• Mavzu: № 54 Tristorli qo`zg`atish qurulmalariga texnik xizmat ko`rsatish Reja: 1. Tristorli qurulma
  • Tasdiqlayman” Navbahor suv xo’jaligi va melioratsiya kolleji O’ibdo’: M. To’rayeva




    Download 0.49 Mb.
    bet3/3
    Sana19.03.2022
    Hajmi0.49 Mb.
    #18800
    1   2   3
    Bog'liq
    AQTvaUTXK 54 dars
    Курочка Ряба, balans modeli va uni transport masalasi yordamida yechish, diplomatik-yozishmalarning-xususiyatlari-shartnoma-matnlarini-shakllantirish-tamoyillari, Biznes jarayonlarining axborot xavfsizligi., Kompyuter dizayni kundaligi diplom oldii.docxvord, Akkumulyatorlar batareyasini tuzilishi, ko\'rsatkichlari, nosozliklari va zaryad qilish usullari, portal.guldu.uz-Analitik kimyoning fizik kimyoviy usullari, Slayd-11, Beksulton, 16-Mavzu, Apparat O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vaorligi (1), 9-Mavzu Simmetrik shifrlash tizimlari. Bajardi 009-, 16, TurdaliyevAvazbek
    3-bosqich Yakuniy
    (10 daq)

    Yakunlash :
    1.O`quvchilarni amaliy mashg`ulot bo`yicha baholarini e`lon .2.Kelgusi kasbiy faoliyatlarida amaliyotda bajargan ishlarini ahamiyati va muhimligiga o`quvchilarni e`tiborini 3.Uyga vazifa beriladi.

    Tinglaydilar .
    Topshiriqlarni
    yozib oladilar


    Mavzu: № 54 Tristorli qo`zg`atish qurulmalariga texnik xizmat ko`rsatish

    Reja:
    1. Tristorli qurulma
    2. Qo`zg`atish qurulmalari 3. Qo`zg`atish qurulmalariga texnik xizmat ko`rsatish


