Amaliy kunikma baxosi reyting baxoning 20%ini tashkil etadi
Bilimlarni, kunikmalarni va bajarilgan ishlarni nazorat kilish shakli.
-ogzaki -yozma -vaziyatli masalalarni echish -ortirilgan amaliy kunikmalar namoyishi.
Mashg’ulot xronologik kartasi:
№
|
Mashg’ulot etaplari
|
Mashg’ulot shakli
|
Davomiyligi
|
1
|
O’qituvchining kirish suzi (mavzuni asoslash)
|
|
08.30-08.35
|
2
|
Bilimlarni faollashtirish, amaliy mashg’ulot mavzusi muxokamasi, yangi pedagogik texnologiyalarni kullagan xolda talabalarning boshlangich bilimlarini baxolash (kichik guruxlar, vaziyatli masalalar, ish uyinlari, atlas, videofilm va b.) (ilova № )
|
Surov, tushuntirish
|
08.40-09.20
|
3
|
Xulosa yasash, mustakil kurastiya
|
|
09.25-10.05
|
4
|
Amaliy kunikmalarni uzlashtirish, mustakil kurastiya (tematik bemorlar kurastiyasi)
|
Stastionarda ishlash
|
10.15-11.40
|
5
|
Katta tanaffus
|
|
11.40-12.20
|
6
|
Laborator va instrumental tekshiruv usullari bo’yicha olingan kursatkichlarni taxlil kiladi va baxolaydi. Kiyosiy tashxislash, davolash va soglomlashtirish rejasini tuzish, resteptlar yozish.
|
Kasalllik tarixi muxokamasi
|
12.20-13.00
|
7
|
Talabalar tomonidan uzlashtirilgan nazariy va amaliy bilimlarni muxokamasi. Kuyilgan maksadga erishilganlik darajasi bo’yicha gurux faoliyatini baxolaydi.
|
Yozma yoki ogzaki surov.
Amaliy kunikmalar nazorati, suxbatlar, disput
|
13.05-14.00
|
8
|
Mashg’ulot bo’yicha o’qituvchining xulosasi, xar bir talabani 100 ballik sistema bo’yicha baxolash va ularni e’lon kilish. Talabalarga keyingi amaliy mashg’ulot va mustakil ish uchun vazifalar(tayyorgarlik uchun savollar )
|
Mustakil tayyorgarlik uchun savollar
|
14.00-14.30
|
NAZORAT SAVOLLARI:
1. Kasalliklar profilaktikasi
2. Virusli kasalliklar klinik ko’rinishi
3. Virusli kasalliklar kiyosiy tashxisi
4. Ushbu kasalliklarning asosiy klinik belgilari.
5. Amaliy kunikmalar namoyishi.
6. Bemorni professional kuruv va surov.
7. Maxalliy davolash asoslari va usullari.
8. Shaxsiy gigiena koidalari. Professional zararli omillar nazorati. Ishga joylashish.
9. Profilaktik choralarni utkazish, erta va tegishli tashxisni kuyish, tegishli va uz vaktidagi davoni utkazish.
5-mavzu bo’yicha joriy nazoratni baxolash kriteriylari:
№
|
O’zlashtirish
(%) va ballarda
|
Baho
|
Talabaning bilim darajasi
|
1.
|
96-100
|
A’lo «5»
|
Terining virusli kasalliklari: oddiy uchuk, urab oluvchi temiratki, sugallar, O’tkir uchli kondiloma ularning klinik tasnifi bo’yicha etarli darajada uz fikrni bayon eta oladi, be’morlarni mustakil tekshirib, xulosa bera oladi va tegishli qaror qabul qiladi, mavzu bo’yicha kasallik tarixini tuldira oladi va to’ldirishga o’z fikrini bayon eta oladi. Terining virusli kasalliklarini ijodiy fikrlay oladi va yangi materiallar bera oladi, mustaqil mushoxada yuritadi Vaziyatli masalalarni to’g’ri va ijodiy echish, javoblarni to’liq asoslab berish. Interaktiv o’yinlarda faol va ijodiy qatnashish va ularni echishda ijobiy xulosalar va tahlil qilish. TMI bo’yicha xozirgi zamonga mos bo’lgan kurgazmali qo’llanmalar eki oliy sifatli 7-10 manbaidan va internet ma’lumotalridan olingan referatlar tayyorlaydi.
|
2.
|
91-95%
|
A’lo «5»
|
Talabalar terining virusli kasalliklari: oddiy uchuk, urab oluvchi temiratki, sugallar, O’tkir uchli kondiloma bo’yicha bajarilishi kerak vazifani o’zlashtirib, amalda mustakil tekshirish va baxolash ishlarini amalga oshira oladi va amaliyotga qo’llay olish davomida o’qituvchining kerakli ko’rsatmasi kerak. Bayonnomalarni xulosasida o’qituvchining fikri kerak, talabalning aniq fikr buladi terining virusli kasalliklarini mohiyatini tushuntira olish, nazariy bilish darajasini aytib bera olishda, erkin tasavvurga ega bo’lish kerak bulganda o’qituvchi bilan uz fikrini almasha oladi. Interaktiv o’yinlarda faol va ijodiy qatnashish, to’g’ri qaror qabul qilish. Vaziyatli masalalarni to’g’ri va ijodiy echish, javoblarni to’liq asoslab berish. Interaktiv o’yinlarda faol va ijodiy qatnashish va ularni echishda ijobiy xulosalar va tahlil qilish. TMI bo’yicha xozirgi zamonga mos bo’lgan kurgazmali qo’llanmalar eki oliy sifatli 3-5 manbaidan va internet ma’lumotalaridan olingan referatlar tayyorlaydi. Javob berganda 1 xato, eki ayrim qilingan noanikliklar kuzatiladi.
|
3.
