|
Tarmoqlar iqtisodiyoti” kafedrasi
|
bet | 14/15 | Sana | 11.10.2024 | Hajmi | 285,69 Kb. | | #274465 |
Bog'liq Raqobatlashuvchi firma va tarmoqning uzoq muddatli oraliq XULOSA
Ishlab chiqarish iqtisodiyotning eng muhim ajralmas qismi hisoblanadi. Insonlarning cheksiz o’sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish ishlab chiqarish asosida amalga oshiriladi. Shuning uchun ham ishlab chiqarish iqtisodiyotning eng muhim bo’g’imlaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiyotga baho berishda ya’ni uning rivojlangan yoki rivojlanmaganligini aniqlashda ham eng avvalo mamlakatdagi ishlab chiqarish hajmiga qaratiladi. Chunki ishlab chiqarish hajmini oshirish asosida iqtisodiyotni jadal rivojlantirishga erishish mumkin.
Ishlab chiqarish jarayonida kishilar o’rtasida sodir bo’ladigan iqtisodiy munosabatlar umumiy ishlab chiqarish munosabatlarining asosiy negizini tashkil etib, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlarida bo’ladigan munosabatlarning tavsifini belgilab beradi. Shuning uchun ularni o’rganish o’ta zarur hisoblanadi.
Insoniyat zarur ne’matlarni iste’mol qilmasa yashay olmaganidek, bu ne’matlarni ishlab chiqarmasdan ham turolmaydi. Ishlab chiqarish va xizmat qilish jarayonida insonning yashashi uchun zarur bo’lgan barcha hayotiy vositalar yaratiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish omillari – yer, kapital, ishchi kuchi va tadbirkorlik qobiliyatidan iborat bo’lib, ular o’zaro bir-birlariga ta’sir ko’rsatadi. Birining o’zgarishi ikkinchisining o’zgarishiga ta’sir ko’rsatadi.
Ishlab chiqarish jarayonida barcha omillar harakatda bo’ladi, lekin ular ichida jonli mehnat, ya’ni ishchi kuchi faol bo’lib, u barcha ishlab chiqarish vositalarini harakatga keltiradi, ularga «jon kirgizadi», asosiy kapital qiymatining yo’qolib ketmasligini ta’minlab, yangi yaratilgan tovar va xizmatlarga o’tkazadi. Va nihoyat, bu jarayonda yangi tovar va xizmatlar vujudga keladi.
Omillar mahsuldorligini kamayish qonuni shuni ko’rsatadiki, biror bir ishlab chiqarish omilidan foydalanish oshib borganda (boshqa omillardan foydalanish o’zgarmaganda), shunday bir nuqtaga erishiladiki, ushbu nuqtadan boshlab qo’shimcha ishlatilgan omil ishlab chiqarish hajmini kamaytiradi. Omil mahsuldorligining kamayish qonuni chekli mahsulotning kamayishini ifodalaydi.
Yangi vujudga kelgan tovar va xizmatlar ikki xil xususiyatga – naflilik va qiymatga ega bo’lib, ikki tomonlama hisobga olinadi: natural-ashyoviy (naflilik) tomonidan va qiymat tomonidan. Natural-ashyoviy tomondan u uch qismga: ishlab chiqarish vositalari, iste’mol buyumlari va turli xizmatlarga bo’linadi. Qiymat tarafidan ham uch qismga: iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati, zaruriy mahsulot qiymati va qo’shimcha mahsulot qiymatiga bo’linadi.
Ishlab chiqarish nazariyasi bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Chunki hozirgi kunda ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, maksimal foydaga erishish masalasi jamiyat oldida turgan eng muhim masaladir.
Hozirgi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarish hajmini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda qulay investitsion muhitni shakllantirish asosida ishlab chiqarish hajmini oshirishga juda katta e’tibor qaratilmoqda hamda juda ko’plab islohatlar amalga oshirilmoqda. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad iqtisodiyotni jadal rivojlantirishga erishish, makroiqtisodiy barqarorlikka erishish hamda iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish kabi amaliy ishlar hisoblanadi.
|
| |