• Turi Xosil bulish xususiyati Klinik shakllari
  • Turi Xosil bulish xususiyati Kaysi kasalliklarda uchrashi
  • Тема , Тери кичишиши билан кечадиган тошма синдроми




    Download 1,19 Mb.
    bet2/171
    Sana24.03.2017
    Hajmi1,19 Mb.
    #1984
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   171

    NAZARIY QISM

    Teri – inson tanasini qoplab turuvchi a’zo. Terida morfofunkstional yagona holatda bo’lgan va shartli ravishda uch qavat: epidermis – teri po’stlog’i, derma – asosiy teri va gipoderma – teri osti yog’ qavatlari tafovut etiladi.

    Teri organizmning tashqi qoplami hisoblanib, bir qator murakkab fiziologik vazifalarni bajaradi. Teri moddalar almashinuvida faol ishtirok etadi, asosan, suv, mineral, yog’, uglevod, vitamin va energiya almashuvlarida. Teri organizmning hayot jarayonida ishtirok etib, bir qator zarur vazifalarni bajaradi: immun, himoya, sekretor, nafas olish-chiqarish, rezorbstion, termoregulyator, resteptor, almashinuv va boshqa.

    Himoya funkstiyasi – terining to’siq xususiyati turli mexanik, nur, mikroorganizmlar ta’siridan terini va butun organizmni himoya qiladi. Terining qurib qolishidan – uning zich muguz qavati saqlab turadi. Muguz qavat kuchsiz jismoniy va kimyoviy ta’sirlarga chidamlidir.

    Kimyo, ximiya - moddalarning tuzilishi va oʻzgarishini oʻrganadigan fan. Kimyo boshqa fanlar qatori inson faoliyatining mahsuli sifatida vujudga kelib, tabiiy ehtiyojlarni qondirish, zaruriy mahsulotlar ishlab chiqarish, biridan ikkinchisini xrsil qilish va, nihoyat, turli hodisalar sirlarini bilish maqsadida roʻyobga chiqdi.
    Turli mikroblardan himoya qilish – muguzlanib, ko’chib turuvchi epiteliy, ter va yog’ bezlari sekretlari ajralishi hisobiga amalga oshiriladi. Teridagi kislotali-chuchuk suv-yog’ pardasi evaziga sterillash va begona moddalarning so’rilishini to’xtatish xususiyati bor. Bu suv-lipid mantiyasi bir vaqtning o’zida mikroorganizmlarning kirishiga to’sqinlik qilib, quyi molekulyar yog’ kislotalari patogen floraning o’sishiga yo’l qo’ymaydi.

    Ultrabinafsha nurlarini yutish xususiyatiga ega bo’lgan melaninning terida bo’lishi hisobiga teri organizmni quyosh nurining jarohatlovchi ta’siridan saqlaydi.

    Nafas olish-chiqarish va rezorbstion funkstiyasi. Terining rezorbstion xususiyati yog’-soch follikulalari funkstional faolligiga, suv-yog’ mantiyasi holatiga, muguz qavatining pishiqligiga bog’liq. Kaft-tovon terilarida fiziologik giperkeratoz mavjudligi va yog’-ter bezlari yo’qligi hisobiga rezorbstion xususiyati kuchsizdir.

    Ter-yog’ bezlari ko’p bo’lib, muguz qavat kam rivojlangan sohalarda terining rezorbstion xususiyati yaxshi kechadi: (dorilar suriladi) yog’larda eruvchan dori moddalari – yod, dimedrol, rezorstin, salistil kislotasi va boshqalar. Teri orqali kislorod so’rilishi va karbonat angidrid ajralishi juda oz miqdorda kuzatiladi.

    Termoregulyator funkstiyasi. Tana haroratini doimiyligini ta’-minlash, adaptastion mexanizmlari turli-tumandir. Epidermis muguz qavati issiqlik uzatish xususiyati pastligidan tashqari, derma va gipodermaning tolali substanstiyalari ham sezilarli ahamiyatga ega. Yanada sezilarli ahamiyatga ega bo’lgan qon limfa aylanish va ter-yog’ bezlari ajratuv xususiyatlaridir.

    Terining sekretor funkstiyasi. Bu funkstiya keratinostitlarning sekretor faoliyati, immunoregulyator hujayralar hamda ter-yog’ bezlari faoliyati hisobiga amalga oshadi. Yog’ bezlari teri yog’ini ishlab chiqaradi, uning tarkibida yog’ kislotalari, xolesterin efirlari, alifatik alkogollar, kam miqdordagi uglevodorod, ozod xolesterin, glisterin va kam miqdorda azot va fosfat birikmalari kuzatiladi. Yog’ bezi sekreti, asosan, suyuq, yarim suyuq modda holida bo’ladi. Teri sathiga ajrab ter bilan aralashib, teri yog’i yupqa parda suv – lipid mantiyasini hosil qiladi, bu esa bakteriostid va fungistatik ta’sirga egaligi bilan terini himoya qiladi. Yog’ bezlari sekretor vazifadan tashqari ekskretor funkstiyani ham bajaradi. Teri yog’i bilan birga turli toksik moddalar, o’rtamolekulyar peptidlar, turli dorilar – yod, brom, antipirin, salistil kislotasi va boshqalar ajraladi. Turli odamlarda, terining har xil sohalarida ajralayotgan teri yog’i turli miqdorda kuzatiladi. Eng ko’p yog’ ajraladigan soha: boshning sochli qismi, peshona, yanoq, burun (1 kv.sm da 1000 yog’ bezlari), ko’krakning markaziy qismi, kuraklararo soha, elka kamari, oraliq sohadir.

    Ter bezlari, ter ishlab chiqarib, terini sovutadi, tana haroratini nisbiy doimiyligini ta’minlaydi. Ekkrin ter bezlari sekreti – suyuq holdagi, nim sho’r reakstiyali, suvdan tashqari turli erigan noorganik va organik moddalar saqlaydi.

    Suv Suv, vodorod oksid, H2O - vodorod (11,19%) va kislorod (88,81%)dan iborat eng sodda kimyoviy birikma. S. rangsiz, hidsiz suyuqlik (qalin qatlamda zangori rangli). Mol. m. 18,0160. Yerning geologik tuzilishi tarixi va unda xayotning paydo boʻlishi, fizik va kimyoviy muhit, iqlim va obxavoning shakllanishida S.
    Ter orqali organizmdan dori moddalari – yod, brom, simob, xinin, antibiotiklar chiqib ketadi. O’rta hisobda 1 sutkada 750–1000 ml ter ajraladi, yuqori harorat kuzatilganida esa bir necha litrgacha ter ajralishi mumkin.
    Simob (lot. Hydrargurum), Hg - [[Mendeleyev davriy sistemasi]]ning II guruhiga mansub kimyoviy unsur; tartib raqami 80, atom massasi 200,59. Tabiiy Simob massa sonlari 196, 198-202 va 204 ga teng boʻlgan 7 ta barqaror izotopdan iborat; bulardan eng koʻp tarqalganlari 2(l0Hg(23,13%) bilan 2O2Hg (29,8%).
    Harorat (Temperatura) (lot. temperatura - kerakli aralashma, o'rtacha holat) - moddaning holatini issiq-sovuqligini tavsiflaydigan fizik kattalik.

    Teri to’qimalari doimiy o’suvchi, differenstiyalanib, regenerastiyalanuvchi a’zodir. Bu jarayonlarning o’zgarishi, terining turli funkstiyalarining o’zgarishiga, oqibatda esa turli dermatozlarga sabab bo’ladi. Bunday holatlar adaptastiya-kompensastiya mexanizmlari terining funkstiyasini me’yorda bajara olishini ta’minlay ololmagan holatlarida yuzaga keladi. Bunda shartsiz ta’sirot ta’siridan yuzaga keluvchi teri o’zgarishlari mustasnodir. Bu xil ta’sirotlar ta’siridan doimo, hamma odamlar terisida ma’lum reakstiya chaqiradi. Bunday ta’sirotlarga yuqori konstentrastiyali kislota, ishqorlar eritmalari, nur energiyasining katta miqdori, shu jumladan rentgen nuri, yuqori va quyi haroratlar misol bo’la oladi.

