• Muzliklari Shimoiy muz
  • Iqtisodiy jihatlar Shimoliy muz
  • Okeanga tahdid Shimoliy muz okeani
  • O‘simliklari va hayvonot dunyosi




    Download 29,06 Mb.
    bet12/38
    Sana24.11.2023
    Hajmi29,06 Mb.
    #104674
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   38
    Bog'liq
    GEOGRAFIYA TO\'GARAK 68 SOATLI TO\'LIQ

    O‘simliklari va hayvonot dunyosi
    Bu yerda fauna va flora turlari qutbga tomon kamayib boradi. Biroq hamma joyda diatom fitoplanktonlar jadal rivojlanadi, xususan, Arktika havzasi muzlarida ham. Shimoliy Yevropa havzasida hayvonot dunyosi turli-tuman bo‘lib, ularning turi 2000 dan oshadi. Baliqlardan seld, treska, dengiz olabug‘asi, piksha va boshqalar ko‘p uchraydi. Arktika havzasida oq ayiq, morj, tyulen, narval, beluxa va boshqalar yashaydi.
    Muzliklari
    Shimoiy muz okeanining eng muhim gidrologik xususiyatlaridan biri qishda uning o‘ndan to‘qqiz qismi muz bilan qoplanishidir. Baffin va Grenlandiya dengizlarida aysberglar bo‘ladi. Okeanning markaziy qismida 3-4 metr qalinlikdagi ko‘p yillik muz (pak) maydonlari uchraydi. Muzliklarning umumiy maydoni taxminan 26 ming km. kubni tashkil etadi. Arktika havzasida ko‘chib yuruvchi muz orollari ham bor. Ularning qalinligi 30-35 metrni tashkil etadi. Biroq so‘nggi vaqtlarda jahon olimlari tomonidan okeandagi muzliklar maydoni tobora qisqarib borayotgani aytilmoqda. Xususan, Kolorado universiteti
    tomonidan sun’iy yo‘ldosh orqali amalga oshirilgan tahlil ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, muz maydonlar o‘rtacha hisobdan 14 foizga qisqargan. Agar vaziyat shu tarzda davom etaversa, 2070 yilga borib qutb muzliklari yoz davrida butunlay yo‘qolib ketishi bashorat qilinmoqda.
    Iqtisodiy jihatlar
    Shimoliy muz okeanidagi noqulay ob-havo sharoiti uning iqtisodiyotiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ummonning jahon xo‘jaligidagi rolining oshishi uning materikka yaqin yerlaridagi tabiiy resurslardan keng foydalanish bilan bog‘liq. Okean dengizlarida baliqning 150 va sut emizuvchilarning 17 turi yashaydi. Shuningdek, baliqlardan tashqari, okeandan dengiz hayvonlari ham ovlanadi. Oq dengizdan suv o‘tlar hamda qo‘rg‘oshin, rux, temir, molibden kabi foydali qazilmalar olinadi. Qolaversa, suv ostidan neft-gaz olish ham rivojlangan.
    Okeanga tahdid
    Shimoliy muz okeani dunyoning eng kichik ummoni bo‘lsa-da, jahonning eng xavfli okeaniga aylanib bormoqda. Bunga sabab shuki, u «sovuq urush» davrida radiatsion chiqindilar makoniga aylanib qolgan edi. Shu sababli endi okean kimyoviy bombaga aylanib borayapti. Bu haqda Butunjahon tabiatni muhofaza qilish jamg‘armasi (WWF) ma’lum qilgan.
    So‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, shimoliy muz okeanida DDT (dixlordifeniltrixlormetilmetan) ga o‘xshash taqiqlangan pestitsidlar, uni ishlab chiqaruvchi mamlakatlardagiga nisbatan ancha ko‘pligi aniqlangan. Shuningdek, ayrim zararli kimyoviy moddalar muzlar tarkibida mavjudligi ma’lum bo‘ldi. Bunday moddalar baliqlar, tyulen va hatto kitlar yog‘idan ham topilgan.

    Download 29,06 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   38




    Download 29,06 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘simliklari va hayvonot dunyosi

    Download 29,06 Mb.