    Yuqori kuchlanishli uzgichlarning masofali boshqarish sxemalariga qatiy talablar qo‘yiladi, chunki uzgichning ishlamay qolishi energetika tizimida og‘ir holatlarga olib kelishi mumkin. Uzgichning boshqarish sxemasi bir qancha element va zanjirlardan tashkil topgan bo‘lib, ushbu zanjirlarning uzunligi ba’zi hollarda bir necha 100 metrlarni tashkil etishi mumkin. Shuning uchun uzgichning boshqarish sxemasidagi biror qismining buzilish extimolligi uzgichning o‘zining buzilish extimolligidan yuqoridir. Shuni hisobga olgan holda uzgichning boshqaruv sxemasi avtomatik tarzda asosiy boshqaruv zanjirlarini tekshirib turishi, nosozlik vujudga kelganda esa markaziy xabar tizimi bu haqda navbatchi xodimni ogoxlantirishi lozim. G‘altak yuritmali moyli uzgichning ishlashini qurib chiqamiz. Qo‘shish g‘altagi (QG‘) yuritma doimiy tok bilan ta’minlanuvchi kuchli elektr magnit ko‘rinishiga ega. 6-10 kV li zanjirlarni qo‘shishda 50-60 A ni, 110-220 kV li zanjirlarni qo‘shishda esa 500-700 A ni iste’mol qiladi. Qo‘shish g‘altagi yuritma stansiya va podstansiyalarda o‘rnatilgan maxsus akkumlyator batareyalaridan ta’minlanadi. Bunday toklarni kommutatsiyalash uchun bevosita uzgichda uzgarmas tok bilan ta’minlanuvchi katta quvvatli kontaktorlar o‘rnatiladi. Uzgichni notug‘ri ishlashida kontaktor uzoq vaqt ish holatida qolishi natijasida g‘altakli yuritmani ishdan chiqishi, unga keluvchi kabellarning qizishiga, akkumlyator batareyalarining plastinkalarini buzilishiga olib kelishi mumkin. SHuning uchun ushbu zanjir saqlagichlar (1PR, 2PR) bilan yoki avtomat bilan himoyalangan. Qo‘shish g‘altagiga manba ta’minlash shinasidan (TSH) amalga oshiriladi. Ushbu shinalar ikkita manbadan ta’minlandi (10.1-rasm). Ikkita ta’minlovchi kabellar ulagichlar bilan birga ta’minlash halqasi ko‘rinishida ishonchli sxemani xosil qilib, biror bir kabelning ishdan chiqishidan ham ta’minot uzilmay di. Uzgich ishga tushgandan so‘ng uning holati maxsus ilgak bilan chegaralanadi, va ushbu holatda uzgich uzoq muddat qolishi mumkin. Uzgichni uzish maxsus qaytaruvchi prujinalarning energiyasi va kontakt tizimining o‘z og‘irligi amalga oshiriladi. Uzgichni uzish uchun ilgakni bo‘shatish lozim. Ilgakni bo‘shatish maxsus kam quvvatli elektr magnit orqali amalga oshiriladi (uzish g‘altagi). Uzish g‘altagi 5-15 A tok iste’mol qilganligi sababli uni manba bilan ta’minlash operativ zanjirlar orqali amalga oshiriladi. Uzgichni uzish va qo‘shish qisqa vaqt ichida amalga oshganligi sababli (1 soniyadan kam) g‘altaklarning cho‘lg‘ami uzoq muddatli tok oqishiga muljallanmagan. SHuning uchun uzgichni ko‘shish va uzish impulsi kerakli amal bajarilgandan so‘ng avtomatik tarzda olinadi. Uzgich holatining nazorati va turli xil avtomatik operatsiyalar uchun uzgich kam quvvatli «takrorlovchi kontaklar» bilan jixozlangan bo‘lib ushbu kontaktlar blok –kontakt (BK) deb yuritiladi. Uzgichning masofali boshqarish sxemasining ishlash prinsipi. Avtomat A bilan operativ tok berilgandan so‘ng uzgichning boshqarish sxemasini holatini tekshiramiz. Moyli uzgich V uzilgan va uning blok –kontakti BKV-1 yopiq holatda. Ushbu holatda qo‘yidagi zanjir yig‘iladi: (+SHU) – 1S qarshilik, UXR cho‘lg‘ami (11-12 klemmalar), RBM relesining 1-2 kontaklari, uzgichning blok – kontakti BKV–1, doimiy tok kontaktorining cho‘lg‘ami KP - (-SHU). «Uzilgan» holatidagi relega (UXR) qaraganda kontaktor cho‘lg‘amining qarshiligi nisbatan kichik bo‘lib uning ishlash toki ancha kattadir. SHuning uchun UXR ishga tushadi va uzinnig normal ochiq kontaktlari 3-4 bilan yashil chiroqni ishga tushiradi va u o‘z navbatida uzgichning uzilgan holati va qo‘shish zanjiri butligini bildiradi. Uzgichni masofali boshqarishning qo‘lda bajarilishi uchta holatga ega bo‘lgan boshqaruv kaliti (BK) orqali amalga oshiriladi. Boshqaruv kalitlari qoidaga ko‘ra boshqaruv panellarida, qolgan boshqa apparatlar avtomatlar panelida yoki avtomatik qayta ulagich panelida o‘rnatiladi. Uzgichni qo‘shish qo‘yidagi tartibda bajariladi: boshqaruv kaliti BK o‘ng tomonga «V»- holatiga (qo‘shish) qo‘yiladi, ushbu holatda kalitning 6-8 kontaktlari yopiladi va qo‘yidagi zanjir yig‘iladi: (+SHU)- boshqaruv kalitining 6-8 kontaktlari, UXR ning normal ochiq kontaktlari 9-10, «qo‘shish»ga bo‘yruq relisining (QBR) 11-12 klemmalari. «Qo‘shish»ga bo‘yruk relesi ishlaganda va uzining normal ochiq 7-8 kontaktlarini ulaydi. Operetiv zanjirning «+» ishorasi kontakt nakladka 4 N, RBM relesining 1-2 kontaktlari, uzgichning blok – kontakti BKV -1 orqali doimiy tok kontaktorining cho‘lg‘amiga beriladi. Kontaktor ishga tushib o‘zining kontaktlarini ulaydi va qo‘shish g‘altagi (QG‘) uzgichni ulash jarayonini amalga oshiradi. Bir vaqtning o‘zida «uzilgan» holatidagi relega qisqa tutashtiriladi va u tarmoqdan uziladi.