    Tashqi muhitning doimiy tashqari (ekzogen omillar) va endogen yoki ichki omillarining patologik ta’siriga uchraydi. Endogen omillar butun organizmning kasalligi yoki ayrim a’zo va tizimlar o’zga-ri-shi oqibatida vujudga keladi. Shuni ham aytish joizki, kasal-lik-lar ko’pincha tashqi va ichki omillarning birgalikdagi ta’siridan yuzaga keladi, ayrim hollarda esa bir necha ekzogen omillar ta’siridan hosil bo’ladi, ulardan biri kasallik kelib chiqishiga tayyorlovchi, yana biri esa bevosita kasallik chaqiruvchi bo’lib hizmat qilishi mumkin, misol uchun piodermiyaning rivojlanishi.

    Ekzogen etiologik omillarga mexanik, termik, nur, kimyoviy mod-da-lar va turli infekstion agentlar kiradi. Endogen etiologik omillar o’zlarining turli-tumanligi bilan ajralib turadilar. Bularga ichki a’zolar kasalliklari, ayniqsa jigar, oshqozon-ichak kasalliklari, moddalar almashinuvining buzilishi, endokrin, asab ti-zimi, gemopoez, tomir tizimi, genetik omillar va boshqalar ahamiyati katta.

    Moddalar almashinuvi buzilishi, xususan uglevodlar, yog’lar, mi-neral-suv almashinuvi buzilishlari, shu xil moddalarning teridagi almashinuvining buzilishiga olib keladi, bu o’zgarishlar esa terida turli xil patologik holatlarga sabab bo’lishi mumkin. Misol uchun giperglikemiya furunkulyozga, teri qichishiga, yog’ almashinuvining buzilishi esa ksantomalar hosil bo’lishiga sabab bo’ladi. Ko’plab ksantomalar patogenezida gipo va avitaminozlar yotadi, asosan, A, S, RR, R va V vitaminlar etishmovchiligi bilan ko’plab dermatozlar kuza-tiladi.

    Misol uchun A vitamini etishmovchiligi natijasida frinoderma, nikotin kislotasi etishmasligidan esa pellagra va boshqa kasalliklar yuzaga keladi.

    Dermatozlarning yuzaga kelishida psixogen va markaziy asab tizimidagi (MAT) hamda vegetativ asab tizimidagi o’zgarishlar sabab bo’lishi mumkin. Ekzema, eshakemi, teri qichishishining vujudga kelishida M.A.T.ning birlamchi o’zgarishlari yotishi avvaldan ma’lum, bu o’zgarishlar psixik omillar oqibatida yuzaga keladi. Vegetativ asab tizimining o’zgarishlari oqibatida turli dermatozlar yuzaga kelishi ham fanga ma’lum.

    Dermatozlarning yuzaga kelishida endokrin bezlar faoliyatining o’zgarishlari ham sabab bo’lishi mumkin. Misol uchun teri miksedemasi qalqonsimon bez kasalligi bilan og’rigan bemorlarda uchrashi, Addison kasalligida – terining bronza rangiga kirishi, oddiy husn-buzarni jinsiy bezlar faoliyati bilan bog’liqligidir.

    Qator kasalliklar etiologiyasi va patogenezi immun o’zgarishlar bilan bog’liqligi kuzatiladi. Birinchi navbatda bu xil o’zgarishlar allergik va autoimmun jarayonlarga bog’liq.

    Ayrim kasalliklar patogenezida o’choqli infekstiyaning roli sezilarlidir: ko’pincha bu surunkali tonzillit, gaymorit, otit, karioz-li tishlar va boshqalardir. O’choqli infekstiya organizmni sensebi-li-za-stiyaga uchrashiga sabab bo’lishi, ikkinchi tomondan esa gumoral im-munitetni pasaytirishi va immun tanqislikka sabab bo’lishi mum-kin. O’choqli infekstiyalarning eshakemi, ko’p xilli ekssudativ erite-ma, psoriaz, qizil yugirik va boshqa dermatozlar patogenezida aha-miyati tasdiqlangan.

    Bir qator kasalliklar yuzaga kelishida ma’lum darajada irsiy omillarning ahamiyati katta. Xususan ixtioz, pigmentli kseroderma, bullez epidermoliz, keratodermiya, atopik dermatit, psoriaz va boshqa kasalliklar shular jumlasidandir.

    Ayrim kasalliklar o’sma va infekstion kasalliklarni metastazlanishining oqibatida yoki teri osti to’qimalari kasalliklarining teriga o’tishi oqibatida vujudga kelishi mumkin, misol uchun teri silining bir turi – skrofuloderma.

