• Geografik o’rni.
  • O’rganish tarixi.
  • Geologik tuzilishi va foydali qazilmalari.
  • ”olovli halqa”
  • Uyga vazifa: Uyda o`qib, xaritadan o`rganib kelish. 16 –mashg'ulot




    Download 29,06 Mb.
    bet8/38
    Sana24.11.2023
    Hajmi29,06 Mb.
    #104674
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38
    Bog'liq
    GEOGRAFIYA TO\'GARAK 68 SOATLI TO\'LIQ

    Uyga vazifa: Uyda o`qib, xaritadan o`rganib kelish.
    16 –mashg'ulot
    Mavzu: Tinch okeani.
    I. Mashg'ulot maqsadi:
    a) ta’limiy: O'quvchilarga mavzu boyicha ma'lumot berish _
    b) Tarbiyaviy O'quvchilarda tabiatga hurmat hususiyatlarini shakllantirish
    s) rivojlantiruvchi: Geografik xaritalar bilan ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish
    II. O'tilgan mashg'ulot yuzasidan muloqot uyushtirish.


    III.Yangi mavzu bayoni:
    Asosiy xususiyatlari. Okeanlar ichida eng keksa va eng kattasi, eng issig’i, “olovli halqa” si mavjud, eng chuqur, biomas-saga eng boy. Baliq ovlashda, dengiz, orollar soni, kuchli shamol, baland to’lqin, suv tubi vulqonlari bo’yicha Dunyo okeanida birin-chi o’rinda.
    Geografik o’rni. Tinch okean Dunyo okeani maydonining yarmini va Yer yuzining 1/3 qismini egallagan. Bu okean kattaligi jihatidan Ulug’ okean deb ham ataladi. Okeanni to’rtta materik chegaralab turadi. Uni shimol va sharqda Amerika, janubda Antarktika, g’arb va shimoli-g’arbda Avstraliya, Osiyo qit’alari o’rab olgan. Shimoldan janubga qarab qariyb 12 ming km va g’arbdan sharqqa qarab 17,2 ming km masofaga cho’zilgan. Eng keng joyi ekvatorda va uning atrofida.
    O’rganish tarixi. Birinchi bo’lib ispaniyalik V.Balboa 1513-yilda Panama bo’ynidan o’tib Tinch okeanini ko’rgan va unga Janubiy okean deb nom bergan. F.Magellan 1520-1521-yillardagi sayohati davrida uni Tinch okean deb atagan.
    Okean to’g’risidagi dastlabki ma’lumotlar F.Magellan va J.Kuk sayohatalari tufayli to’plangan. V.I.Bering va A.I.Chirikov-lar 1714-yilda okeanning shimoliy qismini o’rganishdi. I.F.Kru-zenshtern, Y.V.Lisyanskiy, S.O.Makarov “Vityaz” kemasida va Jak Iv Kusto Tinch okeanda mukammal tadqiqot ishlari olib bordilar. Hozirgi vaqtda Tinch okeanni o’rganish yuzasidan maxsus xalqaro tashkilotlar tuzilgan.
    Geologik tuzilishi va foydali qazilmalari. Tinch okean botig’i eng keksa va Yer po’stining juda katta maydonini egallaydi. Shunga asoslanib mustaqil litosfera plitasi tariqasida ajratilgan. Ayni paytda Tinch okean litosfera plitasi O’rta okean tizmasi zonasida kengaymoqda. Tinch okean litosfera plitasi eng serharakat plita ekanligi aniqlandi. Uning yillik siljish tezligi 10 sm dan katta. Shuning uchun ham bu ”olovli halqa” da kuchli va halokatli zilzilalar, vulqon harakatlari takrorlanib turadi.
    Okean shelfida daryo va to’lqin yotqiziqlari, organik jismlar, okean tubida qizil gilli jinslar eng ko’p tarqalgan. Cho’kindi jinslarning qalinligi chuqur botiqlarda 100-200 m, ekvatorial mintaqada 500-600 m, ayrim joylarda 1000 m ni tashkil etadi.
    Tinch okeanda tabiat boyliklari juda ko’p. Shelf zonasida oltin, pla-tina, kumush va boshqalar sochma holatda, toshko’mir, rudalardan, temir, mis, nikel va boshqalar shaxta usulida qazib olinmoqda. Bular barcha qir-g’oq zonalarida mavjud.
    Okean tubi relyefi. Okean tubi relyefi juda murakkab tuzilgan. Bu yerda dengiz sayozligi kam, 1,7% maydonni egallaydi. Sayozlik faqat Bering, Oxota va Arafur dengizlarida mavjud. Materik yonbag’irlari tik zi-napoyalar hosil qiladi. Okean tubi 62,6% maydonni egallagan. Bu yerda tog’ tizmalari, cho’kmalar, tekisliklar va botiqlar ko’p tarqalgan.
    Dunyo okeanidagi chuqurligi 5 km dan ortiq bo’lgan 35 ta botiqdan 25 tasi, chuqurligi 10 km dan ortiq bo’lgan 5 ta botiqning barchasi shu okeanda joylashgan.
    Iqlimi. Tinch okean eng issiq okean bo’lib, yuzasidagi suvning haro-rati ekvatordan ikkala qutb tomon kamayib boradi. Ekvatorial mintaqalar-da suv yuzasining harorati yil davomida 28-29oC, Bering dengizida 2-7 oC, Janubiy okeanga tutash qismida 12-15 oC atrofida o’zgaradi.
    O’rtacha yillik yog’in miqdori ekvator atrofida 3000 mm bo’lsa, mo’-tadil kengliklarning g’arbida 1000 mm va sharqida 2000-3000 mm, subtropikning sharqida esa 100-200 mm atrofida yog’in yog’adi. Okean su-vining eng sho’r qismi tropiklarga to’g’ri keladi (36 ). Eng chekka shimoliy va janubiy qismlarida sho’rlik ancha pasayadi (32 ).
    Okeanning g’arbiy qismidagi tropik kengliklarda kuchli shamollar – tayfunlar (xitoycha “tay fin” – katta shamol) esib turadi. Tayfumlarning tezligi soatiga 30-50, ba’zan 100 km gacha boradi va katta to’lqinlarni yu-zaga keltiradi. U Yevrosiyoning sharqiy qirg’oqlariga yetib borib, aholiga va ekinlarga katta ziyon yetkazadi.




    Download 29,06 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38




    Download 29,06 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Uyga vazifa: Uyda o`qib, xaritadan o`rganib kelish. 16 –mashg'ulot

    Download 29,06 Mb.