|
Uyga vazifa: Uyda o`qib, xaritadan o`rganib kelish.
17 mashg’ulot
|
bet | 9/38 | Sana | 24.11.2023 | Hajmi | 29,06 Mb. | | #104674 |
Bog'liq GEOGRAFIYA TO\'GARAK 68 SOATLI TO\'LIQUyga vazifa: Uyda o`qib, xaritadan o`rganib kelish.
17 mashg’ulot
I. Mavzu: Atlantika okeani.
I. Mashg'ulot maqsadi:
a) ta’limiy: O'quvchilarga mavzu boyicha ma'lumot berish _
b) Tarbiyaviy O'quvchilarda tabiatga hurmat hususiyatlarini shakllantirish
s) rivojlantiruvchi: Geografik xaritalar bilan ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish
II. O'tilgan mashg'ulot yuzasidan muloqot uyushtirish.
III.Yangi mavzu bayoni:
Asosiy xususiyatlari. Barcha yarimsharlarda joylashgan. Buyuk geografik kashfiyotlar shu okeandan boshlangan, qirg’oqsiz dengizi bor, afsonalarga boy, meridional yo’nalgan eng uzun O’rta okean tizmasi bor, eng yirik port-shaharlari bor, ichki dengizlari eng ko’p, eng sersuv va eng uzun daryolar shu okeanda kuzatiladi, materiklar dreyfi gipotezasiga asos bo’lgan, dengiz transportida dunyoda birinchi o’rinda turadi.
Geografik o’rni. Atlantika okeani to’rtta materik orasida joy-lashgan. Shimoldan janubga 12 ming km masofaga cho’zilgan. Okeanning eng keng joyi mo’tadil kengliklarga (9450 km) va eng tor joyi (2620 km) shimoliy qismiga to’g’ri
keladi. Qirg’oqlari Shimoliy yarimsharda kuchli par-chalangan, Janubiy yarimshardagi sohillari ancha tekis.
O’rganish tarixi. Okean nomi Atlanta (yunon afsonasiga ko’ra, yelkasida osmon gumbazini ko’tarib turuvchi pahlavon) atamasi bilan bog’-liq. Dastlab 1507-yilda geografik xaritaga “Atlantika okeani” nomi yo-zilgan. Atlantika okeani dengizlari qirg’oqlarida – Qadimgi Gretsiya, Kar-fagen, Misr, Skandinaviyada dastlabki port-shaharlar vujudga kelgan. Miloddan oldingi davrlarda finikiyaliklar, arablar, rimliklar okean suvlarida suzishgan.
Buyuk geografik kashfiyotlar davrida B. Diash, X. Kolumb, J. Kabot, Vasko da Gama, F. Magellan, J. Kuk va boshqalar sayohatlari Atlantika okeani haqida ko’plab ma’lumotlar berdi.
Okean tabiatini kompleks o’rganish XIX asrning oxiridan boshlanadi. “Chellenjer” kemasidagi ingliz ekspeditsiyasi, Xalqaro geofizika yili (1957-1958), Jak Iv Kusto ekspeditsiyasi davrida okean hayotiga va tabiat komponentlariga taaluqli juda ko’p ma’lumot to’plandi. Hozir ham bir qator mamlakatlarning ilmiy ekspeitsiyalari iqlim xususiyatlarini, okean tubi relyefini, organizmlarini o’rganmoqdalar.
Geologik tuzilishi va relyefi. Gondvana va Lavraziya materik-larining gorizontal yo’nalishidagi parchalanishi natijasida Atlantika okeani paydo bo’lgan. Okean bpotig’ining hosil bo’lishida mantiya moddalarining uyurma harakati va bazalt jinslarning O’rta okean tizmalarida yuzaga chiqishi muhim o’rin egallagan.
Geologik tuzilishida turli xil yotqiziqlar qatnashadi. Jumladan, O’rta okean tizmalarida bazaltli va vulkanik jinslar, materik sohillarida daryolar oqizib keltirgan qum, gil, loyqa jinslar tarqalgan.
Dengiz sayozligi okeanning shimoliy qismida, Florida yarimoroli, Folk-lend orollari yonida katta maydonlarni egallaydi, Afrikaning g’arbiy sohil-larida esa tor yo’lakni hosil qiladi. Materik yonbag’ri ancha tik. Okean tubi tekislik, plato, katta va keng botiq kotlovinalar, yakka tog’, tog’ tizmalari va okean cho’kmasidan tashkil topgan. O’rta okean tizmasining tepa qismi-ni ko’ndalang va bo’ylama chuqur daralar – riftlar kesib o’tgan. Okeanning eng chuqur qismi Puerto-Riko cho’kmasi bo’lib, 8742 m pastda joylashgan.
Iqlimi. Atlantika okeani yuza suvlarining harorati Tinch va Hind okeanlari suvlariga nisbatan past (+16,5oC). Bunga Shimoliy Muz okeanidan va Antarktida tomonidan sovuq oqimlarning kirib kelishi sababchisidir. Termik ekvatorda suv yuza-sining o’rtacha yillik harorati 27-28 oC. Okeanning janubiy va shimoliy qismlarida 0, -1oC gacha pasayadi.
Okeanda barcha iqlim mintaqalari mavjud. Uning janubiy o’rtacha kengliklarda yil davomida kuchli shamollar kuzatilsa, subtropiklarda haftalab shtil – shamolsiz kunlar bo’ladi. Ayniqsa, 40 o j.k. da bo’ronli kunlar ko’p bo’lib, “qirqinchi bo’kirik” nomi bilan mashhur.
|
| |