|
“tarmoqlar iqtisodiyoti” kafedrasi
|
bet | 1/5 | Sana | 24.06.2024 | Hajmi | 357,96 Kb. | | #265473 |
Bog'liq Tashqi savdo siyosati “TARMOQLAR IQTISODIYOTI” KAFEDRASI Mavzu: Tashqi savdo siyosati
Mikroiqtisodiyot va Makroiqtisodiyot fanidan kurs ishi
Toshkent - 2024
BHA 22-S-02 (B) guruh talabasi F.I.O.
Rahbar: M.K.ATAKULOV
R E J A: - I Kirish.
- II Asosiy qism.
- 1. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida xalqaro savdo
- Xalqaro savdo kontseptsiyasi
- 2. O’zbekiston tashqi savdo aloqalarining tarkibi va rivojlanish dinamikasi
- 3.O’zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasi
- 4.O’zbekiston Respublikasining jahon mamlakatlari bilan tashqi savdo aloqalari.
- III Xulosa.
- IV Foydalanilgan adabiyotlar va internet resurslari.
Kirish - Respublikamizda tashqi savdo siyosatini amalga oshirish maqsadida har yili Rivojlanish davlat dasturi qabul qilinadi. Jumladan, jahondagi rivojlangan davlatlar bilan savdo aloqalarini yaxshilash, mamlakatimizning export-import salohiyatini oshirish, O‘zbekiston Respublikasining tashqi aloqalarini har tomonlama va teng huquqli asosda rivojlantirishni ta’minlash zamirida yagona tashqi iqtisodiy, valyuta-kredit, investitsiya va narx-navo siyosati yuritishni, respublikani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishda bu aloqalarning samaradorligini oshirishni ta’minlash, talabehtiyojlarni o‘rganish va shu asosda jahon tovarlar bozorining, investitsiya, injiniring, konsalting, marketing bozorlarining va boshqa ishlar hamda xizmatlar bozorining, xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanish tamoyillari istiqbolini belgilash, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarini narx-navo, valyuta, moliya, kredit, huquqiy masalalar yuzasidan, tashqi bozorning chet elga chiqarilayotgan mahsulotlar sifatiga, texnikaviy xususiyatlariga bo‘lgan talablar yuzasidan tijorat asosida uslubiy, axborot va maslahat yo‘sinidagi ma’lumotlar bilan ta’minlash kabi ustuvor davlat dasturlari ishlab chiqilmoqda.
1. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida xalqaro savdo Xalqaro savdo kontseptsiyasi - Xalqaro iqtisodiy munosabatlaming an’anaviy va eng rivojlangan ko`rinishlaridan biri tashqi savdo hisoblanadi. Jahon iqtisodiyotida ro‘y berayotgan xalqaro iqtisodiy munosabatlar umumiy hajmining 75-80%i tashqi savdoning ulushiga to‘g‘ri keladi. Dunyoda mavjud boigan har qanday mamlakat uchun tashqi savdoning roli kattadir. Iqtisodchi olim J.Saksning fikricha, “dunyodagi har qanday davlatning iqtisodiy muvaffaqiyati tashqi savdoda ko'rinadi. Hozirgi kunga qadar hech bir mamlakat jahon iqtisodiy tizimidan ajralgan holda sogiom iqtisodiyotni hosil qila olgani yo‘q. Xalqaro savdoda xalqaro mehnat taqsimoti asosida paydo boiadigan turli davlatlarning tovar ishlab chiqaruvchilari o‘rtasidagi aloqalarning bir shakli boiib, ular o’rtasidagi o‘zaro iqtisodiy bogiiqlikni namoyon qiladi.
|
| |