43
kelganligi haqidagi axborotni beradi. Paket tarkibiga uzatuvchi manzilini
koʻrsatilishining sababi bir qabul qiluvchiga galma-galdan turli
uzatuvchilardan paket kelishi mumkunligi uchun.
Xizmatchi axborot
– bu axborot paket turi, uning nomeri, formati,
olib boriladigan yoʻnalishi va qabul qiluvchi
qurilma bu paket bilan
nima qilish kerakligini koʻrsatadi.
Axborotlar
– bu shunday axborotki, uni uzatish uchun paket hosil
qilinadi. Haqiqatdan maxsus
boshqarish paketlari mavjud, ularda
axborot maydoni boʻlmaydi. Bunday paketlarni tarmoq buyruqlari deb
qabul qilish mumkin. Axborot
maydoni mavjud paketlarni, axborot
paketlari deb yuritiladi. Boshqarish paketlari aloqa boshlanishini,
aloqa
tugashini, axborot paketini qabul qilinganligini tasdiqlanishini, axborot
pa ketini soʻrashni va boshqa vazifalarni bajarishi mumkin.
Paketning nazorat sonlar yigʻindisi
–
bu sonli kod, uzatuvchi
qurilma tomonidan maʻlum qoidalarga asosan hosil qilinib, paket haqida
ixchamlangan maʻlumotdir. Qabul qiluvchi qurilma uzatuvchi qurilmada
paket bilan amalga oshirilgan hisoblashlarni qaytarib, hosil boʻlgan
sonni nazorat soni bilan solishtiradi va uzatilgan
paketda xatolik bor
yoki yoʻqligini aniqlaydi. Agarda paketda xatolikka yoʻl qoʻyilgan
boʻlsa, u holda qabul qiluvchi qurilma axborotni takroran uzatilishini
soʻraydi.