Avtomobil va uning agregatlariga TXK va JT da quyidagilar bajarilishi shart




Download 8.55 Mb.
bet15/104
Sana12.02.2023
Hajmi8.55 Mb.
#41955
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   104
Bog'liq
Xatamov Farrux 1
Abdurahimov B B dissertatsiya 1.VI.2023 eng yangi, 8 variant, 1706378363

Avtomobil va uning agregatlariga TXK va JT da quyidagilar bajarilishi shart


  1. Har qanday ishni bajarishdan oldin barcha qism va agregatlar ifloslikdan tozalanishi.

  2. Avtomobil qanday kO‘tarilishidan qat’iy nazar, tushib ketishidan saqlash vositalari bilan ta’minlansin.

  3. Dvigatel ishlab turganda tagida ishlamaslik.

  4. Dvigatelni ta’minlash tizimiga TXK da akkumulyator klemmasi ajratib qO‘yilishi kerak.

  5. YOnilg‘i, moy va boshqa suyuqliklarni tO‘kmaslik.

  6. YOng‘in kelib chiqishiga yO‘l qO‘ymaslik.

  7. YAroqsiz asbob-uskunalarni ishlatmaslik.

  8. Ishchi kiyim, ish joyi va asbob uskunalarni toza va tartibli holatda ishlatish va joylashtirish.

  9. O‘lchash asboblarini ehtiyotkorlik bilan ishlatish, saqlash, tushib ketishi va zarbadan saqlanishi.

  10. Iflosliklarni tozalashda, (chang, suyuqlik va barcha sachrashi mumkin bO‘lgan holatlarda) himoya kO‘z oynagidan foydalanish.

  11. Siqilgan havo, suvdan foydalanishda himoya kO‘z oynagini taqib ishlanishi, suv va havo yO‘nalishi tanaga qarama-qarshi tomonga yO‘naltirilishi.

  12. Ish joyi, laboratoriya xonalari shamollatib turilishi.

  13. Biror xavf-hatar sezilsa muhandis-pedagogga murojat qilish.

  14. Ruxsat etilmagan ishga qO‘l urmaslik.

  15. Ishlayotganlarni fikrini bO‘lib, chalg‘itmaslik va halaqit qilmaslik.

  16. Bir ishni oxiriga etkazib, keyin boshqasiga O‘tish.

  17. Elektr simlari va iste’molchilarni qisqa tutashishga yO‘l qO‘ymaslik.

  18. Faqat ruxsat etilgan ishlarni bajarish.

  19. Akkumulyatorga TXK da kO‘rsatilgan yO‘riqnomaga qat’iy rioya qilish.

  20. Elektr toki iste’molchilarini qayta ulashda qutblarini tO‘g‘riligiga ishonch hosil qilib, tekshirib, keyin ishga tushirish.

  21. Laboratoriya, ustaxona va ishlash xonalarida tegishli plakat va himoya vositalari bilan ta’minlanishi.

  22. YUvish-tozalash ashyolari, pastalar va surkov moylari nomi yozib qO‘yilgan idishlarda saqlanishi.

  23. YUvish-tozalash ashyolari, pasta va surkov moylarini qO‘l bilan olish, surkash man etiladi, uning tarkibida har xil kimyoviy moddalar, kislota yoki ishqorlar mavjud.

  24. Aylanayotgan yoki harakatdagi detallarni moylash yoki rostlash man etiladi.

  25. Havo bilan harakatga keluvchi yoki mexanizatsiyalashtirilgan asboblar bilan ishlashda foydalanish qoidasini O‘rganib, xavfsizlik texnika qoidalariga rioya qilish shart.

  26. O‘rnatilgan asbobni tO‘g‘ri joylashganligi va yaxshi mahkamlanganligiga ishonch hosil qilgach, ishni boshlash.

  27. Albatta bosh kiyim bilan ishlash maqsadga muvofiqdir.

  28. Barcha O‘tish joylari va yO‘laklar ochiq bO‘lishini doimo ta’minlanishi.

  29. Avtomobilga TXK va joriy ta’mirlashda, tO‘xtatib turish tormozi, tormozlash yoki g‘ildiraklari ostida tirgak qO‘yilishini ta’minlanishi.

  30. Avtomobilni kO‘zdan kechirish chuquri yoritilmagan bO‘lsa 12 V li kO‘chma lampalarda foydalanish.

Etillangan benzin, etilenginolli antifriz kuchli zaharlanishni keltirib chiqaradi. Odam a’zolariga tegsa tezlikda sovuq va iliq suv bilan yuvish kerak. Ishlash jarayonida ovqat iste’mol qilish man etiladi, chunki bu zaharlanishga olib keladi. Maboda kO‘ngil aynishi sodir bO‘lsa, zudlik bilan iliq suv ichib, qayd qilib, oshqozonni tozalash kerak. Har qanday ishning O‘ziga xos xavfsizligi bO‘lib, ularni ish oldidan O‘rganish, amal qilish lozim.


Ish tugagach asbob-uskuna va ish O‘rnini tozalash, quruq holatga keltirib artish, O‘lchov asboblari ish qismlarini texnik vazelin yoki toza surkov moyi bilan moylab, O‘z g‘ilofiga joylashtiring.
Ushbu qO‘yilgan talab va kO‘rsatmalarning bajarilishi xavfsiz ishlashning talab va shartlaridir.
Avtomobil kO‘targich yordamida kO‘tarib TXK da kO‘targichni boshqarish mexanizmi yoki tugmachasi oldiga «Tengmang, odamlar ishlayapti»! degan yozuv taxtachasi ilib qO‘yilishi kerak va tushib ketishni oldini oluvchi mexanizm soz bO‘lib, uni tekshirgach avtomobil ostida ishlash mumkin.
Avtomobilni yuvish joylarida (postlarida) atrof muhitni ifloslantirmaslik maqsadida suv tarkibidagi loy, moy, mahsulotlari tozalanib suvni qayta ishlash uskunalaridan foydalaniladi. Loyqa suvni tiniq holatga keltirish qurilmasining chizmasi 2-rasmda berilgan.

2-rasm.
1-quvur; 2-idish; 3-loyqa suv tushish quvuri; 4-loy yuklash quvuri; 5-nasosning sO‘rish quvuri; 6-suv nasosi; 7-idish; 8-siqilgan havo yuborish quvuri.
Neft mahsulotlarini suvdan tozalash qurilmasi 3-rasmda berilgan.






3-rasm.
a) ishlash uslubi; b) neft mahsulotini ajratish
1-kirish quvuri; 2-qopqoq; 3-quduq; 4-suv chiqish quvuri; 5-oqova suv kanalizatsiya quvuri; 6-neft mahsulotini chiqish quvuri; 7-idish.
YUvish suvini qayta tozalab foydalanish imkonini beruvchi qurilma 4-rasmda kO‘rsatilgan.


Download 8.55 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   104




Download 8.55 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomobil va uning agregatlariga TXK va JT da quyidagilar bajarilishi shart

Download 8.55 Mb.