Mahalliy hisoblash tarmoqlarda axborot odatda, alohida qism, 
boʻlaklarda uzatiladi, ularni turli manbalarda turlicha 
paket, kadr
yoki 
bloklar
deb ataladi. Paketlarni ishlatilishining asosiy sababi shundan 
iborat, tarmoqda odatda bir vaqtning oʻzida bir necha aloqa seansi 
amalga oshiriladi («Shina» va «halqa» topologiyalarida), yaʻni turli juft 
abonentlar oʻrtasida bir vaqt oraligʻida ikki va undan ham ortiq axborot 


41 
uzatish jarayoni kechishi mumkin. Faqat paketlargina axborot 
uzatayotgan abonentlar oʻrtasida tarmoq vaqtini taqsimlay olishi 
mumkin.
Agarda hamma zarur axborot birdaniga uzluksiz, paketlarga 
boʻlinmasdan uzatilganda edi, bu holda uzoq vaqt davomida bir abonent 
tomonidan tarmoq vaqtini butkul ravishda egallab turishga olib kelar edi. 
Boshqa hamma abonentlar barcha axborot uzatilib boʻlishini kutishga 
majbur edi, qator hollarda oʻnlab sekundlar va hatto minut zarur boʻlar 
edi (masalan, qattiq diskda yozilgan barcha axborotni koʻchirish uchun). 
Abonent huquqlarini birdek qilish uchun, shuningdek, tarmoqqa 
bogʻlanish vaqtini taxminan tenglashtirish uchun va barcha abonentlar 
uchun axborot uzatishning integral tezligini tenglashga aynan 
paketlardan (kadrlar) foydalaniladi. Paket uzunligi tarmoq turiga 
bogʻliq, lekin u odatda bir necha oʻnlab baytdan to bir necha 
kilobaytgacha tashkil topgan boʻlishi mumkin. Yaʻni muhimi shuki, 
katta axborot massivi uzatilayotganda toʻsiq va uzilishlar sababli xato 
qilish ehtimoli yuqoridir. Masalan, mahalliy tarmoqlarga xos boʻlgan 
bittali xato boʻlish ehtimolining kattaligi 10 -8 ni, paket uzunligi 10Kbit 
boʻlgan 10 -4 xatolikka yoʻl qoʻyilishi ehtimoli bilan, 10 Mbit 
uzunlikdagi massiv esa 10 -1 ehtimoli bilan uzatiladi. Shuningdek, bir 
necha megabaytli massivda xatolikni topish bir necha kilobaytdan 
tashkil topgan paketda xotolik topishga qaraganda ancha murakkab. 
Xato topilganda butun massiv axborotini qaytadan uzatish kerak boʻladi, 
bu esa ixcham paketni uzatishga qaraganda bir muncha murakkabdir. 
Katta massiv axborotni qaytadan uzatganda yana xatolikka yoʻl qoʻyish 
ehtimoli yuqoridir va bu jarayon katta massiv boʻlsa cheksiz davom 
etishi mumkin. Boshqa tomondan olib qaraganda, baytlab (8 bit) yoki 
soʻzlab (16 bit yoki 32 bit) axborot uzatishga qaraganda, paketlab 
axborot uzatish afzalliklarga ega, yaʻni tarmoqdan foydali axborot 
oʻtishi orqali, xizmatchi axborotlarni kamayishi hisobiga erishiladi. Bu 
bir necha baytga ega boʻlgan uzunliklardagi paketlarga ham taalluqlidir. 
Chunki tarmoqdagi uzatilayotgan har bir paket tarkibida albatta 
tarmoqda axborot almashinuviga tegishli boʻlgan, shuningdek, bitlar bor 
(axborot almashinuvini boshlash biti, manzil bitlari, paket turi va 
nomerini koʻrsatuvchi bitlar va hokazo).
Kichik paketlarni tarmoqdan uzatilganda xizmatchi axborotlarning 
nisbati keskin oshib boradi, bu vaziyat tarmoq abonentlari oʻrtasidagi 
axborot almashinuvining integral tezligini (oʻrtacha) kamaytirishga olib 
keladi. Paketlarning qandaydir optimal uzunligi mavjud (yoki paketlar 


42 
uchun optimal uzunlik oraligʻi), bunday paketlar tarmoq orqali 
uzatilganda tarmoqning oʻrtacha tezligi maksimal darajasiga etadi. Bu 
uzunlik oʻzgarmas uzunlik emas, u axborot almashinuvini boshqarish 
usuliga, 
tarmoqdagi 
abonentlar 
soniga, 
uzatilayotgan 
axborot 
koʻrsatkichlariga va bundan tashqari koʻp faktorlarga bogʻliq.
Paketning tuzilishi, avvalambor, tarmoqdagi barcha qurilmalar 
xususiyatiga, tanlangan tarmoq topologiyasiga va axborot uzatish 
muhitining turiga, shuningdek, sezilarli darajada ishlatiladigan 
protokolga bogʻliqdir (axborot almashinuvining tarkibi). Xulosa qilib 
aytganda har bir, tarmoqda paket uzunligi oʻzgachadir. Lekin paket 
uzunligini aniqlashning qandaydir umumiy prinsiplari mavjud, bu har 
qanday mahalliy tarmoqdagi axborot almashinuvining xususiyatlaridan 
kelib chiqadi. Koʻpincha paket tarkibi asosiy maydon qismlaridan 
tashkil topadi (1.2.14-rasm): 

Download 7,35 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   243




Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish