5
1.Iqtisodiy o‘sish nazariyalarining rivojlanishi ulaming mazmuni va tutgan
o‘rni
Iqtisodiyot fani shakllana boshlanishidan iqtisodiy o‘sish muammosi ushbu
fan diqqat markazida turibdi. Mazkur muammoni hal etish aholi soni muntazam
ko‘payib borayotgan sharoitlarda ularning turmush darajasini oshirishni
ta’minlaydigan iqtisodiy rivojlanish omillarini izlashni anglatadi. Rivojlangan
mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish tarixini tadqiq etish uchun 1971-yilda Nobel
mukofotiga sazovor bo‘lgan amerikalik 39 mashhur iqtisodchi Saymon Kuznets12
iqtisodiy o‘sishga: “Xo‘jalikning aholining tobora ko‘proq va xilma-xil
ehtiyojlarini tobora samaraliroq texnologiyalar yordamida va ularga mos
tushadigan institutsional va mafkuraviy o‘zgarishlar yordamida ta’minlaydigan
qobiliyatining uzoq muddatJi ortishi” degan ta’rif bergan. S. Kuznetsning fikriga
ko‘ra, iqtisodiy o‘sishning uchta asosiy belgisi bor:
• milliy mahsulotning doimiy o‘sishi natijasida ehtiyojlaming tobora
ko‘proq hajmini qondirish imkoniyati;
• o‘sishning asosi, uning yetarli bo‘lmasa ham zarur bo‘lgan sharti sifatidagi
texnika taraqqiyoti;
• o‘sish salohiyatini to'laroq amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan
institutsional, harakat va mafkuraviy o‘zgarishlar.
1-rasm. S.Kuznetsning iqtisodiy o‘sish modeli
Ma’lumki, insonning ehtiyojlari cheksizdir: Odam bir ehtiyojini qondirishi
bilan ikkinchisi paydo bo‘ladi va bu uzluksiz davom etadi. Ushbu masaladagi
muammoning mohiyati shundan iboratki, ehtiyojlaming miqdor jihatidan cheksiz
6
ortib borishi va sifat jihatidan yangilanib turishi iqtisodiy imkoniyatlar
cheklanganligiga to‘qnash keladi. Ehtiyojlami faqat moddiy ne’matlar ishlab
chiqarishni kengaytirish orqaligina ko‘paytirish mumkin. Mazkur masala jahon
aholisi muttasil ortib borayotganligini yodda tutish kerak. Yer yuzida aholi soni 1
milliardga yetishi uchun (bu 1850-yilda sodir bo‘lgan) 10 ming yil kerak bo‘ldi.
Jahon aholisining soni 2 milliardga yetishi uchun yana 80 yil (1930-yil) kerak
bo‘ldi.
Bu sonni ikki baravarga ko‘paytirish (4 milliardga yetkazish) uchun esa
atigi 45 yil (1975-yil) kifoya qildi. 2011-yilda dunyo aholisi soni 7 milliard
kishidan ortdi. 2050-yilda esa kurrai zaminimizda 8,9 milliard odam yashashi
prognoz qilinmoqda. XIX asr o‘rtalaridan boshlangan aholi sonining bu sur’atlarda
o‘sishi odamlaming shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondiradigan jamlanma
mahsulot ildamroq o‘sishini taqozo etganligi tushunarlidir. Amerikalik
iqtisodichilar iqtisodiy o‘sish tarixini 500-yildan boshlab tadqiq etar ekanlar,
diqqatga sazovor xulosalarga keldilar. So‘nggi 1500 yil davomida aholining o‘sishi
bilan jon boshiga mahsulot ishlab chiqarishning o‘sishi o‘rtasida muayyan
bog‘liqlik bo‘lgan to‘rt davr aniq ko‘zga tashlanadi. Olimlaming tahlillari aholi jon
boshiga mahsulot ishlab chiqarish 1000 yil (500-1500 yillar) davomida
ko‘paymagan va ana shu davr mobaynida aholining yillik o‘rtacha ko‘payishi
sur’ati 0,1% ni takshil etgan. Mazkur ko‘rsatkichlaming bir muncha o‘sishi keyingi
uch yuz yil (1820- yilgacha) davrida aniqlangan, lekin bunda o‘sish sur’ati juda
past bo‘lgan. 0 ‘sishda keskin sakrash zamonaviy kapitalizm bosqichida (1820 -
1980-yillarda) sodir bo‘lgan.
1
Bunda aholi jon boshiga mahsulot ishlab chiqarish o‘sishining sur’atlari
yiliga 1,6 % ni tashkil etgani holda, aholi soni yiliga taxminan 1,0 % ga ko‘paygan.
Yuzaki qaraganda aholisining soni ko‘p bo‘lgan va ulkan bo‘sh ish kuchi
1
Саймон Смит Кузнец 1901йил 30 апрел, Пинск, Россия — 1985 Шил 8 июл, Кембридж, AQIII) — “iqtisodiy
o'sishni talqin etishni empirik asoslaganlifc uchun” 1971 yiigi iqtisodiyot bo'yicha Nobel mukofotining laureati
Asosiy asarlari: “Aholining qayta taqsimlanishi va iqtisodiy o'sish: Qo'shma Shtatlar, 1870-1950 yillar”, uch tomda.