|
86-90%
|
Yaxshi «4»
|
Terining virusli kasalliklari bo’yicha bajarilishi kerak vazifani o’zlashtirib, amalda mustakil tekshirish va baxolash ishlarini amalga oshira oladi va amaliyotga qo’llay olish davomida o’qituvchining kerakli ko’rsatmasi kerak. Bayonnomalarni xulosasida o’qituvchining fikri kerak, talabalning aniq fikr buladi Mavzuni mohiyatini tushuntira oladi. Qo’yilgan savollarni to’liq erita oladi, lekin 1-2 qo’pol bo’lmagan xatoga yul qo’yilishi mumkin. Mustaqil taxlil qiladi, vaziyatli mamsallarni to’g’ri echadi, lekin ayrim noaniqlar , 2-3 garmmatik xato , javob berganda mavzu bo’yicha 1 xato kuzatiladi. TMI bo’yicha xozirgi zamonga mos bo’lgan kurgazmali qo’llanmalar eki oliy sifatli 3-5 manbaidan va internet ma’lumotalridan olingan referatlar tayyorlaydi.
|
2.
|
81-85%
|
Yaxshi «4»
|
Mustaqil mushoxada yuritish davomida talabaga aniq fikrda o’zgarishlar kuzatiladi, javob berishda olgan nazariy va amaliy bilimini amalda qo’llay olishda ayrim sezilarsiz darajada xatolarga yo’l qo’yadi va o’qituvchining ishtirokida fikrni to’g’ri taxlil qila oladi, mavzuni mohiyatini etarli darajada yordam bilan tushuntira oladi, mavzuga etarli darajada bilimga ega bo’lib, o’qituvchi yordamida o’z fikrni aytib beradi. Vaziyatga baxo berishda xulosalarni o’rnini almashtirib yuborish xolatlari kuzatiladi.2-3 qo’pol bo’lmagan xatoga yo’l qo’yiladi. Vaziyatli masalalarni to’g’ri echib, javoblari to’liq yoritilmaydi. Interaktiv o’yinlarida faol qatnashadi, to’g’ri qaror qabul qiladi. TMI bo’yicha xozirgi zamonga mos bo’lgan kurgazmali qo’llanmalar eki oliy sifatli 3-5 manbaidan va internet ma’lumotalridan olingan referatlar tayyorlaydi.
|
3.
|
76-80%
|
Yaxshi «4»
|
Terining virusli kasalliklarining mohiyatini tushunadi, tulik taxlil kilib bera olmaydi aniq bilish darajasi etarli emas, o’qituvchining qo’shimchalari zarur, bilish, aytib berish darajasi etarli darajada emas, terining virusli kasalliklari yuzasidan etarli darajada to’liq tasavvurga ega bo’lmaydi, fikrni boyitsa va yordamchi vositalardan keyin taxlil qilib boyitsa bo’ladi TMI bo’yicha xozirgi zamonga mos bo’lgan kurgazmali qo’llanmalar eki oliy sifatli 1-2 manbaidan va internet ma’lumotalridan olingan referatlar tayyorlaydi.
|
4.
|
71-75%
|
Yaxshi «4»
|
Savollar to’g’ri, lekin to’liq eritilmaydi. Interaktiv o’yinlarda faol qatnashadi, vaziyatli masalalrga to’liq javob bermaydi. Terining virusli kasalliklari ning mohiyatini tushunadi, etarli darajada tushuntirib beradi, to’liq taxlil qilib bera olmaydi, bilish darajasi past, o’qituvchining qo’shimchalari zarur, bilish, aytib berish darajasi etarli darajada emas, mavzu yuzasidan etarli darajada to’liq tasavvurga ega bo’lmaydi. Fikrni boyitsa va yordamchi vositalardan keyin taxlil qilib boyitish darajasi past, vaziyatli masallarga to’liq javob bermaydi. 2-3 grammatik xato, mavzu bo’yicha 3-4 xatoga yul qo’yadi. TMI bo’yicha xozirgi zamonga mos bo’lgan kurgazmali qo’llanmalar eki oliy sifatli 4-6 manbaidan va internet ma’lumotalridan olingan referatlar tayyarlaydi.
|
5.
|
66-70%
|
Qoniqarli
«3»
|
Terining virusli kasalliklarini etarli darajada yoritib bera olmaydi, nazariy va amaliy bilimning usulublarini ajrata olmaydi. Talaba bilan doimiy dars davomida o’qituvchi ishlashi kerak. oldingi darslardagi talabaning samaradorligi taxlil qilinishi kerak. O’zi mustaqil ishlay olmaydi.Savollarga javob berilganada xatolarga yul qo’yiladi. Vaziyatli masallarni to’g’ri echish, lekin javoblar asoslab berilmasligi. kuzatiladi.
|
5.
|
61-65%
|
Konikarli «3»
|
Savollarning yarmi xatolarga yul qo’yilgan xolda eritiladi. Talabaning bilimi aniq tasavvurga ega emas, mavzu etarli darajada yoritib bera olmaydi, nazariy va amaliy bilimning usulublarini ajrata olmaydi. Talaba bilan doimiy dars davomida o’qituvchi ishlashi kerak. oldingi darslardagi talabaning samaradorligi taxlil qilinishi kerak. Tarqatma materiallar, vaziyatli masalalarni o’qituvchining to’liq ishtirokida ishlash tartibini bilishi mumkin. Vaziyatli masallarni echganda xatoga yul qo’yishi mumkin.
|
5.
|
55-60%
|
Konikarli «3»
|
Talabaning bilimi aniq tasavvurga ega emas, mavzu etarli darajada yoritib bera olmaydi, nazariy va amaliy bilimning uslublarini ajrata olmaydi. Talaba bilan doimiy dars davomida o’qituvchi ishlashi kerak. oldingi darslardagi talabaning samaradorligi taxlil qilinishi kerak. Tarqatma materiallar, vaziyatli masala-larni o’qituvchining to’liq ishtirokida ishlash tartibini bilishi mumkin. O’zi mustaqil ishlay olmaydi. Javobi noanik, mavzu bo’yicha bir muncha tasavvurga ega. Vaziyatli masalani echishda xatoga yul qo’yadi.
|
5.
|
50-54%
|
Konikarsiz
«2»
|
Savollarning 1/3 to’g’ri eritilgan. Vaziyatli masalalar noto’g’ri echilgan, kup xatolarga yul qo’yilgan.
|
6.
|
46-49%
|
Konikarsiz
«2»
|
Savollarning 1/4 to’g’ri eritilgan. Vaziyatli masalalar noto’g’ri echilgan, kup xatolarga yul qo’yilgan.
|
7.
|
41-45%
|
Konikarsiz
«2»
|
Savollarning 1/5 to’g’ri eritilgan. Vaziyatli masalalar noto’g’ri echilgan, juda kup xatolarga yul qo’yilgan.
|
8.
|
36-40%
|
Konikarsiz
«2»
|
Savollarning 1/10 to’g’ri eritilgan. Vaziyatli masalalar noto’g’ri echilgan, kup xatolarga yul qo’yilgan.
|
9.
|
31-35%
|
Konikarsiz
«2»
|
Savollarga javob bermadi. Vaziyatli masalalar echa olmadi, mavzuni anglay olmaydi, bilmaydi.
|
TMI: Kafedra tomonidan keltirilgan TMIning mavzulari:
4 kurs davolash, t-ped,t-prof fakulteti-1.0 soat
Kafedrada TMI talabalar tomonidan kuyidagi variantlarda kilinadi: prezentastiya (multimedia varianti), krossvordlar, referatlar, tarkatma materiallar
Jiberning pushti rangli temiratkisi
2-3- darajali testlar, vaziyatli masalalar tuzish
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1.Fistpatrik T. Dermatologiya. Atlas-spravochnik. 1999y.
2.Skripkin Yu.K. Rukovodstvo po kojnыm i venericheskim boleznyam. Medistina, 2003y. 4 tom.
3.Vestnik dermatologii venerologii, tibbiyot jurnali.
4.Novosti dermatovenerologii i reproduktivnogo zdorovya, tibbiyot jurnali.
TAVSIYa ETILADIGAN ADABIYoTLAR
Asosiy:
1. Arifov S.S., Eshbaev E.X. Teri-tanosil kasalliklar. T.,1997y.
2. Vaisov A.Sh. Teri-tanosil kasalliklari. T., 2004y.
3. Vladimirov V.V., Zudin V.I. Kojnыe i venericheskie bolezni. Atlas. OUYu talabalari uchun ukuv kullanmasi.
.5 Skripkin Yu.K. Kojnыe i venericheskie bolezni. Tibbiyot oliygoxlari uchun kullanma. M.,1979., 1980,
6. Skripkin Yu.K. Rukovodstvo po kojnыm i venericheskim boleznyam. M.Medistina, 1995.
7. Pavlov S.T., Shaposhnikov O.K.. Samstov V.I., Ilin I.I. Kojnыe i venericheskie bolezni. L 1989g
8. Shadiev X.K., Axmedov. Teri-tanosil kasalliklar.T.1993.
9. Karimov A.M. Teri va tanosil kasalliklari 1995 y
10. Kapkaev R.A. « Spravochnik dermatoveenrologa» 1997g.
11. Skripkin Yu.K. Rukovodstvo po kojnыm i venericheskim boleznyam.M.Medistina, 2003 4 tomnik
12.Vestnik dermatologii venerologii Tibbiy jurnal.
13.Novosti dermatovenerologii i reproduktivnogo zdorovya Tibbiy jurnal.
Kushimcha :
1. Kalamkaryan A.A., Mordovstev V.N. ,Trofimova Klinicheskaya dermatologiya, M.1989
2.Somov B.A., Dolgov A.B. Professionalnыe zabolevaniya koji v veduщix otraslyax narodnogo xozyaystva. M.1976.
3.Studnistin A.A., Berenbeyn B.A. Differenstialnaya diagnostika ojnыx zabolevaniy. M.Med.,1989
4. Shaposhnikov O.K., Venericheskie bolezni. L.1991y.
Internet saytlari:
1) www tma uz
2)www .mediashhera aha.ru // dermatol// derm –mn htm
3)www . matrix ucdavis edu // DOJ . htm l
4)www.c.c. emory .edu //WHCL// medveb. Dermatology .html/
5)www I . Mosbycom // Mosbi // Periodicals // medicals // CPDM // dm / html
6)www. Skindex . com .,7)www amaassu/org//journals // standing // derm // dermhome .htm ,
8)www.crawford .com //epo // mmwz //world.html
6-tema Pufakli dermatozlar. Akantolitik pursildok yarasi: etiopatogenz, klinik tasnifi, aniklash, dispanser nazoratiga olish. Dyuring uchuksimon dermatiti. Pufakli dermatozlarni takkoslash tashxisi. Chakaloklar epidemik pursildok yarasi. Dyuringning gerpessimon uchugining bolalik davrida kechishining uziga xosligi.
Puzыrnыe dermatozы. Akantoliticheskaya puzыrchatka. Epidemicheskaya puzыrchatka novorojdennыx. Dermatit Dyuringa, osobennosti techeniya u detey.
Hydatidiform dermatoses. Acantholysis pemphigus: etiopathogenesis, clinical features, diagnosis, clinical examination. Dermatitis herpetiformis Duhring.
O’quv vaqti: 6.0 (1,8 – bolalik yoshi, TMI – 1,0) soat
|
O’quv mashg’uloti tuzilmasi
| -
So’zboshi
-
kirish qismi
-
analitik qism
- innovastion texnologiyalar
- vazifalar
- o’yinlar
- testlar
4. Amaliy qism
|
O’quv mashg’uloti maqsadi: Ko’nikmalarni shakllantirish /bilimlarni chuqurlashtirish
|
Pedagogik vazifalar:
- mazkur kasalliklar etiopatogenezi to’g’risida tushuncha berish
- klinik namoyon bo’lishi, simptomlari, sindromlarini berish, bolalarda namoyon bo’lish xususiyatlari (bulleznыy epidermoliz)
- status localis bayonini berish
- xususiy resteptura namunalari bilan birga umumiy va mahalliy terapiya elementlari bo’yicha bilimini namoyish etish.
|
O’quv faoliyati natijalari:
Talaba quyidagilarni bilishi kerak: poliklinika sharoitida dastlabki va tegishli tashxis qo’yish (diagnostika) ni ta’minlash. Vaqtida va xavfsiz tibbiy aralashuvni amalga oshirish, bemorlarni tegishli tibbiyot muassasalariga yo’llash. Profilaktika tadbirlarini o’tkazish. VOP taktikasi. Bemorlarni reabilitastiya va dispanserizastiya qilish. Pufakli dermatozga yo’liqqan bemorlarni ko’zdan kechirish. Po’rsildoq yara va Dyuringning gerpetiform(shakl)li dermatitini poliklinika sharoitida kuzatish. Po’rsildoq yara va Dyuringning gerpetiform(shakl)li dermatitini poliklinika sharoitida profilaktika qilish. Toshma elementlarini aniqlash, Tstank to’qimalarini aniqlash uchun tadqiqot o’tkazish, GDD da eozinofiliya Toshma elementlarini aniqlash, issledovanie na kletki Tstanka, eozinofiliyu pri GDD, pufakchali dermatozlarda qiyosiy tashxis, ushbu dermatozlar rivojida ekzogen va endogen omillarning roli, kasalxonaga yotqizish uchun ko’rsatmalar, mehnatga layoqatlilikni aniqlash.
Talaba quyidagilarni bajara olishi kerak: teri va shilliq pardani ko’zdan kechirish, shikoyatlar ma’lumotlari va kasalliklar anamnezini tahlil qila olish, klinikasi, laboratoriya tadqiqotlari ma’lumotlariga ko’ra tashxis qo’ya bilish, taqqoslash (differenstiastiyalash)
quyidagilarni bajara olishi shart: shikoyatlar ma’lumotlari va kasalliklar anamnezini tahlil qila olish, pufakchali dermatozga yo’liqqan bemorlarni ko’zdan kechirish, kasallik tashxisini belgilash va kasalliklarning qiyosiy tashxisini o’tkazish, tahlil natijalari va laboratoriya-mikrobiologiya tahlillari ma’lumotlarini izohlash.
|
Ta’lim uslubi
|
«uch bosqichli intervyu», «romashka», «galereya bo’ylab tur» kabi uslublar ro’yobga chiqarish uslubi bo’lib kelishi mumkin
«Yumaloq stol» uslubidan foydalanish Bir varaq qog’iz quyidagi kasallikning barcha turlarini yozib qo’yish vazifasi bilan davra bo’ylab aylantiriladi puzыrchatok i ix klinicheskie proyavleniya. Uslub - tilning inson faoliyatining muayyan sohasi bilan bogʻliq vazifalariga koʻra ajratilishi. Kishilar faoliyatning barcha sohalarida aloqa qilish jarayonida tildagi leksik, frazeologik, grammatik va fonetik vositalarni tanlash va ishlatishda birbirlaridan maʼlum darajada farq qiladilar. Har bir talaba o’z javob variantini yozib boradi. Zatem idet obsujdenie, nepravilnыe otvetы zacherkivayutsya, a po kolichestvu pravilnыx otvetov ostenivaetsya znaniya studentov.
«galereya bo’ylab tur» uslubidan foydalanish Talabalar juftliklarga bo’linadilar. 10 daqiqa davomida bir juftlik haqiqiy po’rsildoq yaraning namoyon bo’lishi va uni davolash to’g’risida yozsa, boshqasi – bargsimon po’rsildoq yarani, uchinchisi – seboreyali po’rsildoq yarani izohlaydi. So’ng ular o’z javob variantlarini almashadilar va bir-birining javoblarini baholab, o’z tuzatishlarini kiritadilar.
|
O’quv faoliyatini uyushtirish shakli
|
Guruhlarda jamoaviy ishlash, individual ishlash.
|
Ta’lim vositalari
|
Mashg’ulot Mashg’ulot poliklinika qabulxonasi, bog’lash xonasi va klinik laboratoriyaga tashrif buyurgan holda o’quv xonasida o’tkaziladi.
Ispolzuyutsya: Mulyajlar, atlas, flip-xaritalar, slaydlar,
ta’lim beruvchi testlar, kompyuter versiyasi, ta’lim beruvchi-nazorat qiluvchi dasturlar,
laboratoriya va boshqa tib. asboblar (mikroskop va b.), multimediynыe sredstva, TV video,
|
Teskari aloqa usullari va vositalari
|
Blist-so’rov, testlash, prezentastiya rezultatov vыpolneniya uchebnogo zadaniya, «obdumay - razbeyte na parы - obmenyaytes mneniyami»
|
O’quv mashg’ulotining namunaviy texnologik xaritasi
Ish bosqichi, vaqti
405vby
|
Faoliyat mazmuni
|
o’qituvchi
|
talaba
|
1 bosqich
O’quv mashg’ulotiga kirish
(20min)
|
1.1. O’qituvchining kirish so’zi (mavzuni asoslash) mavzu, maqsadni e’lon qilib, o’quv natijalarini rejalashtiradi. Reja, o’quv mashg’uloti xususiyatlari bilan tanishtiradi.
1.2. Mashg’ulotda o’quv ishlarini baholashning ko’rsatkichlari va mezonlarini ma’lum qiladi (№ ilova )
|
Tinglaydilar, yozib oladilar, aniqlashtiradilar, savollar beradilar.
|
2 bosqich.
