24
global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini
yumshatish
bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5969-son
Farmoni102 bilan iqtisodiyot tarmoqlariga koronavirus pandemiyasi va global
inqiroz holatlarining salbiy ta’sirlarini yumshatish bo'yicha choralar to‘plami
tasdiqlandi.
Mazkur yig‘ma jildda investitsiyalar dasturini qayta ko‘rib
chiqish asosiy
tarmoqlar mutanosibligini ta’minlashda tashqi moliyaviy manbalami shakllantirish
masalasiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. 0‘zbekiston Respublikasining
investitsion muhit ko‘rsatkichlarini yaxshilanishi natijasida
milliy iqtisodiyotga
katta miqdorda xorijiy investitsiyalar kirib kelmoqda. 2019-yilda jami 86653,1
mlrd so‘m (9,8mlrd dol) yoki 2018-yilga nisbatan 2,5 marta ko‘p asosiy kapitalga
xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi. Asosiy kapitalga qilingan investitsiyalarda
xorijiy investitsiyalar ulushi 45,7%ni tashkil qildi.
Xorijiy investitsiyalaming
salmoqli ulushi Qashqadaryo viloyatida 71%, Surxondaryo vil 61,8%, Buxoro vil
52,9%, Jizzax vil 47,0%, Sirdaryo vil 46,5%, va Namangan vil 43,6% kuzatildi.
Yalpi ichki mahsulotga nisbatan xorijiy investitsiyalar 16,9%ni tashkil etdi. 0
‘zlashtirilgan jami 9803,5 mln dol. xorijiy investitsiyalaming 4205 mln yoki
42,9%, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar tashkil etdi. Xorijiy investitsiyalar
faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha tarkibi:
1. Qayta ishlash sanoati - 33%;
2. Elektr, gaz ta’minlash - 19%;
3. Tog‘-kon sanoati - 18%;
4. Qurilish -2%;
5. Sog‘liqni saqlash - 2%;
6. Axborot va aloqa - 2%;
7. Tashish va saqlash 3%;
8. Boshqalar 21%.
Qo‘shma korxonalar tashkil etish orqali xorijiy
investitsiyalarni jalb
qilishning keng ommalashgan shakllardan biri bo‘lib hisoblanadi. “0‘zbekiston
Respublikasida qo‘shma korxona deganda, nizom kapitalining kamida 30% xorijiy
25
investorga tegishli bo‘lgan va xorijiy investor faqat yuridik shaxs bo‘lgan, nizom
kapitalining eng kam miqdori 150000 AQSH dollariga teng bo‘lgan ekvivalent
summani tashkil etgan korxonalarga aytiladi”.