30
nazorat qilish; - xususiy xo’jalikning o’sishini rag’batlantirish; - fiskal siyosatda
motivatsiyalovchi aksiyalarni olib borishi lozim.
Oxirgi natija shuni ko’rsatadiki, ya‘ni ushbu omillar hozirda mamlakat
shtatlaridagi o’zaro raqobatni keltirib chiqarib mamlakatdagi investitsiyalar
to’g’risidagi qonunning rivojlanishiga o’zigsha xos
impuls vazifasini bajarib
berdi. Shu asnoda AQSh iqtisodiyotida investitsiyalarni jalb qilish va ularni
boshqarishda quyidagi qator muhim o’ziga xos xususiyatlarni ajratib o’tishimiz
mumkin: - hududiy va mamlakatning oli borgan siyosati natijasida iqtisodiyotga
investitsiyalarning yuqori oqimi ta‘minlanmoqda; - kapital eksporti va importini
rag’batlantirishning teng darajadaligi, buning natijasida mamlakat ―netto-
importer‖ maqomiga ega bo’lgan; - chet el investitsiyalarining yuqori darajada
nazorat qilishni suiste‘mol qilish(korrupsiya, qonunchilik meyorlari va
moliyaviy-
kredit kelishuvlarining buzilishi)ga yo’l qo’yilmasligi; - boshqa qatnashchilar
uchun bozorning ochiqligi; - investitsion qonunchilik va soliq tiziminoing
rivojlanganligi; - investitsion faoliyatni ikki darajali
tartibga solish tizimining
mavjudligi. Shuni ta‘kidlash kerakki, AQShda investitsiyalarni boshqarishda
iqtisodiy erkinlik tamoyillariga asoslanadi va itqisodiy jarayonga jiddiy
aralashmaydi, chunki bu yo’l ko’yib bo’lmas chegarani keltirib chiqaradi.
Bunday maqsad esa AQShdagi tashqi iqtisodiy faoliyat institutlarining
asosiy ishi bo’lib, mamlakat va uning hududlaridagi
maksimal eksport
potensialini kengaytirish, xalqaro iqtisodiy faoliyatda iloji boricha ko‗proq
qatnashchilarni jalb qilish uchun xukumat tomonidan ishlar olib borilmoqda.
AQSh iqtisodiyoti 2030 yilda eng yirik bo’lib saqlanib qoladi, lekin uning jahon
yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 2015 yildagi 23%dan 20%ga tushadi. Ushbu
makroiqtisodiy ma‘lumotlar yalpi ichki mahsulot hajmi bo’yicha 2030 yilgacha
dunyo iqtisodiyotidagi 20
eng yirigini, AQSh qishloq xo’jaligi vazirligi
tomonidan hisoblab chiqilib tashkil etilgan.