    Shuni ham aytish kerakki, ayrim dermatozlarning etiologiyasi va patogenezi oxirigacha o’rganilmagan.

    Shunday qilib, teri kasalliklari ko’pincha bir emas, bir necha sabablar, bir necha nojo’ya ta’sirlarni uzoq muddat organizmga ta’siri oqibatida, teri kasalligining yuzaga kelishi uchun "sharoit" tayyorlasa, arzimas biror bir omil ta’siridan kasallik yuzaga kelishi mumkin.

    Yuqorida aytib o’tilgan teri kasalliklarining etiologik omillarini 3 guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruhni asosiy sababchi omillar, ya’ni ichki a’zolar (o’zgarishlari), asab tizimi o’zgarishlari dermatozlarning yuzaga kelishiga olib keladi. Misol uchun: moddalar almashinuvining buzilishi oqibatida kalstinoz yoki ksantomatoz, qon ishlab chiqaruvchi a’zolar patologiyasi bilan leykemik toshmalar, teri limfomasi va boshqalar, irsiy o’zgarishlar – tug’ma kasalliklarni vujudga keltirishi, misol uchun ixtioz, qalqonsimon bez o’zgarish-lari – teri miksedemasiga olib kelishidir.

    Ikkinchi guruhga xatarli omillar (faktor riska), ya’ni ichki a’zolar, asab tizimi, modda almashinuvini o’zgartiruvchi omillar, hamda irsiy omillar kirib, ular kasallikning vujudga kelishiga tayyorlovchi omillar bo’lib hizmat qiladilar.

    Uchinchi guruh – hal qiluvchi omillar guruhi yig’indisidan iborat bo’lib, ular ichida stress birinchi navbatda turadi.

    Stress va boshqa etiologik omillar xatarli omil yoki xal qiluvchi omil bo’lishi mumkin. Bu esa organizmga u yoki bu omil ta’sir etgan vaqtida organizm qay holatda bo’lishiga bog’liq. Dermatologik bemorlar o’z kasalliklarining boshlanishi yoki ularning avjlanishini ko’p hollarda stress bilan bog’laydilar, xususan psixogen omillarni kasallikning asosiy sababchisi deb biladilar. Shunga asoslanib aytish mumkinki emostional omil birlamchi bo’lib, teri o’zgarishlari esa uning oqibatida yuzaga kelishi mumkin.

    U yoki bu kasalliklarga, xususan teri kasalliklariga irsiy mo-yillik deganda, ota-onadan bolalarga ba’zi xususiyatlar o’tadi, ya’ni moddalar almashinuvi, gomeostaz, a’zolar faoliyati, organizm tizimlari, hujayralar ichida kechuvchi biokimyoviy reakstiyalar va boshqa belgilar holati, bularning hammasi ularni tashqi hamda ichki ko’rinishlarini birdek ko’rsatadi, hatto ta’sirotga javob reakstiyasi ham o’xshash bo’ladi. Bu o’xshashliklar u yoki bu xil kasallikka bir xil moyillika olib keladi. Ammo bu moyillik doimo bir kasallikka chalinishga olib kelavermasligi ham mumkin, buning uchun moyillikni yanada oshiruvchi, qo’shimcha ta’sirlar zarur. Shundan ma’lumki, ota-ona va bolalar har doim ham bir xil kasallikka chalinavermaydi.

    Teri kasalliklarining patogenezi turli-tuman hamda murakkabki, asab, irsiy moyillikdan tashqari ko’pgina kasalliklari patogenezida, asosan, organizmning tabiiy rezistentligicha va immun ti-zim-dagi o’zgarishlarga ham bog’liq. Ayrim kasalliklar patogenezida allergik omil asosiy rol tutsa, qizil yugirik, po’rsildoq yarada – autoimmun jarayon, yana boshqa dermatozlarda esa – ikkilamchi hujayra immunodefistiti ahamiyat kasb etadi.

