20
keng yo‘l ochish, qonunchilik barqarorligini ta’minlash, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsion muhitni tubdan yaxshilash borasida
amalga oshirilayotgan tizimli ishlar iqtisodiyotimizga yo‘naltirilgan to‘g‘ridan-
to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmining oshishiga muhim asos bo‘lmoqda.
0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev qayd qilib
o‘tganlaridek: “Iqtisodiyotni yuqori sur’atlar bilan rivojlantirish uchun faol
investitsiya siyosatini izchil davom ettirish zarur”. Investitsiya muhiti investitsiya
resurslarini joylashtirish uchun umumiy mezon bo‘lib, birinchi navbatda, kapital
mablag‘laming daromadliligini ta’minlab beradi. “Investitsiya
muhiti deganda
mamlakat iqtisodiyoti va uning ma’lum bir hududiga kiritiladigan
investitsiyalaming samaradorligini va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan
iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy, huquqiy, siyosiy, ekologik, madaniy va boshqa shart-
sharoitlar majmuasi tushuniladi”. U muayyan hududga investitsiyalar kiritishning
maqsadga muvofiqligi va jozibadorligini belgilaydigan shart-sharoitlaming mavjud
ijobiy va salbiy tomonlarini anglatadi.
“Mamlakatning investitsion jozibadorligi - ma’lum investoming
maqsadlariga mintaqaning mos kelish darajasi bo‘lib, xususan, tavakkalchilikni
mos darajasida investitsiyalashni o‘ziga xos imtiyozlari sharoitida, investitsiya
qilgan kapitalidan maqsadli daromad olish imkoniyati ifodalovchi majmuali tavsif
bo‘lib hisoblanadi”. Milliy iqtisodiyotning
investitsion jozibadorligiga,
birinchidan, uning nisbatan barqaror va mintaqaviy darajada boshqaruv qarorlariga
ta’sir etmaydigan uning ba’zaviy shart-sharoitlari bo‘lib hisoblanadi. Ularga
mintaqani geograflk joylashuvi, tabiiy obhavo darajasi, qazilma boyliklari, tabiiy
xomashyo resurslari va shu bilan birga uning transport infratuzilmasi obyektlari
holati bo‘lib hisoblanadi.
Ikkinchidan, milliy iqtisodiyotning investitsion
jozibadorligiga ta’sir etuvchi omillarga mintaqada uzoq vaqt davomida
shakllangan investitsion muhit. Uni baholash milliy iqtisodiyotning investitsion
jozibadorligiga bog‘liq ya’ni investitsion jozibadorlik bilan investitsion muhiti
o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud. Investitsion muhitga ma’lum malaka
va ta’lim darajasiga ega bo‘lgan mehnat resurslari, ishlab chiqarish, moliyaviy va
21
innovatsion salohiyati, institutsional muhiti va bozor infratuzilmasi bilan
ta’minlanganligiga bog‘liq. Uchinchi guruhga investitsion
tavakkalchilik bilan
bog‘liq omillar boiib investitsion jozibadorlikka nisbatan qisqa va o‘rta muddatda,
katta ta’sir etish imkoniyatlariga ega.
Milliy iqtisodiyotni investitsion jozibadorligini baholash uchun uning
iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy, boshqaruv, ekologik, krimogan,
va siyosiy
tavakkalchiliklarini ham hisobga olish maqsadga muvofiq. “Xuddi ana shu omillar
xorijlik investorlarga uzoq muddatli shartnomalar asosida boshqa mamlakatga o‘z
resurslarini kiritish imkonini beradi. Bunday muhit uzoq muddatli investitsiya
rejalarini amalga oshirishda juda muhimdir". “Investitsiya muhiti bu murakkab va
ko‘p oicham li tushuncha bo‘lib, u muayyan mintaqaga investitsiya kiritish
jozibadorligi va maqsadga muvofiqligini ko‘rsatuvchi ijtimoiy, iqtisodiy, tashkiliy,
huquqiy, siyosiy va boshqa shart-sharoitlar yig‘indisi shaklida namoyon boiadi.
Shuning uchun investitsiya muhitini baholash bitta ko‘rsatkich bilan emas, balki
ko‘p sonli ko‘rsatkichlar tizimi orqali amalga oshiriladi. Bu esa investitsiya
muhitini miqdoriy baholash yondashuvlaiining ham turli tavsifga ega boiishiga
sabab boiadi”.
0‘zbekistonda investitsiya muhitining yaxshilanib
borishi va uning
investitsion jozibadorligini baholashning eng samarali usullaridan biri bu uning
reytinglarini baholash boiib hisoblanadi. Jahon banki mutaxassislari tomonidan har
yili 190 ga yaqin mamlakatlar bo‘yicha tuziladigan Jahon banki va Xalqaro
moliyaviy korporatsiyaning “Biznesni yuritish” yillik hisobotini e’lon qilib boradi.
0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5- yanvardagi “Jahon banki va
xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida 0 ‘zbekiston
Respublikasining reytingini yangilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risidagi PQ-4160
sonli qaroriga ko‘ra 0 ‘zbekistonni reytingini oshirish bo‘yicha y o i xaritasi ishlab
chiqilib, unga ko‘ra 2020-yilda 66-o‘rin, 2021-yilda 33-o‘rin, 2022- yilda 20-
o‘ringa ko‘tarish uchun chora-tadbirlar belgilab qo‘yilgan101. Mazkur reytingni
baholash metodologiyasi korxonalami ro‘yxatdan o‘tkazish, qurilishga ruxsat olish,
elektr tarm ogiga ulanish, mulkni ro'yxatdan o‘tkazish,
kredit olish, investorlami