44
tushunchaga ajratilsa). Aynan kadrni uzatilishi emas,
balki paketni
uzatish tarmoq bandligiga toʻgʻri keladi.
Multipleksirlash: kommunikatsiya samaradorligini oshirish
Kommunikatsiya liniyalari xar qanday kompyuter yoki terminalga
nisbatan kattaroq sigʻimga ega. Bu liniyalardan maʻlumot saqlash uchun
foydalanish qimmatga tushishi mumkinligi sababli turli kommunikatsiya
qurilmalarning bir vaqtda bitta liniyadan
foydalana olishlari aynan
samaraliroq
boʻlardi.
Bu
jarayon
multipleksirlash
deyiladi.
Multipleksirlash - bu koʻp signallarni bir vaqtda bitta kommunikatsiya
kanali orqali uzatishdir.[19]
Multipleksilashni amalga oshirish uchun uch turdagi qurilmalar
kerak:
multipleksor, kontsentrator va FEP.
-
Multipleksor
. Bu turli past tezlikdagi uzatishlarni yagona yuqori
tezlikdagi uzatishga birlashtiruvchi qurilmadir. Modeliga qarab, yagona
aloqa liniyasiga 32 ta yoki koʻproq qurilmalarni ulash mumkin.
Multipleksor orqali uzatiladigan maʻlumotni shu tipdagi mulipleksor
qabul qilishi kerak. Uzatuvchi multipleksor turlii qurilmalar uzatayotgan
mʻlumotni birlashtirib bitta liniya orqali katta tezlikda uzatadi. qabul
qiluvchi multipleksor esa qabul qilingan xabarlarni saralaydi va kerakli
qurilmalarga ajratib uzatadi.
-
Kontsentrator.
Kontsentratorlar xam multipleksor kabi bir nechta
qurilmalarga bitta kommunikatsiya liniyasidan foydalanishga imkon
beradi. Ammo multipleksordan farqli oʻlaroq, kontsentrator maʻlumotni
vaqtinchalik saqlash qurilmasiga yigʻadi.
-