    Allergik genezli dermatozlarning ayrimlarida kasallik allergenlarni to’g’ridan-to’g’ri teriga kontakt yo’li bilan yoki organizmga turli yo’llar bilan tushib ta’sir etishi oqibatida kuzatilsa, yana bir guruhida esa allergiyani infekstion omilar chaqiradi (infekstion, bakterial allergiya). Bunda ikkilamchi infekstiya o’choqlari yuqumli kasalliklarga sabab bo’ladi. Yana boshqa bir holatlarda organizmda allergizastiyaga sabab bo’luvchi omillar autoallergik jarayonlardir, bu holat ichki a’zolar patologiyasi, moddalar almashinuvi-ning buzilishi va hokazolar tufayli vujudga keladi. Bu xil o’zgarishlar birga uchrab immun tanqislik holati va autoimmun reakstiyalar bilan kechishi mumkin.

    Shunday qilib, ma’lum bir sabab, ma’lum bir etiologik omil, teriga turli ta’sir etish mexanizmiga qarab, turli xil teri kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin.

    Dermatozlar diagnostikasi.

    Teri, og’iz shilliq pardasi va lab qizil hoshiyasi kasalliklarining tashxisi birinchi navbatda ularni diqqat bilan ko’zdan kechirish va tekshirish natijalariga asoslanadi. Shifokorning bemor bilan muloqoti, bemor shikoyatini tinglash va uni chuqur mulohaza qilish bilan boshlanadi. Dermatozning turiga qarab bemorlar turli xil shikoyat bildirishlari mumkin: teri qichishishlari, achishishi, og’rishi, sanchishi, tortishishi kabilarga. Turli kishilarda bir xil kasallikda bu hissiyotlar turli darajada rivojlangan bo’lishi mumkin.

    Ayrim kasalliklar esa sub’ektiv hissiyotlarsiz kechishi mumkin. Bemor shikoyati aniqlanganidan so’ng, kasallik va bemor hayotiy anamnezini yig’ishga o’tiladi. Undan so’ng esa bemorni ko’zdan kechirishga kirishiladi. Teri va ko’zga ko’rinadigan shilliq pardalar kuzatilgach, bu ma’lumotlar klinik-laborator tekshiruv ma’lumotlari bilan to’lg’aziladi.

    Teri kasalligi tarixini aniqlash jarayonida kasallik muddati, sabablari, bemor kasallikni kelib chiqishi va avjlanishini qay sabablarga bog’lashini aniqlash zarur. Undan so’ng kasallik kechishi xarakteri o’rganiladi: qaytalashga moyilligi, mavsumga bog’liqliligi, remissiyalar kuzatilishi, ularning davomiyligi aniqlanadi. Agar be-mor avval davolangan bo’lsa, uning xarakteri va samarasi aniqlanadi. Teri jarayoniga suv, sovun, oziq-ovqatlar, dori-darmonlar, kasb-dagi zararli ta’sirlar ahamiyati o’rganiladi.

    Bemor hayotiy anamnezini yig’ishda tashqi omillarni kasallik patogenezidagi ahamiyatini aniqlash maqsadida uy sharoiti, mehnat sharoiti, boshidan kechirgan kasalliklari, oilaviy yoki nasliy kasalliklar haqida, zararli odatlari to’g’risidagi ma’lumotlarga e’tibor berish zarur. Bemor bilan suhbatlasha turib bemorning asab tizimi holatini, turli stresslarga javob reakstiyasini, o’z kasalligiga bo’lgan munosabatini aniqlashga harakat qilish zarur.

    Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.

    Bemorni issiq, tabiiy yoritilgan xonada ko’zdan kechirish maqsadga muvofiq bo’ladi. Og’iz shilliq pardasini ko’rish uchun yoriq elektr nuri yo’naltirib, yog’och shpateldan foydalaniladi, yog’och shpatel kuzatiluvchi sohani so’laklardan yaxshi tozalaydi. Terining butun yuzasini ko’zdan kechirish zarur, aks holda sub’ektiv bezovta etmagan, lekin toshmalar toshgan sohalarni bemor sezmasligi mumkin, bu xil toshmalar: chandiqlar, surilib ketgan toshmalar o’rnida qolgan pigmentastiyalar ayrim hollarda diagnostik ahamiyatga egadir.

    Teri morfoelementlari.

