11
omillar ham borki ularni baholashning umuman iloji yo‘q, masalan AQSHning
iqtisodiy o‘sishiga
davlatdagi umumiy ijtimoiy, madaniy va siyosiy muhit ham
munosib o‘rin egal lagan.
AQSHda boshqa davlatlarga nisbatan ijtimoiy, ma’naviy cheklashlar deyarli
yo‘q, rivojlanish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Amerikaliklar orasida
biznesmen, novator, kashfiyotchilar katta hurmatga ega. Amerikaliklar orasida
tadbirkorlik mehnat va tavakkalchilik munosabati o‘zgacha.
Amerikadagi bozor
iqtisodiyoti tizimi iqtisodiy o‘sishga olib keluvchi har qanday harakatni
rag‘batlantiradi. AQSH 231 iqtisodiyoti barqaror
siyosiy tizimga asoslanadi,
bundan tashqari demokratik qat’iy, xususiy mulk huquqi va boshqalar davlat
tomonidan himoya qilinadi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, erkinliklar ko‘proq
davlatda o‘sish rivojlanishi yuqoriroq bo‘ladi. Ushbu
barcha omillar birgalikda
AQSHda iqtisodiy o‘sish uchun zamin yaratmoqda. Iqtisodiy o‘sishga eng katta
salbiy ta’sir AQSHda 1930-yillardagi Buyuk depressiya davrida boigan 1929—33-
yillar oralig‘ida AQSHda YAIM 823 mlrd. dollardan 587 mlrd. doll,
tushgan va
1929-yil ko‘rsatkichiga qaytgan. 1980-1982-yillardagi iqtisodiy tushkunlik
AQSHda 600 mlrd dol. mahsulot va daromadni yo‘qotishga olib keldi.