    Uzgich ulangandan so‘ng uning blok-kontaktlari qayta ulanadi. Uzgichnig blok-kontakti (BKV-1) uziladi, kontaktorning cho‘lg‘amidan tok o‘tmaydi. Natijada kontaktor uzining kontaktlarini ajratib qushish g‘altagini manbasiz qoldiradi. Uzgichning blok-kontakti (BKV-2) ulanishi natijasida uzish g‘altagidan, ko‘p marta ulashlarni oldini oluvchi rele (RBM) cho‘lg‘amidan, qayta ulovchi rele (RPV) cho‘lg‘amidan va qarshilikdan (2S) tok oqishni boshlaydi. Natijada qayta ulovchi rele (RPV) ishga tushadi va uning 3-4 kontaklari ulanganda qizil rangli chiroq yonadi. Bu esa o‘z nabatida uzgichni ulangan holatini bildiradi. Uzgichni qulda uzish boshqaruv kalitini (BK) chapga burash orqali amalga oshiriladi. Bunda boshqaruv kalitining 5-7 kontaktlari ulanib «uzishga» bo‘yruq relesini (UBR (RKO))ishga tushiradi. U o‘z navbatida «uzishga» bo‘yruq relesi o‘zinig kontaktlari bilan 2S qarshilikni va qayta ulovchi releni (RPV) qisqa tutashtiradi. Natijada ko‘p marta ulashlarni oldini oluvchi rele (KOR (RBM) hamda uzish g‘altagi ishga tushadi. Uzish g‘altagi uzgich yuritmasini ilgakdan ajratishi natijasida uzgich uziladi. Bunda uzgichning blok-kontakti (BKV-2) ajralishi natijasida uzish g‘altagi va ko‘p marta ulashlarni oldini oluvchi rele manbasiz qoladi. So‘ngra uzgichning blok-kontakti (BKV-1) ulanishi nitijasida uzishga xabar relesi (UXR) ishga tushib uzgichning uzilgan holati va qushish zanjirlarining butligi haqida xabar beradi. Boshqaruv kalitini 7-8 kontaktlari qayd etish relesini (QR(RF)) boshlang‘ich holatga qaytaradi. Uzishga xabar va qayta ulovchi relelarning cho‘lg‘am zanjirlarida qarshiligi 1000 Om bo‘lgan 1 S va 2S qarishiliklar o‘rnatiladi. Ushbu qarshiliklar o‘zlari o‘rnatilgan relelar cho‘lg‘amlarini qisqa tutashtirganda tokni cheklashga hamda kontaktor va uzish g‘altagini ishlashini oldini olish maqsadida o‘rnatiladi. Ushbu qarshiliklar bo‘lmagan vaqtda uzgichni notug‘ri ulanishi va uzilish hollari kuzatilgan. Avtomatik qayta ulash qurilmasi (AQU) AQU uzgichning boshqaruv sxemasi bilan birlashtirilgan va qayta ulovchi RPV-58 turidagi rele asosida tayyorlangan. AQU ning ikki xil vaziyatda ishlashini ko‘rib chiqamiz. 1. Birlashmani AQU orqali qo‘shish. Liniyani birinchi marta ishga tushirishdan oldin biror bir shartlar bajarilishi lozim (misol uchun, ikki tomonlama ta’minlanuvchi liniya sinxronizm sharti asosida ishga tushiriladi), ushbu jarayon AQU orqali boshqaruv kaliti (BK) yordamida amalga oshiriladi. Buning uchun kontakt nakladkani (4N) 2-3 holatga qo‘yilib, 1N, 2N, 3N nakladkalar zanjirini ajratish lozim. SHundan so‘ng boshqaruv kalitining 6-8 kontaktlari ulangandan so‘ng uzishga bo‘yruq