|
"Tasdiq layman " maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar
|
bet | 13/38 | Sana | 24.11.2023 | Hajmi | 29,06 Mb. | | #104674 |
Bog'liq GEOGRAFIYA TO\'GARAK 68 SOATLI TO\'LIQUyga vazifa: Uyda o`qib, xaritadan o`rganib kelish.
21 mashg’ulot
Mavzu: Okean boyliklari, ulardan foydalanish va muxofaza qilish..
I. Mashg'ulot maqsadi:
a) ta’limiy: O'quvchilarga mavzu boyicha ma'lumot berish _
b) Tarbiyaviy O'quvchilarda tabiatga hurmat hususiyatlarini shakllantirish
s) rivojlantiruvchi: Geografik xaritalar bilan ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish
II. O'tilgan mashg'ulot yuzasidan muloqot uyushtirish.
III.Yangi mavzu bayoni:
Olimlarning fikricha, hayot okean sohillaridagi to`lqinlar hosil qilgan “hayot sharbati - bo`tqasimon loyqa”li suv muhitida hosil bo`lgan. Okean suvlarida mikraskop bilan ko`rinadigan organizmlardan tortib 150 tonna keladigan ko`k kitlargacha, turli xil organismlar yashaydi. Dunyo okeanida 160 ming hayvon turi, o`n ming atrofida o`simlik turi mavjud.
Okean organizmlari yashash joylariga ko`ra guruhlashtiriladi. Masalan, bentos organizmlari- okean suvlari tubida, yotqiziqlar orasida yashaydi.Nektonlar- erkin ko`chib yuruvchi organizmlar bo`lsa, planktonalar suv oqimlariga qarshilik ko`rsata olmay, muallaq holatda suzib yuruvchi organizmlardir (fitoplankton va zooplanktonlar).
Dunyo okeani tabiiy boyliklarning xazinasi hisoblanadi. Bu boyliklar biologic, kimyoviy, ma`danli va yoqilg`I energetic resurslardan iborat. Hozir buologik resurslarning 2% idangina foydalanilmoqda. Okean suvlaridan yiliga treska (10,7 mln t), seld (22,3 mln t), skumbriya (5,1 mln t) baliqlari ko`plab olinadi. Okean tubidan osh tuzi, brom, magniy, oltingugurt, alyuminiy, mis, uran, oltin olinadi.
Dunyo okeanida neft va gaz birinchi o`rinda Fors ko`fazidan, ikkinchi o`rinda Venesuella qirg`oqlaridan, Meksika qo`ltig`idan qazib olinadi. Xitoy, kanada, AQSh, Avstraliya, Irlandiya, Turkiya Gretsiya, Fransiya mamlakat sohillarida toshko`mirning 100da ortiq konlari mavjud.
Dunyo okeani eng muhim va arzon dengiz transporti vazifasini bajaradi. Iqtisodiy, savdo aloqalarining 80% i, mahsulotlar tashishning 95%i dengiz transportiorqali bajariladi. Hozir Dunyo okeani sohillarida 2700 ta dengiz port shaharlari mavjud.
Dengiz turizmi ham okean resurslaridan foydalanishning bir sohasi sifatida tobora rivojlanmoqda. Undan tushgan yillik daromad 220 mlrd dollarni tashkil etadi.
Dunyo okeani muhofaza qilish milliy, regional va zalqaro ko`lamda amalgam oshiriladigan tadbir. Dunyo okeanini tadqiq etish va foydalanish hamda muxofaza qilish maqsadida ko`plab xalqaro tashkilotlar tuzilgan.Xalqaro dengiz komiteti, Davlatlararo okeanografik komissiya (UNESKO qoshida) va boshqalar Dunyo okeani boyliklaridan oqilona va tejamkorlikbilan foydalanish, ularni muhofaza qilish, tiklash va ekologik sharoitini yaxshilash borasida ibratli faoliyat ko`rsatmoqda.
|
| |