48
Modulyatsiya —
bu signalning biror
parametrini aloqa kanalida
modulyatsiya qilinadigan signalni) uzatilayotgan ma’lumotlarning joriy
qiymatlariga
mos
ravishda
(modulyatsiya
qiladigan
signalni)
o`zgartirishdir.
Demodulyatsiya —
bu modulyatsiya qilingan signalni (balki
aloqa
kanalidan o`tish paytida halaqitlar bilan buzilgan signalni) modulyatsiya
qiladigan signalga teskari o`zgartirishdir.
Zamonaviy modemlarda ko`pincha modulyatsiyaning uchta turi
ishlatiladi:
- chastotali — FSK (Frequense SHift Keying);
- fazali — PSK (Rpake SHift Keying);
- kvadraturali amplitudali — QAM (Quadrature Amplitude
Modulation).
Chastotali modulyatsiyada
modulyatsiya
qilinadigan signalning
(uzatilayotgan ma’lumotlarning) joriy qiymatlariga mos ravishda fizik
signalning (odatda sinusoidali) chastotasi o`zgaradi,
bunda uning
amplitudasi o`zgarmaydi. Eng sodda holda ma’lumotlar bitining 1 va 0
qiymatlariga, ma’lumotlarni uzatishning birinchi bayonnomalari V.21 da
qabul qilingani kabi, chastotaning
ikkita qiymati mos keladi, masalan,
980 Gs va 1180 Gs. Chastotali modulyatsiya holaqitlarga juda
turg`undir, uzatishda signalning faqat amplitudasi buziladi.