relesi (UBR) ishga tushadi. Uzishga bo‘yruq relesining (UBR) 3-4 kontaktlaridan, uzilgan holatdagi relening (UXR) 7-8 kontaktlaridan, kuchlanish relelarining (1KR) va (KR) 5-7 kontaktlaridan va sinxronizmni nazorat relesining (SNR) 9-11 kontaktlaridan tok oqishi natijasida vaqt relesi (1RV) ishga tushadi (AQU ning ishga tushishi). Vaqt relesi (1RV) o‘rnatilgan sabr vaqtini sanab o‘zinig kontaktlarini ulab oraliq relesining (1RP) cho‘lg‘amini qisqa tutashtirishi natijasida kondersatorni (S) razryadsizlanadi. Oraliq relesi (1RP) o‘zining kontaktlarnini ulashi natijasida o‘zini –o‘zi ta’minlash (samouderjanie) holatiga tushib qoladi. Uzishga bo‘yruq relesining (UBR) 5-6 kontaktlari ulanganligi sababli uzgichni AQU dan avtomatik ulanishini ko‘rsatuvchi ko‘rsatkich relesi ishga tushmaydi. Natijada kontaktor ishga tushadi va uzgich tarmoqdan uziladi. Uzgichning blok-kontakti BKV-1 kontaktorning katta tokini uzishi natijasida 1RP oraliq relesining cho‘lg‘ami manbasiz qoladi va kontaklari ajraladi. SHu vaqtning o‘zida uzilgan holatidagi rele (UXR) ham manbasiz qolishi natijasida 9-10 kontaktlarini ajratadi va uzishga bo‘yruq relening (UBR) cho‘lg‘amini manbasiz qoldiradi. Uzishga bo‘yruq relesining 7-8 kontaktlari AQU ni boshlang‘ich holatga keltiradi. Uzishga bo‘yruq relesining (UBR) 9-10 kontaktlari ko‘rsatkich relesini qisqa tutashtiradi. Natijada navbatchi xodimga faqatgina qisqa muddatli impuls berishga imkon beradi. Qolgan jarayonlar sinxronizm sharti bajarilganda avtomatik tarzda amalga oshiriladi. 2. Avariya natijasida birlashma releli himoyadan uzilganda so‘ng uzgichni AQU tomonidan tarmoqqa ulash. Buning uchun 1N va 3N nakladkalar 1-2 holatga keltiriladi. Ushbu holatda AQU ishga tushishi boshqaruv kalita orqali bajarilgan so‘ngri amallar («qo‘shish») uzgichning xolati (uzgich uzilgan) bilan mos kelmasligi natijasida yuzaga keladi. Agarda boshqaruv kaliti orqali «uzish» bo‘yrug‘i berilmagan bo‘lsa qayd etish relesining (QR) kontaktlari va uzilgan holatidagi relening (UXR) 7-8 kontaktlari yopiq holatda bo‘ladi. Ushbu kontaktlar orqali vaqt relesining (1RV) cho‘lg‘ami manba bilan ta’minlanadi va AQU ishga tushadi. 10.2-rasm.

    Sinov savollari.


    1. Qayd etish relesining vazifasi nimadan iborat?
    2. AQU ni ishga tushirish qanday amalga oshadi.
    3. Uzilgan holatidagi rele va qo‘shilgan holatdagi relelar nima maqsadda kerak?
    4. Uzshi va qo‘shish g‘altaklarining vazifasi?
    Download 0.49 Mb.
    1   2   3




    Download 0.49 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tasdiqlayman” Navbahor suv xo’jaligi va melioratsiya kolleji O’ibdo’: M. To’rayeva

    Download 0.49 Mb.