O’zbekiston Respublikasi makroiqtisodiy ko’rsatkichlari tahlili va




Download 1,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/14
Sana24.05.2024
Hajmi1,1 Mb.
#252890
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
sherzod

4.O’zbekiston Respublikasi makroiqtisodiy ko’rsatkichlari tahlili va 
istiqbollari 
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi sharhida mamlakatning joriy 
makroiqtisodiy holati tahlil etilib, 2023-2024 yil uchun prognozlar berilgan. 
Unda yalpi ichki mahsulot, sanoat, investitsiyalar, iste’mol xarajatlari, 
inflyatsiya, foiz stavkalari, kreditlash, ichki va tashqi savdo, davlat byudjeti 
xarajatlari va daromadlari, siklik moslashtirilgan byudjet balansi kabi 
ko‘rsatkichlar tahlil qilingan. Shuningdek, milliy iqtisodiyot rivojlanishining holati 
va asosiy tendensiyalarining monitoringi, shu jumladan, qisqa muddatli iqtisodiy 
istiqbollarini shakllantiruvchi pul-kredit va fiskal sohalardagi davlat siyosati 
masalalari qamrab olingan. 
O‘zbekiston iqtisodiyoti 2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida o‘zining 
o‘rta muddatli trendidan yuqori o‘sib, o‘sish sur’ati 5,8 foizni tashkil qildi. Joriy 
yilning III choragida almashuv kursining to‘g‘rilanishi fonida tashqi savdo 
aylanmasi 22,1 foizga o‘sib, 44,7 mlrd. dollarni tashkil etdi. 
Hisob-kitoblariga ko‘ra, 2023 yilda O‘zbekistonda yillik iqtisodiy o‘sish 5,4- 
5,6 foiz atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Bunda aholi iste’moli va 
investitsiyalarning o‘sishi mos ravishda 4,8 foiz va 7,6 foizni tashkil etadi. 
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining 2023 yil yanvar-sentyabr 
bo‘yicha Makroiqtisodiy sharhining asosiy xulosalariga quyidagilar kiradi. 2023 
yil yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston iqtisodiyoti 5,8 foizga o‘sdi. Joriy yil 
yakuni bilan ijobiy ishlab chiqarish tafovuti saqlanib qolishi kutilmoqda. 
Xizmatlar va sanoat sohasi yalpi taklif tarafidan iqtisodiy o‘sishning asosiy 
drayverlari bo‘ldi – xizmatlar 6,5foizga va sanoat 5,7 foizga o‘sdi. 
O‘tgan yillardagi tendensiya shuni ko‘rsatmoqdaki, foyda va daromad solig‘i 
hamda resurs to‘lovlari va mol-mulk solig‘idan tushumlarning YAIMga nisbatan 
ulushi 2021 yilgacha ortib borgan bo‘lsa, oxirgi yillarda byudjetdan tashqari 


