Chekli mahsulot,
MP Q
L L
15
|
0
|
0
|
-
|
-
|
15
|
1
|
12
|
12
|
12
|
15
|
2
|
32
|
16
|
20
|
15
|
3
|
60
|
20
|
28
|
15
|
4
|
80
|
20
|
20
|
15
|
5
|
95
|
19
|
15
|
15
|
6
|
108
|
18
|
13
|
15
|
7
|
112
|
16
|
4
|
15
|
8
|
112
|
14
|
0
|
15
|
9
|
108
|
12
|
-4
|
15
|
10
|
100
|
10
|
-8
|
Birinchi ustun ishlab chiqarishda qatnashgan kapitalning o’zgarmasligini ko’rsatib turibdi. Ikkinchi ustunda mehnat sarfi keltirilgan. Bir birlik mehnat sarfiga to’g’ri keladigan mahsulot o’rtacha mahsulot bo’lib, u to’rtinchi ustunda keltirilgan. O’rtacha mahsulot ishlab chiqarilgan mahsulotni umumiy mehnat
sarfiga nisbati bilan aniqlanadi. O’rtacha mahsulot ishlab chiqarish hajmi 84 birlikka yetguncha ortib, undan keyin qisqarib boradi. O’rtacha mahsulot maksimal bo’lganda mehnat sarfi to’rt birlikni tashkil qiladi.
Beshinchi ustunda mehnat sarfining chekli mahsuloti
MPL
keltirilgan. U
qo’shimcha bir birlik mehnat sarfi hisobidan ishlab chiqarilgan qo’shimcha mahsulot miqdori bo’lib, mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko’rsatuvchi uchinchi ustundagi har bir mahsulot miqdoridan undan oldingi ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorini ayrish orqali aniqlanadi. Masalan, kapital sarfi o’zgarmas bo’lganda (15 birlik) mehnat sarfining ikki birlikdan uch birlikka o’zgarishi mahsulot ishlab chiqarishni 32 birlikdan 60 birlikka oshiradi, demak qo’shimcha bir birlik mehnat sarfi 60-32=28 birlik qo’shimcha mahsulot yaratadi. O’rtacha mahsulotdek, chekli mahsulot ham boshida o’sib, keyinchalik kamayib boradi (ya’ni, u 3 birlik mehnat sarfigacha o’sib, mehnat sarfi 3 birlikdan oshganda kamayib boradi). Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, chekli mahsulot miqdori mehnatga va boshqa kapital sarfiga ham bog’liq. Agar mehnat sarfi o’zgarsa kapital sarfi ham o’zgarishi mumkin.
Omillar mahsuldorligining kamayish qonuni. Omillar mahsuldorligini kamayish qonuni shuni ko’rsatadiki, biror bir ishlab chiqarish omilidan foydalanish oshib borganda (boshqa omillardan foydalanish o’zgarmaganda), shunday bir nuqtaga erishiladiki, ushbu nuqtadan boshlab qo’shimcha ishlatilgan omil ishlab chiqarish hajmini kamaytiradi.
Ishlab chiqaruvchi muvozanati va ishlab chiqarish xarajatlarini minimallashtirish
Ishlab chiqarish resurslari cheklanganda maksimal mahsulot ishlab chiqarish masalasi firmalar uchun asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Masalani soddalashtirish uchun ikkita o’zgaruvchi omilni ko’ramiz: mehnat va kapital. Mehnat sarfi ( L ) soatbay ish haqi bilan, kapital sarfi ( K ) - uskuna, mashina va mexanizmlardan foydalanish vaqti (soatlarda) o’lchanadi. Faraz qilaylik, mehnat va kapital raqobatlashgan bozor sharoitida yollanadi va ijaraga olinadi. Mehnat haqi bir soatlik ish haqi bilan o’lchanadi va uni W orqali belgilaymiz. Kapital narxi
- uskuna, mashinalarning bir soatlik ijara haqiga teng deylik va uni r deb belgilaymiz.
Mehnat va kapital raqobatlashgan bozor sharoitida yollanishi va ijaraga olinishini e’tiborga olsak, ularning narxi bozorda aniqlanadi va o’zgarmaydi. Demak, mehnat va kapital narxlari o’zgarmaydi. Berilgan xarajatlarda ishlab chiqarishni maksimallashtirish masalasini qarashda xarajatlar chizig’idan, ya’ni izokostadan foydalanamiz.
Izokosta - bu ishlab chiqarish xarajatlarini ifodalovchi chiziq bo’lib, u umumiy qiymati bir xil bo’lgan ikkita ishlab chiqarish omillari sarflarining barcha kombinatsiyalarini ifodalovchi nuqtalarni o’z ichiga oladi, ya’ni umumiy qiymati bir xil bo’lgan mehnat va kapital sarflari kombinatsiyalarni ifodalovchi nuqtalarni o’z ichiga oladi.
Agar firmaning ishlab chiqarish omillariga sarflanadigan byudjetni C deb
belgilasak, ishchi kuchiga sarfini
W L
va kapitalga sarfini
r K
desak, izokostani
ifodalovchi tenglamani quyidagicha yozish mumkin:
C W L r K
(1)
Demak, firmaning ishchi kuchiga sarfi bilan kapitalga sarfi yig’indisi uning umumiy xarajati C ga teng.
Izokostani grafikda quyidagicha aniqlaymiz:
sarflasa, u
L C
W
miqdorda ishchi kuchi yollashi mumkin.
C nuqtani gorizontal
W
o’q bo’yicha belgilaymiz. Agar firma mablag’ini faqat kapitalga sarflasa, ya’ni
L 0
bo’lsa,
K C
r
kapitalni ijaraga olish mumkin.
C nuqtani vertikal o’q
r
bo’yicha joylashtiramiz.
K
Kapital
С/r
KB KA
KM
|