Asosiy
(268 daq)
|
2.1. Bilimlarni dolzarblashtirish, amaliy mashg’ulot mavzusini muhokama qilish, yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llagan holda talabalar boshlang’ich bilimini baholash (kichik guruhlar, vaziyatga bog’liq vazifalar, ishbilarmonlik o’yinlari, atlas, videofilmlar va h.k.) (№ ilova)
2.2. Amaliy mashg’ulot tuzilmasiga binoan ta’lim jarayonini uyushtirish bo’yicha harakatlarni oldinma-ketin bayon etadilar.
|
Talabalar javob beradilar, guruhlarda ishlaydilar, guruh bo’lib ishlash natijalarini taqdim etadilar
|
3 bosqich
Yakuniy-natijaviy
(60 daq)
|
3.1 Muhokamani yakunlaydi, mavzu bo’yicha xulosalar qilib, talabalar e’tiborini asosiy narsalarga qaratadi, ishning bo’lajak kasb faoliyati uchun ahamiyatini ko’rsatib o’tadi.
3.2 guruhlar (alohida talabalar) faoliyatiga baho beradi, o’zaro baho berishni yakunlaydi. O’quv mashg’uloti maqsadiga erishish, amaliy ko’nikmalarni egallash darajasi, mustaqil kurastiyalarni (mavzu bo’yicha bemorlar kurastiyasi) tahlil qilib, unga baho beradi, laboratoriya, anstrumental tadqiqot uslublari bo’yicha olingan ma’lumotlarni tahlil qiladi. Qiyosiy diagnostika, bemorni davolash va sog’lomlashtirish rejasini tuzish, resteptlar yozib berish 3.3 Talabalarga navbatdagi amaliy mashg’ulotga mustaqil ish uchun vazifa beradi, uni baholash ko’rsatkichlari va mezonlarini ma’lum qiladi.
|
O’z-o’ziga, hamda o’zaro baho beradilar.
Savollar beradilar.
Vazifani yozib oladilar.
|
Maщxulotlar utkaziz xonalari
- tematichek ukuv xona «Teri va tanosil kasalliklari»
- palata, laboratoriya, stastionardagi shifokor davolash xonasi.
Uskunalar
- ko’rgazma materiallar
- stendlar
- jadvallar, albom, slaydlar, bemorlarning suratlari
- tarqatma materiallar: rentgen suratlar, vaziyatga bog’liq vazifalar
- texnik buyumlar, yangi axborot texnologiyalariga oid buyumlar
- amaliy ishni bajarish bo’yicha harakatlar algoritmlari
- mavzuga oid bemorlar
- ta’lim beruvchi-nazorat qiluvchi dastur
2. Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b. Mashg’ulot davomiyligi – 5,8
-
MAShG’ULOT MAQSADI:
Talabalar terining pufakli va virusli kasalliklari: pursildok yara kasalligi, dermatit Dyuringa, oddiy uchuk, urab oluvchi temiratki, sugallar, utkir uchli kondiloma tugrisida umumiy bilim berish. Talablariga asoslanib davolash, diagnostik asoslarini, konsultativ erdam utkazish uchun kerakli mutaxassislarga murojt kilishni, zarur muassasalarga yuborishni urgatish. Profilaktik choralarni, dispanser xisobiga olish kriteriylarini urgatish.
Vazifalar
Talaba quyidagilarni bilishi shart:
- pursildok yara, dermatit Dyuring kasalliklari, oddiy uchuk, urab oluvchi temiratki,
sugallar, utkir uchli kondiloma klinik tasnifini.
- Pufakli kasalliklarni aniqlash va davolash prinstiplarini,
epidemiologiyasini, klinik ko’rinishini, davolashning zamonaviy xususiyatlarini
Talaba kila olishi kerak
-
Terining pufakli kasalliklari klinik manzarasini,
-
Birlamchi va ikkilamchi toshmalarni ajrata olishi kerak
-
Be’morlarni ko’rikdan utqazishi kerak
-
Tashxis qo’yib, kiesiy tashxis utqaza olishi kerak.
-
Dori vositalarni to’g’ri qo’llay olishi kerak.
Motivastiya
Umumiy amaliet shifokori xar kuni teri tanosil kasalliklar bilan boglik muammolarga duch keladi. , -birlamchi zaxm, gerpes, JYBYuK.To’g’ri tashxis qo’yish, ifodalash, qiesiy tashxis o’tqazish , resteplavrni to’g’ri ezish talabalar xususan dermatologiyani o’rganganda, xamda UASh kerak bo’ladi.
Fanlararo va fan ichidagi bogliklik
Shu mavzuni ukitish talabalarning normal va patologik fiziologiyasi, mikrobiologiya, infekstion kasalliklar buyicha olgan bilimlariga asoslanadi.
Dars davomida olingan bilimlar teri tanosil kasallliklarni urganishda, terapiya, akusherstvo-ginekologiya. xirurgiya, urologiya , allergologiya va boshka klinik yunalishlarda kerak buladi.
Nazariy qism
PO’RSILDOQ YaRA (Pemphigus)
Po’rsildoq yara – akantoliz (akantolizis) tufayli o’tkir yallig’la-nishsiz teri va shilliq pardalarda rivojlangan pufak hosil bo’li-shi bilan kechadigan kasallik hisoblanadi. Po’rsildoq yara har ikkala jinsda uchrab, 40 yoshdan kattalarda ko’proq uchraydi, bolalarda kam kuzatiladi.
Po’rsildoq yaraning 4 xili tafovut etiladi: oddiy (P. vulgaris), barg-simon (R.foliaceus), tarqaluvchi (P. vegetans) va seboreyali (P.seborrhoi-cus). Oddiy turi boshqa turlariga nisbatan ko’proq uchraydi. Og’iz shil-liq pardasi jarohatlanishi bargsimon turidan boshqa hamma turlarida kuzatiladi.
