• Tarbiyaviy maqsad
  • Rivojlantiruvchi maqsad
  • Dars metodi
  • Darsning borishi
  • Yangi mavzu bayoni
  • Mavzu: Kаsbgа yarоqlilikni belgilash va kаsbgа mоyillikni tаrbiyalаsh usullаri. Ziddiyatlar va ularni hal etish yo‘llari




    Download 0,6 Mb.
    bet87/88
    Sana30.05.2024
    Hajmi0,6 Mb.
    #257828
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88
    Bog'liq
    Tartib raqam Sinf

    Mavzu: Kаsbgа yarоqlilikni belgilash va kаsbgа mоyillikni tаrbiyalаsh usullаri. Ziddiyatlar va ularni hal etish yo‘llari.
    Darsning maqsadi:
    Ta‘limiy maqsad: O‘quvchilargakаsbgа yarоqlilikni belgilash va kаsbgа mоyillikni tаrbiyalаsh usullаri. Ziddiyatlar va ularni hal etish yo‘llari haqida gapirib berish.
    Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarni tozalikka, mehnatsevarlikka o‘rgatish. Turmushdagi ehtiyojlar va ulardan foydalanishni tushuntirish. Texnika xavfsizligi qoidalari, ish o‘rnini tashkil qilish qonun qoidalarini tushuntirish, sanitariya gigiyena talablariga to‘liq rioya etishni o‘rgatish.Tехnоlоgik hujjatlar va ulardan ishlab chiqarishda fоydalanish bo‘yicha ekologik tarbiyani shakllantirish
    Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilar tasavvurida kаsbgа yarоqlilikni belgilash va kаsbgа mоyillikni tаrbiyalаsh usullаri. Ziddiyatlar va ularni hal etish yo‘llari haqida bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish.
    Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.
    Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, ko‘rgazmali va boshqalar.
    Dars metodi: guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”, “B/B/B” metodlaridan foydalaniladi.
    Darsda jihozi: pazandachilik o‘quv xonasi, tikuvchilik ish qurollari va jixozlari, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar, test materiallari.
    Darsning borishi:

    1. Tashkiliy qism:

    1. Salomlashish

    2. Davomatni aniqlash

    3. Darsga tayyorgarlik ko‘rish

    4. O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.

    1. Uyga vazifani so‘rash:

    1. Savol – javob o‘tkazish

    2. Topshiriqlarni tekshirish

    1. Yangi mavzu bayoni:

    Siz o‘zingizning bo‘lg‘usi kasbingizni tanlash to‘g‘risida oylar ekansiz, o‘z qiziqishlaringiz, mayllaringiz, imkoniyatlaringizga baho bera boshlaysiz. Xullas, siz o‘z fazilatlaringizning murakkab olamini tahlil qilishni o‘rganasiz. Zero har bir kishi o‘zining bo‘lg‘usi mehnat yo‘li to‘g‘risida oylayotgan vaqtda bu fazilatlarni e’tiborga olmay iloji yo‘q. Kishi o‘z ustida ishlashni, o‘z xarakterini, iroda kuchini shakl-lantirishni, o‘z kasbiy qobiliyatlarini rivojlantirishni istasa, hech qachon kech bo‘lmaydi, lekin bu ishni yoshlik paytidan boshlagani ma’qul.
    Abdulla Oripov o‘z xarakteri va irodasi ustida zo‘r berib ishlashning ajoyib namunasi bo‘lishi mumkin. Dohiy yoshlik yillarida kishini hayratga soladigan darajada aniq maqsadni ko‘zlab ishlaganligi va nihoyatda zo‘r ish qobiliyatiga ega bo‘lganligi to‘g‘risida E.Voxidov bunday hikoya qiladi: «U juda yosh paytidan boshlab, hali maktabda o‘qib yurgan yillaridayoq qattiq mehnat qilishga o‘rgangan va umuman har bir kunni o‘zi tuzib chiqqan qat’iy jadval asosida o‘tkazishga o‘rgangan edi. Bu jadvalga o‘qish ham, dars tayyorlash ham, kitoblar mutolaa qilish ham, dam olish ham, sayr qilish ham, turli oyinlar bilan mashg‘ul bo‘lish ham kiritilgan edi. U yoki bu mashg‘ulot qancha vaqt, ya’ni soat nechadan nechagacha davom etishi jadvalda aniq ko‘rsatilar edi. Hech qanday kuch yoki sabab uning o‘zi tomonidan belgilab
    qoyilgan ish tartibini o‘zgartirishga majbur qila olmas edi. Faqat yangidan paydo bo‘lgan oqilona ishlargina, uning o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan muhim sharoitlargina mashg‘ulotlarni o‘tkazishdagi belgilangan izchillikni o‘zgartirishi mumkin edi». Bu ishdagi birinchi qadamni o‘zidagi mustahkamlanishi va ri-vojlantirilishi zarur bo‘lgan fazilatlar royxatini tuzib chiqishdan boshlash kerak. Shuningdek, har bir kishi faqat o‘zigagina xos bo‘lgan ba’zi bir xususiyatlarni yo‘qotishni ham, o‘zgartirishni ham rejalashtirishi, o‘zidagi salbiy sifatlar o‘rniga ijobiy sifatlarini rivojlantirishi, ko‘p mashq qilishi, mehnatni tashkil etishning yana ham takomillashtirilgan usullaridan, yangicha ish rejalaridan foydalanmog‘i kerak va hokazo.
    Demak, kishi o‘zini-o‘zi boshqarishni o‘rganib olishi uchun birinchi galda o‘zini bilmog‘i kerak. O‘z ehtiyojlari va qobiliyatiga, qiziqishlari va xulq-atvori motivlariga, iztiroblari kechinmalari va fikr-oylariga ongli munosabatda bo‘lmog‘i kerak. Kishi o‘zini-o‘zi faqat konkret mehnatdagina bilishi mumkin, ya’ni mehnat faoliyatining talablariga o‘zidagi bilim, mahorat va malakalar mos kelish-kelmasligini tekshirib ko‘rishi, o‘zining jismoniy imkoniyatlariga, iroda sifatlariga, kollektiv ichida ishlay olish mahoratiga, odamlar bilan muomala qilish madaniyatiga chuqur baho bermog‘i kerak va hokazo. Bunday o‘z-o‘zini nazorat qilish, o‘z-o‘zini tahlil qilish natijalarini shaxsiy kundalik daftarga yozib borish foydalidir, bu har kim o‘ziga ob’ektiv baho berish hamda o‘z-o‘zini takomillashtirib kamolga etkazib borish real rejasini tuzib olish imkonini beradi. Mana, masalan, ulug‘o‘zbek yozuvchisi Muxammad Yusuf tutgan kunda-likdan olingan quyidagi ba’zi bir fikrlarni o‘qib ko‘ring: «Sen har kuni ertalab turib butun kun boyi nima ishlar qilishing kerakligini o‘zing uchun topshiriq tarzida yozib chiq va belgilangan ishlarning hammasini bajar. O‘z so‘zingga amal qil. Basharti, sen biror ishni qilishga kirishgan bo‘lsang, o‘zingdagi butun kuch-kuvvat va kobiliyatni mana shu ishni bajarishga qarat». Har kim o‘ziga, o‘z qobiliyatlariga, axloqiy sifatlariga, xatti-harakatlariga tanqidiy baho berishi o‘zi tanlayotgan kasb talablariga o‘z imkoniyatlari qanchalik muvofiq kelishini taqqoslab ko‘rish imkonini beradi. Kishi o‘ziga-o‘zi past baho qoyadigan bo‘lsa, bu uning o‘z imkoniyatlarini royobga chiqarishiga halal beradi, agar kishi o‘ziga-o‘zi ortiq baho beradigan bo‘lsa, bu ayanchli oqibatlarga, jamoa o‘rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Har bir kishi o‘z ustida muvaffaqiyatli ish olib borishi uchun intizomli bo‘lmog‘i kerak, ya’ni u belgilangan axloq-odob qoidalariga, mashg‘ulot tartibiga boysunmog‘i, oldindan belgilab qoyilgan yashash va mehnat qilish tartibi talablariga qat’iy rioya qilmog‘i lozim. Mana, masalan, mashhur o‘zbek pedagogi S.R.Rajabov o‘z hayotida qanday qoidalarga amal qilganligini o‘qib ko‘ring:
    «Mukammal darajada vazminlikka, juda bo‘lmaganda, sirtdan vazmin bo‘lib turishga erishish.
    So‘zda va amaliy ishlarda rostgoy bo‘lish.
    Har bir xatti-harakatni puxta oylab ko‘rish.
    Qat’iyatli bo‘lish.
    Agar zarurat bo‘lmasa, o‘z haqingda bir og‘iz ham so‘z aytmaslik.
    Vaqtni behuda o‘tkazmaslik, duch kelgan ishni emas, balki o‘zi xohlagan ishni qilish.
    Har kuni kechkurun o‘z xatti-harakatlari to‘g‘risida halollik bilan hisobot berish.
    Qilingan ishlar bilan ham, hozir qilinayotgan ishlar bilan ham, endi qilinajak ishlar bilan ham hech qachon “maqtanmaslik”.




    1. Download 0,6 Mb.
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88




    Download 0,6 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Kаsbgа yarоqlilikni belgilash va kаsbgа mоyillikni tаrbiyalаsh usullаri. Ziddiyatlar va ularni hal etish yo‘llari

    Download 0,6 Mb.