26 
jamg‘armalar va hisoblar hamda boshqa daromadlarning ulushi ortmoqda. 
Hisob-kitoblariga ko‘ra, 2020-2023 yillarda real va neytral foiz stavkalarida 
o‘sish tendensiyasi kuzatildi. Joriy yilning sentyabr holatiga ko‘ra, real foiz stavka 
4,4 foizni, neytral foiz stavka 3,9 foizni tashkil qildi. 
Global monetar sharoitlarning qattiqlashtirilishi fonida asosiy savdo hamkor 
davlatlar Rossiya, Qozog‘iston va Turkiyada Markaziy banklar tomonidan ham 
qattiq monetar siyosatni ushlab turish siyosati davom ettirilmoqda. 
2023 yil oktyabr boshiga keng ma’nodagi pul massasi o‘tgan yilning mos 
davriga nisbatan 12 foizga ko‘paygan. Pul massasi tarkibida milliy valyuta 77 foiz, 
xorijiy valyutadagi depozitlar ulushi 23 foizni tashkil qildi. 
Tahlillarga ko‘ra, aholiga ajratilgan kreditlar kesimida iste’mol va 
avtokreditlash ulushi yuqoriligicha qolmoqda. 2023 yilning yanvar-sentyabrida 
mashina va asbob-uskunalar importi 11,4 mlrd., kimyoviy mahsulotlar 4,2 mlrd., 
oziq-ovqat mahsulotlari 3 mlrd. va xizmatlar 1,8 mlrd. dollarni tashkil qilgan. 
Mazkur kategoriyalarning importdagi ulushida sezilarli o‘zgarish kuzatilmagan. 
Markaz hisob-kitoblariga ko‘ra, mamlakatning savdo shartlarida pasayish 
davom etmoqda. Xususan, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yil 9 oyiga nisbatan 0,5 foizga 
yomonlashgan bo‘lsa, 2018 yildan beri 11,2 foizga pasaygan. 
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan Xalqaro hisob-kitoblar 
banki metodologiyasi asosida so‘m real samarali almashuv kursi dinamikasi tahlil 
qilindi. So‘mning real almashuv kursi 2019 yil yanvaridan 2023 yil sentyabriga 
qadar 13,9 foizga mustahkamlangan.
4
So'nggi yillarda yurtimizda tadbirkorlik faoliyati yuqori darajada 
o'zgaruvchanligi va mintaqaviy xilma-xilligi bilan ajralib turmoqda. SHu 
munosabat bilan Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari har oyda 
tadbirkorlik faoliyati holati monitoringini viloyat va tumanlar miqyosida olib 
bormoqda. 
O'zbekiston Respublikasi hududida ishbilarmonlik faoliyati tahlili har oyda 
4
 
http://nhrc.uz/oz/news/iqtisodiy-tadqiqotlar-va-islohotlar-markazi-ozbekiston-iqtisodiyoti-58-foizga-osgan 


27 
markazga kelib tushgan tezkor ma'lumotlar asosida amalga oshiriladi. 
Monitoring natijalari shuni ko'rsatdiki, joriy yilning 1 iyunidan 31 
iyunigacha bo'lgan davrda respublika soliq tushumlari hajmi o'tgan yilning shu 
davriga nisbatan 6,8 foiz oshdi. 
SHu bilan birga, Qashqadaryo (27,1 foiz), Farg'ona (13,5 foiz), Surxondaryo 
(13,4 foiz), Andijon (13,3 foiz), Samarqand (12 foiz) viloyatlari va 
Qoraqalpog'iston Respublikasida (12,7 foiz) soliq tushumlarining sezilarli darajada 
o'sishi qayd etildi. 
Soliq tushumlarining ko'payishi tadbirkorlik faoliyati va kuchli iqtisodiy 
o'sish holatini, “yashirin iqtisodiyot”ning qisqarishi va soliq ma'murchiligining 
yaxshilanishini ko'rsatadi. Soliqqa tortish deyarli barcha mamlakatlarda davlat 
daromadlarining eng muhim manbai hisoblanadi. Qo'shimcha soliq tushumlari 
hukumatlarga ta'lim, infratuzilma va innovatsiyalarga sarf-xarajatlarni oshirish 
orqali ijtimoiy birdamlikni rag'batlantirish imkonini beradi. 
Tahlil qilingan davrda bojxona to'lovlari bo'yicha tushumlar 7,2 foiz oshdi. 
Daromadning eng yuqori o'sishi Navoiy (43,8 foiz), Toshkent viloyatlari (19,4 
foiz), Toshkent shahri (12,6 foiz) va Qoraqalpog'iston Respublikasida (20,5 foiz) 
kuzatildi. 
Hozir O'zbekiston asosiy savdo hamkorlari — Xitoy, Rossiya va 
Qozog'iston bilan savdo aloqalarini yaxshi olib bormoqda. Binobarin, tashqi savdo 
aylanmasining ko'payishi va mamlakatda ichki talabning ortishi bojxona 
daromadlarining o'sishiga olib keldi. 
Davlat bojxona qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, yil boshidan buyon tovarlar 
eksportining hajmi 8,4 foiz oshgan. Tovarlar eksporti hajmining o'sishi Jizzax 
(31,5 foiz), Navoiy (26,1 foiz), Samarqand (24 foiz), Xorazm (19,6 foiz), Andijon 
(18,1 foiz) viloyatlari va Toshkent shahri (18 foiz) hissasiga to'g'ri keldi. 
O'zbekiston eksport hajmining oshishini eksportbop mahsulotlar ishlab 
chiqarishning o'sishi bilan izohlash mumkin. 
O'tgan oyda tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlar hajmi 11,8 foiz 
oshdi. Berilgan kreditlar hajmining eng yuqori o'sishi Sirdaryo (76 foiz), 


