45
terminal qurilmalari bilan ishlamaydi. Buning oʻrnida birlamchi tarmoq
kanallari boshqa tarmoqlarning kommunikatsion qurilmalarini ulaydilar
va ular esa oʻz navbatida oxiridagi foydalanuvchining terminaliga
xizmat koʻrsatadilar. Telefon va kommunikatsion
tarmoqlar birlamchi
tarmoqlarga nisbattan ikkalamchi yoki ustama (overlay) tarmoq boʻlib
xizmat qiladi.
Birlamchi tarmoq arxitekturasi telekommunikatsion tarmoqning
umumlashtirilgan arxitekturasiga mos keladi, yani kabelli aloqa yoʻllari
va kommutatorlardan tashkil topgandir.
Odatda birlamchi tarmoqning
bitta kabeli multipleksirlash hisobiga kompyuter yoki telefon
tarmoqlarining bir necha yuz magistral kanallarining
trafigini uzatish
imkoniyatini beradi.
Birlamchi tarmoqlarni yaratishning bir necha texnologiyasi mavjut:
−
plezioxronli raqamli iyerarxiya (PDH);
−
sinxron raqamli iyerarxiya (SDH/SONET);
−
zichlashtirilgan toʻlqinli multiplesirlash (DWDM);
−
optik transport tarmogʻi (OTN).