Q3 izokvantalar hisoblanadi. Ishlab chiqarish funksiyasining yuqori daraja
chizig’iga to’g’ri keluvchi izokvantaga yuqori mahsulot ishlab chiqarish hajmi to’g’ri keladi. Rasmdan ko’rinib
turibdiki, izokvantalar bir-biri bilan kesishmaydi.
Izokvantalar kartasi - bu izokvantalar majmuasidan iborat bo’lib, ularning har biri ma’lum ishlab chiqarish omillari sarflari kombinatsiyalariga to’g’ri keladigan maksimal ishlab chiqarish hajmini o’zida akslantiradi.
Izokvantalar firmalarda mahsulot ishlab chiqarishning variantlari ko’pligini ko’rsatadi. Bu firmalar uchun muhim axborot bo’lib, keyinchalik ko’ramiz, qanday qilib izokvantalar mahsulot ishlab chiqarishda xarajatlarni minimallashtiradigan yoki foydani maksimallashtiradigan omillar sarfi kombinatsiyalarini tanlashga imkon yaratadi.
Ma’lum vaqt oralig’ida jami ishlab chiqarilgan mahsulotni umumiy mahsulot desak,
o’rtacha mahsulot - umumiy mahsulotni ushbu mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan o’zgaruvchan ishlab chiqarish
omillari sarfiga nisbati