|
Uyga Vazifa: O'tilganlar bo'yicha test va krassvordlar tuzib kelish
|
bet | 11/38 | Sana | 24.11.2023 | Hajmi | 29,06 Mb. | | #104674 |
Bog'liq GEOGRAFIYA TO\'GARAK 68 SOATLI TO\'LIQUyga Vazifa: O'tilganlar bo'yicha test va krassvordlar tuzib kelish
20- Mashg'ulot
Mavzu: Shimoliy muz okeani.
I. Mashg'ulot maqsadi:
a) ta’limiy: O'quvchilarga mavzu boyicha ma'lumot berish _
b) Tarbiyaviy O'quvchilarda tabiatga hurmat hususiyatlarini shakllantirish
s) rivojlantiruvchi: Geografik xaritalar bilan ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish
II. O'tilgan mashg'ulot yuzasidan muloqot uyushtirish.
III.Yangi mavzu bayoni:
Shimoliy muz okeani dunyodagi eng kichik ummondir. U avvallari Shimoliy Qutbiy dengiz, Shimoliy Muz dengizi nomlari bilan ham yuritilgan. Okean Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerikaning shimoliy qirg‘oqlari oralig‘ida joylashgan. Ushbu ummon bo‘g‘ozlar orqali Atlantika va Tinch okeanlari bilan tutashgan. U Dunyo okeanining 2,8 foizini tashkil etadi. Maydoni — 14,75 million km. kv.
Suv hajmi — 18 million km. kub.
O‘rtacha chuqurligi — 1220 metr
Eng chuqur joyi — 5527 metr (Grenlandiya dengizining shimoli-sharqiy qismi)
Shimoliy muz okeani orollar soni bo‘yicha Tinch okeanidan so‘ng ikkinchi o‘rinni egallaydi. Eng yirik orol va arxipelaglari: Kanada Arktika arxipelagi, Grenlandiya, Shpitsbergen, Frants-Iosif Yeri, Yangi Yer, Shimoliy Yer, Novosibirsk, Vrangel.
Ushbu okean mustaqil ummon sifatida 1650 yilda golland geografi B.Varenius tomonidan ajratilgan va o‘sha davrda Giperborey okeani deb atalgan. 1845 yilda uni London geografiya jamiyati Shimoliy Muz okeani deb atadi.
Iqlimi
Shimoliy muz okeani iqlimi Arktika iqlimiga mansub. Qishda okean markaziy qismi ustida Arktika antitsikloni (yuqori bosimli oblast), yozda past bosimli oblast joylashadi. Qishi juda sovuq va shamolli, havo harorati markaziy qismida o‘rtacha –28 dan –30 darajagacha. Shamol tezligi ba’zan bir soniyada 25 metrgacha yetishi mumkin. Yozi ham sovuq. Katta qismida havo harorati –10 dan -12 gacha, g‘arbiy chekka qismida qisqa muddat -6, -8 gacha ko‘tariladi. Bulutli va tumanli kunlar ko‘p bo‘ladi. Yog‘in, asosan, qor shaklida yog‘adi.
|
| |