    Teri tanani qoplab turuvchi organ bo’lib, bir qancha fiziologik vazifalarni bajaradi. Lekin, ba’zi holatlarda terining normal holati buzilib, terida har xil patologik o’zgarishlar, ya’ni kasalliklar vujudga keladi. Masalan: ichki va tashqi ta’sirotlar sababi bilan teri yallig’lanishi natijasida unga xos qizarish, shishish, og’rish, issiqlanish va vazifasi buzilishdan iborat bo’lgan o’zgarishlarni ko’rish mumkin. Ichki a’zolarning yallig’lanishida bu belgilarni biz ko’zimiz bilan ko’ra olmasak, teridagi patologik o’zgarishlari ko’ri-nib turadi va yallig’lanish belgilari asosida paydo bo’ladigan teridagi morfologik toshmalar yoki klinik belgilar bilan ifodalanadi.

    Teri va shilliq pardalarda paydo bo’lgan toshmalar turli xil bo’lishi mumkin va ular birlamchi hamda ikkilamchi toshmalarga ajratiladilar.

    Birlamchi element deb, sog’lom va o’zgarmagan terida paydo bo’lgan toshmalarga aytiladi. Ikkilamchi toshmalar deb, teridagi birlamchi elementlarning rivojlanib, o’zgarishi natijasida paydo bo’ladigan toshmalarga aytiladi.

    Toshmalarni birlamchi, ikkilamchi turlarga ajratish ma’lum darajada shartlidir. Lekin, bunga qaramasdan, ularning amaliyotdagi o’r-ni juda ham yuqori. Chunki ko’p holatda har bir kasallikda terida faqat shu kasallikka xos birlamchi toshma(lar) paydo bo’lar ekan. Shuning uchun ham teridagi birlamchi toshmaga asoslanib, bemorga kasallik tashxisi qo’yiladi. Qolaversa teri toshmalarini o’qib, o’rga-nib olmasak, bir-birimizga teridagi o’zgarishlar haqida biror-bir ma’lumot etkaza bilmaymiz, shuning uchun ham teri toshmalari dermatologiya alifbosi hisoblanadi.

    Alifbo (arab A.sining boshlang‘ich ikki harfi - alif va bo nomidan olingan) - biror tilning yozuviga qabul qilingan va maʼlum anʼanaviy tartib berilgan yozuv belgilari (mas, arab A.si, lotin A.si) yoki bo‘g‘in belgilar (mas, hind A.si - devanagari)
    Ularni bilish teri kasalliklarini to’g’ri tashxis qilishimizga katta yordam beradi.

    Birlamchi morfologik elementlar deb, o’zgarmagan terida, kasallikning dastlabki davrlaridayoq paydo bo’ladigan toshmalarga aytiladi. Birlamchi elementlar paydo bo’lish mexanizmiga, yallig’lanish davriga (alterastiya, ekssudastiya, proliferastiya) qarab, shartli darajada, ikki guruhga ajratiladi. Birlamchi proliferativ morfologik elementlar: dog’ (macula), tuguncha (papula), do’mboqcha (tuberculum), tugun (nodus) hamda birlamchi ekssudativ morfologik elementlar: pufakcha (vesicula), pufak (bulla), yiringcha (pustula) va bo’rtma yoki qavarchiq (urtica) tafovut etiladi.

    Dog’ (macula) – terining chegaralangan rang o’zgarishi bo’lib, u teri sathidan ko’tarilib turmaydi va paypaslanganda sezilmaydi. Dog’ning kelib chiqish sabablariga qarab, qon tomirli, pigmentli va sun’iy turlarga va yallig’langan va yallig’lanmagan dog’larga ajratadilar. Qon tomirga aloqador dog’lar – qon tomirlarning vaqtincha reflektor kengayishi, yallig’lanishi yoki uning jarohati hisobiga kuzatiladi.

    Yallig’li qon tomirli dog’larga rozeola va eritema kiradi. Rozeola o’lchami 1 santimetrgacha (eritema esa 1 sm dan kattaroq), qon tomirlarining vaqtincha kengayishi natijasida paydo bo’lgan, pushti-qizil rangli dog’. Uni buyum oynasi bilan bosib ko’rilsa (diaskopiya) yo’qoladi, bosim to’xtatilsa – qaytadan paydo bo’ladi va sub’ektiv achishish, qichishish, kam hollarda esa og’riq bezovta etishi mumkin. Keyinchalik ustki qismida kepaklanib yoki birdan yo’qolib ketadi. Bu toshmalar dermatit, zaxmning ikkilamchi davrida va boshqa kasalliklarda uchraydi.

