10
investitsiyalar o‘sishidagi farqqa nisbatini aks ettirishini nazarda tutadi.
u yerda: AYAIM- YAIM hajmining o‘zgarishi;
A/ - investitsiyalar hajmining o‘zgarishi.
Masalan, agarda investitsiyalar o‘sishi 5 mln so‘mni tashkil etsa va bu
YAIMni 15 mln so‘mga o‘sishiga olib kelsa, u holda investitsiya multiplikatori 3
ga teng bo‘ladi. Mul’tiplikator jamg‘arishga chegaraviy moyillikka
nisbatan teskari
proporsionaldir, moyillik qancha yuqori bo‘lsa, mul’tiplikativ samara shuncha past
bo‘ladi. Bunda J.M.Keyns qo‘shimcha tovar va xizmatlar ishlab chiqarish
sifatidagi investitsion
qaytim nisbatini emas, balki investitsion tovarlar sotib
olinishi natijasida mazkur tovarlar sotib olingan korxonalaming foydasi ko'payishi
nisbatini nazarda tutadi. Mazkur korxonalarda ishlovchilar daromadlarining o‘sishi
chegaraviy moyillikdan
kelib chiqqan holda, ular iste’molining o‘sishini
rag‘batlantiradi. Ular iste’molining o‘sishi mos ravishda samarali talab va milliy
daromadning o‘sishiga olib keladi. Xarid qobiliyatining o‘sishi
korxonalami
qanday bo‘lmasin ko‘proq sotishga undaydi, bu esa o‘z navbatida qo‘shimcha
ishchilami yollash va ko‘proq xomashyo va materiallar sotib olish zaruriyatidir.
2