Oddiy po’rsildoq yara deyarli doimo og’iz shilliq pardasi jaro-hatlanishi bilan boshlanadi yoki teri jarohatlanishi bilan boshlan-sada, albatta keyinchalik og’iz shilliq pardasi ham jarohatga uch-ray-di. Shu sababli kasallik avjiga chiqqan davrda doimo og’iz shilliq pardasi jarohatlanganligini kuzatamiz.
Klinikasi. Oddiy po’rsildoq yaraning klinik ko’rinishi tipik, monomorf pufaklar toshishi bilan xarakterlanadi. Ko’rinishidan sog’ bo’lgan teri sathida o’lchamlari 0,5–1,0 santimetrdan 5 sm, hatto undan katta o’lchamli, yupqa tomli pufak paydo bo’ladi. Pufak suyuqligi shaffof bo’lib, qisqa muddatda loyqalanadi. Pufak tomi oson yorilib, yuza, to’q qizil rangli chaqalar hosil qiladi. Bu chaqalar uzoq bitmaydi. Chaqa chetlarida epidermis bo’lakchalari saqlanadi. Epidermis bo’lakchalarini pinstet yordamida tortsak ko’rinishidan sog’ ko’ringan teri sathidan epidermis oson ko’chishi kuzatiladi va ayrim shaftoli mevasi terisining engilgina tozalanishini eslatadi. Bu holat akantolizis hodisasi tufayli kuzatilib, Nikolskiy simptomi deb nomlangan.
Og’iz shilliq pardasida hosil bo’lgan pufaklar juda yupqa tomli bo’lib, tikanaksimon qavatning yuqori sohalaridan akantoliz tufayli vujudga keladi. Ovqat luqmalari, til harakati ta’sirida tezda yorilib, yuza, dumaloq-suyri shaklli to’q qizil chaqalar hosil qiladi. Aksariyat og’iz shilliq pardasida pufakni kuzatish qiyin. Hosil bo’lgan chaqalar ko’rinishidan sog’ shilliq pardalar yuzasida kuzatiladi. Eroziya atroflarida epiteliy ko’chkilari, bo’lakchalari kuzatiladi, ularni chetlaridan tortilsa Nikolskiy alomati oson chaqiri-ladi. Ayrim hollarda eroziya yuzalarini parda qoplagandek bo’lib, uni shtapel yordamida oson ko’chirish mumkin va u parda emas, pufak tomi, ya’ni epiteliy ko’chkisi hisoblanadi. Agar o’z vaqtida tashxis qo’yilmay, davo boshlanmasa, yakka-yakka siyrak toshmalar ortidan ko’plab toshmalar lunj, milk, tanglay sohalarida paydo bo’ladi, yangi eroziyalar kuzatiladi, eroziyalar qo’shilib yirik-yirik o’choqlar ho-sil qiladi. Ularning bitishi sust bo’lib, uzoq davom etadi. Ovqatlanish, gaplashish og’riq tufayli og’irlashadi, gipersalivastiya tufayli lab burchaklari bichiladi, og’riydi. Bunday bemorlar og’iz bo’shlig’i-dan qo’lansa is anqiydi. Pufak va chaqalar og’iz shilliq pardasidan tashqari lab qizil hoshiyasi, og’iz burchaklari, iyak, dahanda ham paydo bo’ladi. Toshmalar ko’pincha qo’shilib lab qizil hoshiyasi va teri yuzasidagi chegara yo’qoladi. Jarohat yuzasi qonli, yiringli qaloqlar bilan qoplanib, joylarda namlik, joylarda quriq yoriqlar vujudga keladi. Ayrim hollarda ovoz bo’g’ilishi kuzatiladi, bu hol yutqun jarohatlanganidan darak beradi.
Oddiy po’rsildoq yara ko’pincha yutqunning jarohatlanishi bilan boshlanib, uzoq vaqt bilinmaydi.
Seboreyali po’rsildoq yaraning og’iz shilliq pardasidagi klinik kechishi oddiy po’rsildoq yaradan farq qilmaydi. U terida yog’li qaloqlar bo’lishi holida kechib, asosan, boshning soch qismi, burun qanotlari burmasi, lab burchaklari, quloq suprasi burmalari, ko’krak qafasi sohasida kuzatiladi. Yuzda xususan, yonoq, burun devorlari, qanotlari sohasida, peshonada eritematoz o’choqlari holida kechgani sababli "qizil yugirik" ko’rinishini eslatadi va shu sabab eritematoz tur deb ham ataladi.
Tashxis. Tashxis uchun asosiy belgi – Nikolskiy simptomi hisoblanib, u oson chaqiriladi. Agar chegaralangan jarohat holida og’iz shilliq pardasi shikastlansa va Nikolskiy simptomi musbat bo’lsa, po’rsildoq yara tashxisi yakuniy deb bo’lmaydi, sababi bu simptom allergik medikamentoz stomatitlarda ham uchraydi. Shu sabab tashxis qo’yish stitologik tekshiruv, ya’ni bosma surtmadan akantolik hujayra topilishiga asoslanadi.
Akantolik hujayrani aniqlash uchun o’choqdan, ya’ni pufak tubi chaqadan, bir bo’lak kanstelyariya rezinkasi yordamida surtma olinib, buyum oynachasiga surtiladi. Ashyo quritilib, spirt yordamida fiksastiya qilinadi, so’ngra Romanovskiy-Gimza usulida bo’yaladi. Akantolitik hujayra o’zgargan tikansimon hujayra bo’lib, u dumaloq shaklli va yirik siyohrang yadroga ega. Hujayra stitoplazmasi bir xil rangga ega emas: yadro atrofi och zangori rangda, chekkalari esa to’q ko’kish tusga ega. Akantolitik hujayralar to’p-to’p bo’lib joylashadi. Hujayralar soni kasallik avj olgan va qaytalangan paytda ko’payadi.