(“Population Redistribution and Economic Growth: United States, 1870— 1950”); “Millatlarning iqtisodiy o‘sishi:
jamlanma ishlab chiqarish va ishlab chiqarish tarkibi” (“Economic Growth of Nations: Total Output and Production
Structure”, 1971), “Aholi, kapital va iqtisodiy o'sish” (“Population, Capital and Growth”, 1973).
7
zaxirasiga ega davlatlar iqtisodiy o‘sishda yuqori sur’atlarga erishish
imkoniyatlariga egalar. Amalda esa aholisi ko‘p bo‘lgan aksariyat mamlakatlarda
iqtisodiy o‘sish sur’atlari juda past, aksariyat hollarda aholining tabiiy o‘sish
sur’atlaridan kam. Gap shundaki, iqtisodiy o‘sish faqat natura-ashyoviygina emas,
balki moliyaviy xususiyatga ham egadir. Ishlab chiqarishda band bo‘lmagan
mehnatga layoqatli aholini ish bilan ta’minlash uchun yangi ish joylari tashkil etish
talab etiladi, buning uchun esa investitsiyalar kiritilishi zarur. Investitsiyalaming
mavjud bo'lishi kapital jamg‘arilishi bilan bog‘liqdir. Bu esa, o‘z navbatida,
bugungi va ertangi iste’mol miqdori o‘rtasida tanlashga, ya’ni kelajakda ko‘proq
iste’mol qilish uchun hozir nimadandir o‘zini cheklash zaruriyati bilan bog‘liqdir.
Shunday qilib, iqtisodiy o‘sish kapital ortishi bilan ish kuchi ko‘payishi
o‘rtasidagi nisbatga, ya’ni kapital bilan qurollanishdagi o'zgarishga bogMiqdir.
Agar kapital aholi ko‘payishiga nisbatan tezroq ortadigan bo‘lsa, har bir xodimning
kapital bilan qurollanishi ishlab chiqarish samaradorligi va jon boshiga
daromadning asosi sifatida ko‘payib boradi. Aksincha, aholining ko‘payishi kapital
ortishidan ildamroq bo‘lsa, mehnat faoliyatiga kirishayotgan ish kuchi kamroq
kapital bilan ta’minlangan bo‘ladi. Buning oqibatida mehnat unumdorligi
kamayishi hamda milliy mahsulot o‘sishining suratlari pasayishi mumkin. Ya’ni
iqtisodiyotning o‘sish qobiliyati manbai jamg‘armalar bo‘lgan kapital jamg‘arilishi
sur’atlariga bog‘liqdir.
Jamg ‘armalar - odamlar kelajakdagi xaridlari, kelajakdagi ehtiyojlarini
qondirish uchun jamg‘ariladigan pul daromadlarining bir qismidir. Ular mavjud
daromad bilan iste’mol xarajatlari o‘rtasidagi farqdir. Jamg‘armalar, o‘z navbatida,
daromad darajasi va iste’mol darajasiga bog‘liqdir. Iste ’mol - ehtiyojlami
qondirish maqsadida mahsulotlar, buyumlar, ne’matlar, tovarlar, xizmatlardan
foydalanish, ulami iste’mol qilishdir. Shuning uchun iqtisodiy o‘sish nazariyalarida
kapital jamg‘arilishi yuksak darajasini ta’minlaydigan jamg‘armalaming eng
maqbul darajasi tadqiq qilinadi. U barqaror va mutanosib o‘sishni ta’minlaydi.
Odatda iqtisodiy o‘sishning quyidagi nazariyalarini farqlaydilar:
• iqtisodiy o‘sishning yangi keynscha nazariyalari;
8
• iqtisodiy o‘sishning yangi klassik nazariyalari;
• iqtisodiy o‘sishning empirik nazariyalari;
• endogen o‘sishning yangi nazariyalari.
Ushbu yo‘nalishlar doirasida iqtisodiy o‘sishning turli nazariy modellari
yaratila boshlangan. Iqtisodiy o‘sish modellari bu tadqiq qilinayotgan iqtisodiy
jarayonlaming muhim sabablari va omillarini aniqlash maqsadida grafik va
matematik usullar orqali real iqtisodiy jarayonlami abstrakt holda
umumlashtirilgan va soddalashtirilgan ifodasi bo‘lib hisoblanadi. Bugungi kunda
iqtisodiyotda ikki turdagi iqtisodiy o‘sish modeli: neoklassik va yangi keynschilik
maktablari nazariyalari keng tarqalgan. Iqtisodiy o‘sish nazariyasida asosiy o‘rinda
tarkibiy qayta qurishda investitsiyalaming o'mi masalasi turadi. Keyns tomonidan
iqtisodiy fanda bozor iqtisodiyoti, iqtisodiyotda barqarorlikni kafolatlay olmaydi
degan inqilobiy fikr bayon etilgan edi. Iqtisodiyotdagi inqiroziy holatlar va yuqori
ishsizlik darajasiga qarshi davlat o‘zining barqarorlashtiruvchi siyosatini olib
borishi lozim. Davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi rolidan foydalanmasdan
turib, takror ishlab chiqarishning zaruriy makroiqtisodiy nisbatlariga erishish
mumkin emas.
|