28 
Samarqand (72,3 foiz), Surxondaryo (59,1 foiz), Andijon (52,2 foiz) viloyatlarida 
kuzatilmoqda.
Tijorat 
banklari 
beradigan kreditlar 
hajmining oshishi 
tadbirkorlik 
tuzilmalari 
faoliyatining 
bosqichma-bosqich 
takomillashib 
borayotganidan dalolat beradi. 
Tahlil qilingan davrda 8 ming 210 ta yangi tadbirkorlik sub'ekti tashkil 
etilib, ularning eng ko'pi Samarqand (1 ming 230), Qashqadaryo (990), Toshkent 
(831), Farg'ona (798) viloyatlari va Toshkent shahrida(1 ming 339) ro'yxatga 
olingan. 
Tahlil etilayotgan davrda O'zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida 
tuzilgan bitimlar hajmi 9,1 foiz oshdi. 
Birja faolligining sezilarli o'sishi Namangan (45,6 foiz), Surxondaryo 
(35,1 foiz), Sirdaryo (20,7 foiz), Qashqadaryo (17,5 foiz) viloyatlari, Toshkent 
shahri (14,8 foiz) va Qoraqalpog'iston Respublikasida (26,1 foiz) kuzatilmoqda. 
Ushbu hududlarda bitimlar hajmining o'sishi mineral o'g'itlar, dizel 
yonilg'isi, paxta tolasi, avtomobil` benzini, tsement, qora metallar, mis, qand, 
texnik chigit va polietilen kabi tovarlar sotuvini ko'paytirish orqali 
ta'minlanmoqda. Birjada bitimlar hajmining o'sishi yuridik shaxslar faoliyatining 
oshishini, jismoniy shaxslar daromadining ko'payishini ko'rsatadi. Bu esa talab 
omillari orqali ishbilarmonlik faoliyatining o'sishiga yordam beradi. 
Joriy yil boshidan buyon mamlakatimizda iqtisodiy faollikning 
bosqichma- bosqich o'sishi kuzatilmoqda. Bu pandemiya bilan bog'liq 
muammolarni 
bartaraf 
etish 
bo'yicha 
ko'rilgan 
chora-tadbirlarning 
muvaffaqiyatini ko'rsatadi. Umuman olganda, iqtisodiy o'sishga ijobiy ta'sir 
ko'rsatuvchi xo'jalik yurituvchi sub'ektlar miqyosida nisbatan ijobiy 
tendentsiyalar mavjud. Binobarin, korxonalar va turarjoylarning daromadi 
sezilarli darajada oshishi va tadbirkorlik faoliyati hajmining o'sishi 2021 yil 
davomida iqtisodiy tiklanishning doimiy modelini ko'rsatadi. 
So'nggi yillarda O'zbekistonda iqtisodiy faoliyatning asosiy omillari 
sifatida foydalanilgan ayrim vositalarning joriy etilishi sezilarli darajada 


29 
kengaydi va bu borada tegishli strategiya va ishlar davom ettirilmoqda. Asosiy 
makroiqtisodiy ko'rsatkichlar global pandemiya tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy 
inqirozdan keyin sezilarli ijobiy tiklanishni ko'rsatadi. 

Download 1,1 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 1,1 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston Respublikasi makroiqtisodiy ko’rsatkichlari tahlili va

Download 1,1 Mb.
Pdf ko'rish