Po’rsildoq yara og’iz shilliq qavatida uchrasa, birlamchi toshmasi pufakli kasalliklar bilan qiyoslanadi. Po’rsildoq yarani pufakli dermatozlar bilan qiyoslaganda pufaklarni epiteliyga nisbatan joylashishini inobatga olish zarur. Pemfigoidda pufaklar subepitelial joylashadi, shu sababli ular qalin tomga ega va uzoq vaqt yorilmay saqlanadi, ularni kuzatish mumkin. Pemfigoidda hosil bo’lgan eroziyalar biroz yallig’langan, qizargan asosga ega va ko’pincha ularning yuzasi fibrinoz parda bilan qoplangan bo’ladi. Po’rsildoq yara tashxisida xal qiluvchi ahamiyatga ega belgilar: bosma-surtmadan akantolitik hujayra musbatligiga, IFR javobi, tikanaksimon qavat hujayralararo substanstiyalarida yig’ilishini kuzatishdir.
Oddiy po’rsildoq yaradan ko’z po’rsildoq yaraning farqi shuki, kon’yuktivada chandiq kuzatiladi. Ayrim, kam hollarda oddiy po’r-sil-doq yara ham ko’z kon’yuktivasini jarohatlashi mumkin, ammo hech qachon chandiq hosil qilmaydi va izsiz yo’qoladi.
Ko’p xilli eksudativ eritema o’tkir boshlanib, mavsumiylikka ega va nisbatan qisqa vaqt davom etadi (4–5 hafta) hamda rivojlangan yallig’lanish bilan xarakterlanadi, ayniqsa og’iz shilliq pardalari, lab sohasidagi toshmalar. Bosma-surtmadan akantolitik hujay-ra bo’lmasligi, Nikolskiy simptomlari kuzatilmasligi bilan farq qiladi.
Klimatik gingivit va pufak tomirlari sindromi oddiy po’rsil-doq yaradan shu bilan farq qiladiki, bu kasalliklarda og’iz shilliq pardalarida doimo pufakni ko’rish mumkin. Nikolskiy simptomi (–), akantoliz kuzatilmaydi.
Prognoz. Kortikosteroid preparatlarni qo’llangunicha bo’lgan davrlarda prognoz yomon hisoblangan. Kortikosteroid preparatlari faqatgina jarayonni to’xtatadi, shu sabab ularni to’xtovsiz, uzoq muddat qabul etishga to’g’ri keladi, bu esa o’z navbatida turli xil asoratlarga olib kelishi mumkin.
Davolash. Po’rsildoq yarani davolashda kortikosteroidlar va stitostatik preparatlar tayinlanadi. Kortikosteroidlardan prednizolon, deksametazon, triamstinolon qo’llaniladi. Prednizolon katta zarba beruvchi miqdorda tayinlanib, bemor holati inobatga olinadi. 50–80 mg sutkaga (deksametazon 8–10 mg sutkaga, triamstinolon 40–80 mg).
Yuqori miqdordagi dorini toshmalar toshishi tugab, chaqalar epitelizastiyaga uchrashigacha bir miqdorda qabul qilinadi, so’ng gormonlar miqdori kamaytirila boshlanadi. Prednizolon sutkalik miqdorini har 5 kunda 5 mg dan kamaytirilib, minimal miqdor ta’minlovchi miqdor deb ataladi. Ko’pincha bu miqdor 10–15 mg prednizolonga teng. Shunday tarzda davolash natijasida uzoq vaqtdan so’ng dorini man etish, taxminan 20% bemorlarga nasib etadi. Katta miqdorda prednizolon tayin etilsa, kuniga 2–3 g. kaliy xlorid yoki boshqa xil kaliy preparati (kaliy astetat, orotat kaliy, "asparkam"), askorbin kislotasi yuqori miqdori va turli vitaminlar tayin etiladi, vaqti-vaqti bilan anabolik steroidlar (nerabolil, retabolil, fenobolil) tayinlanadi. Kaliy (arab, al-kali - potash; lot. Kalium), Kaliy - Mendeleyev davriy sistemasining I guruhiga mansub kimyoviy element. Ishqoriy metall, tartib raqami 19, atom massasi 39,0983. Ikkita barqaror izotop - 3"K(93,259%), 4|K(6,729%), shuningdek, radioaktiv izotop 40K(T|/2= 1,32- 10" y.) Suv-tuz almashinuvini regulyastiya qilish maqsadida diuretik vositalar: gipotiazid, furosemid tayin etiladi. Piodermiya vujudga kelishining oldini olish maqsadida antibiotiklar tayin etilishi kerak.
Po’rsildoq yara shunday kasallikki, kortikosteroidlar qo’lla-ni-shiga monelik yo’q, sababi shu preparatlargina bemorlarni o’limdan saqlab qoladi.
Mahalliy davolash. Og’iz shilliq pardasini turli xil dezinfekstiyalovchi va dezodorastiyalovchi vositalar bilan chayqash, eroziyalar-ni anilin bo’yoqlari bilan ishlov berish zarur. Eroziya o’choqlari-ni mumkin qadar tez epitelizastiyalanishi uchun og’iz bo’shlig’ini sana-stiya qilish hamda rastional protezlar zarur. Lab qizil hoshiyasi jaro-hatlansa antibiotik va kortikosteroid saqlovchi mazlar va 5% dermatol mazi surtish zarur. Po’rsildoq yara bilan og’ruvchi bemorlar dispanser hisobida turadilar va ambulator davolanib, bepul dori oladilar.
Pemfigoid faqat ko’rinishi pemfigusga (pufaklar borligi bilan) o’xshash kasalliklar guruhi pemfigoidlar deb ataladi va bu guruh quyidagi kasalliklarni o’z ichiga oladi:
1. Leverning bullyoz pemfigoidi, parampemfigus yoki xususiy noakantolitik po’rsildoq yara.
2. Chandiqlanuvchi pemfigoid.
3. Faqat og’iz shilliq pardasi noakantolitik xushfe’l po’rsil-doq yarasi. Bu guruh kasalliklarning asosiy belgisi ularning xushfe’l kechishi, pufakchalarning subepitelial (subepidermal) joyla-shishi, akantoliz va Nikolskiy alomati yo’qligidir.
