52
II
BOB.
KOMPYUTER
TARMOQLARI
HAQIDA
UMUMIY
TUSHUNCHALAR
§ 2.1. Kompyuter tarmoqlarining turlari. Ularning tasnivlanishi
2.1.1. Kompyuter tizimlari
Kompyuter tizimi (KT)
deganda – axborotni oʻlchash,
uning
shaklini oʻzgartirish va ishlash uchun moʻljallangan, funksional jihatidan
birlashtirilgan hamda istʻemolchiga, yaʻni foydalanuvchiga u talab
qiladigan koʻrinishda axborotni (maʻlumotni)
taqdim etadigan tizim
tushuniladi. Kompyuter tizimlari – oʻlchash, hisoblash va boshqa
yordamchi texnik vositalar majmuasidan iborat boʻladi [4].
Kompyuter tizimini qurishdan maqsad – biror-bir jarayonni
mantiqiy boshqarish
vazifasini amalga oshirish, texnik diagnostika
vazifalari, tasvirlarni ishlash va koʻpgina boshqa-boshqa vazifalardan
birini yoki bir nechtasini amalga oshirish hisoblanadi.
Kompyuter tizimlarini bajaradigan vazifalariga qarab tasavvur qilish
nisbatan oson boʻlgan quyidagi xillarini keltirish mumkin:
−
oʻlchashlar uchun moʻljallangan kompyuter tizimlari;
−
avtomatlashtirilgan boshqarish uchun moʻljallangan
kompyuter
tizimlari;
−
texnik diagnostika uchun moʻljallangan kompyuter tizimlari;
−
tasvirlarni ishlash uchun moʻljallangan kompyuter tizimlari va
hokazo boshqa-boshqa xildagi hozirda ishlab chiqilayotgan kompyuter
tizimlarining nomlarini keltirib roʻyxatni davom ettirish mumkin.
Masalan, video filmlarni yaratish jarayonida qoʻllaniladigan kompyuter
tizimlari, gazeta, jurnal va kitoblarni nashr qilish kompyuter tizimlari va
hokazo.
Endi esa kompyuter tizimlarining bir-nechta
belgilariga asosan
quyidagicha umumlashtirilgan klassifikatsiyasini keltiramiz:
1. Qoʻllaniladigan sohasiga qarab – sanoatda, tijoratda,
moliya va
marketing sohalaridagi kompyuter tizimlari.
2. Boshqariladigan obʻektning xiliga qarab – korxonadagi
texnologik jarayonlarni boshqarish uchun moʻljallangan KTlari,
loyihalashni avtomatlashtirish uchun moʻljallangan KTlari va korxonani
boshqarish uchun moʻljallangan KTlari.
3. Natijaviy axborotni qanday qoʻllanilishiga qarab:
53
- axborot-qidiruv tizimlari, ular axborotni yigʻish,
saqlash hamda
foydalanuvchining soʻroviga qarab kerakli maʻlumotlarni topib berish
vazifalarini
bajaradi;
- axborot-maslahat beruvchi tizimlar, ular foydalanuvchiga qarorlar
qabul qilish uchun tavsiyalar berish vazifasini bajaradi;
- axborot-boshqarish tizimlari, ular boshqarish uchun kerak
boʻladigan maʻlumotlarni yetkazib berish vazifasini bajaradi.
Kompyuter tizimlari – bitta kompyuterli, koʻp kompyuterli va koʻp
prosessorli tizimlar sifatida quriladi. Bu tizimlar – tezkor (on line) va
tezkor boʻlmagan (off line) rejimlarida ishlashi mumkin.
Kompyuter tizimlarini boshqarish –
markazlashtirilgan va
markazlash-tirilmagan
tarzda
amalga
oshiriladi.
Kompyuter
tizimlarining vositalari – bir joyga toʻplangan holda, yoyilgan holda,
maʻlumotlarni bir sathli ishlash vositalari sifatida va koʻp sathli ishlash
vositalari sifatida quriladi.