BULLYoZ PEMFIGOID
Bullyoz pemfigoid, asosan, 50 yoshdan katta kishilarda uchrab taxminan 10 % hollarda kasallik og’iz shilliq pardasining jarohat-la-nishi bilan boshlanadi.
Klinik ko’rinishi. Terida, ayrim hollarda qizargan dog’ yuzasida tarang tomli, seroz suyuqlik saqlovchi pufak hosil bo’lishi bilan boshlanadi. Pufak o’rnida hosil bo’lgan eroziya nisbatan tez epitelizastiyaga uchraydi. Og’iz shilliq pardasida, ayrim hollarda biroz shishgan va giperemiyalangan yuzada 0,5–1 sm diametrga ega bo’lgan, tarang tomli va seroz, kamroq gemoragik suyuqlik saqlovchi pufak vujudga keladi. Ular bir necha soatdan bir necha kungacha saqlanadi, so’ng yorilib eroziya hosil bo’ladi, asta-sekin fibrinoz parda bilan qoplanib, epitelizastiyaga uchraydi.
Tashxisi. Og’iz shilliq pardasida joylashgan bullyoz pemfigoidni birinchi navbatda po’rsildoq yara bilan qiyosiy tashxis qilmoq zarur.
Bullyoz pemfigoidning chegaralangan holatda og’iz shilliq pardasida uchrashi, uni qolgan guruh pemfigoidlardan farqlanishini qi-yin-lashtiradi. Chegaralangan bullyoz pemfigoidning klinik ko’ri-ni-shini, fa-qatgina og’iz shilliq pardasining xushfe’l kechuvchi noakantolitik po’r-sil-doq yarasi-dan farqlash juda qiyin. Agar toshmalar teriga ham toshsa tashxis oson-lashadi. RIF tashxisda yordam beradi: faqat og’iz shilliq parda xush-fe’l kechuvchi noakantolitik po’rsildoq yarada nurlanish qaytishi kuza-til-maydi, chandiqlanuvchi pemfigoidda bevosita RIF musbat bo’ladi.
Klimakterik gingivitda pufaklarning milklarda hosil bo’lishi shu yoshdagi ayollarga xos, pufak o’rnida hosil bo’lgan eroziyalar tezda bitadi va yallig’lanish alomatlarisiz kechadi. Klimakterik gingivit amboseks guruhi preparatlari bilan muvaffaqiyatli davolaniladi, bu guruh preparatlar esa pemfigoidga ijobiy ta’sir eta olmaydi.
Joylashgan medikamentoz eritema, turli xil medikamentoz toksikodermiyalar kabi dorilar iste’mol etilgandan so’ng, og’iz shilliq pardasida hosil bo’ladi. Jarayon eritema va pufak bosqichlari bilan kechadi, shu sabab jarohat eroziya va uning atrofida rivojlangan eritematoz dog’ holida kuzatiladi.
Prognoz – hayot uchun xavfsiz. Uzoq remissiya bilan kechadi.
Davolash. Eng samarali vosita bo’lib, kortikosteroidlar hisob-lanadi, misol uchun prednizolon 20–30 mg sutkada va difenildiamin-sulfon (DDS). Shuni aytish kerakki, kortikosteroidlarning samarasi po’rsildoq yaradagiga nisbatan kam.
DYuRINGNING GERPETIFORM DERMATOZI
(DERMATOZIS HERPETIFORMIS)
Gerpetiform dermatoz (dermatit Duhring) yoki Dyuring kasalligi doimo terida qichimali, guruh-guruh joylashgan polimorf toshmalar toshishi bilan boshlanadi, og’iz shilliq pardasi jarohatlanishi 10% bemorlardagina kuzatiladi.
Klinik ko’rinishi. Gerpessimon dermatozda qanday toshmalar (pufak, pufakcha, dog’, tuguncha, bo’rtma, yiringcha) holida toshishidan qat’iy nazar, toshmalar guruh-guruh bo’lib toshadi, kasallik avjlanishi galogen preparatlar qabul qilinishi, ayniqsa yod preparatlari qabul qilingach kuzatiladi.
Toshmalar, asosan, qalin va tarang tomli subepitelial, o’lcham-la-ri no’xot kattaligidek pufakchalar holida tosha boshlaydi. Pufak-cha-lar shaffof suyuqlik saqlab, suyuqlik tarkibida 15–40% zozino-fillar aniqlanadi, pufakchalar atrofi shilliq pardasi biroz shi-shib, giperemiyali bo’ladi. Pufakcha yorilgach, eroziyalar nisbatan tez bitadi. Ni-kolskiy simptomi manfiy, bosma-surtmada akantolitik hujayra yo’q, aksincha zozinofillar aniqlanadi. Qonda zozinofiliya, kam ri-voj-langan leykostitoz kuzatiladi. Kasallik davriy (stiklik) kechishi bilan xarakterlanadi. Kasallikka Yaddosoning yodli sinamasi xos, ya’ni 50% kaliy yod mazi sog’ teriga surtilsa, 24–28 soatdan keyin shu sohada guruh-guruh toshmalar paydo bo’ladi.
Prognozi – yaxshi.
Davolash. Sulfon preparatlari bilan davolanadi: DDS 0,05–0,1 g dan 1 kunda 2 mahal tayin etilib, qon tahlil nazoratda 5 kunlik davriy ravishda, 3 kunlik tanaffus bilan beriladi.
Kasallik profilaktikasi bug’doy va javdar mahsulotli ovqatlar-dan parhez qilinishi kerak.
Dars 4 buskichdan iborat- teoretik, analitik, amaliet
|