    Yallig’siz dog’larga qon tomirlarning patologik kengayishi, jarohati yoki o’tkazuvchanligi o’zgarishi natijasida paydo bo’lgan dog’lardan tashqari, pigmentli va sun’iy dog’lar kiradi.

    Qon tomirlar o’tkazuvchanligining ortish yoki tomirlar jarohati oqibatida paydo bo’luvchi dog’lar – gemorragik dog’lar deb ataladilar va bular diaskopiyada yo’qolmaydi va vaqt o’tgach, rangi o’zgarib boradi. To’g’ri chiziqli gemorragik dog’ – vibistess va kattaligiga qarab gemorragik dog’larni – petexiya, purpura, ekximozlar va qon to’plami deb atadilar.

    Pigmentli dog’lar – teri hujayralarida pigment melanin yo’qolishi (depigmentastiya yoki vitiligo), kamayishi (gipopigmentastiya) yoki ko’payishi (giperpigmentastiya) natijasida paydo bo’ladi.

    Sun’iy dog’lar – teri orasiga bironta bo’yoq yoki kimyoviy moddalarning kirib qolishi natijasida paydo bo’ladi. Sun’iy dog’lar ko’pincha turli kasb egalarida yuzaga keladi va «stigma», ya’ni professional belgi deb hisoblanadi.

    Tuguncha (papula) – bu birlamchi, proliferativ, bo’shliqsiz, teri sathidan ko’tarilib turadigan, kattaligi 1 sm gacha bo’lgan yuza element bo’lib, epidermis va dermaning yuza qismida ro’y beradigan patologik o’zgarishlar natijasida paydo bo’ladi. Vaqt o’tib, o’zgarib, so’rilib ketadi va o’rnida dog’ qoladi. Tuguncha qipiqli temiratki (psoriaz), qizil yassi temiratki va zaxmning ikkilamchi davrida uchraydi

    Do’mboqcha (tuberculum) – bu birlamchi, proliferativ, bo’shliq-siz, teri sathidan ko’tarilib turadigan, kattaligi 1 sm gacha bo’lgan, chuqur element bo’lib, derma qavatida patologik o’zgarishlar natijasida paydo bo’ladi. Do’mboqcha keyinroq nekrozga uchrab, yaralanadi va nihoyat yara chandiq hosil qilib bitadi. Ayrim hollarda do’mboqcha so’rilib, o’rnida atrofik chandiq hosil qiladi. Do’mboqcha teri sili (tuberkulyoz), moxov (lepra), yomon jarohat (leyshmanioz) va zaxmning uchlamchi davrida uchraydi

    Tugun (nodus) – bu birlamchi, proliferativ, bo’shliqsiz, teri sathidan ko’tarilib turadigan, kattaligi 1 sm dan to tuxumday, chuqur element bo’lib, derma va teri osti yog’ qavatida hosil bo’lib, o’sadi. Keyinchalik tugun so’rilib atrofik chandiq yoki yaralanib, yara, chandiq hosil qilib bitadi. Tugun teri sili, moxov, yomon jarohat va zaxm-ning uchlamchi davrida uchraydi

    Pufakcha (vesicula) – bu birlamchi, ekssudativ, bo’shliqli, teri sathidan ko’tarilib turuvchi, bo’shlig’ida seroz suyuqlik yoki qon saqlovchi, kattaligi 1 sm gacha bo’lgan yuza element. Pufakchaning tomi, tubi va ularning orasida suyuqlik bilan to’lgan bo’shliq tafovut etiladi. Keyinchalik, pufakcha qurib, qaloq hosil qilishi yoki yorilib, eroziya va keyin qaloq hosil qilishi mumkin va vaqtinchalik pigmentli dog’ hosil qilib yo’qoladi. Pufakcha har xil uchuq kasalliklarida (gerpes) uchraydi.

    Pufak (bulla) – bu birlamchi ekssudativ, bo’shliqli, teri sathidan ko’tarilib turuvchi, o’lchamlari 1 sm dan katta bo’lgan, yuza element. Pufak – pufakchadan faqat kattaligi bilan ajralib turadi. Pufak seroz suyuqlik saqlab, o’zidan so’ng qaloq, eroziya va pigmentli dog’ hosil qiladi. Bu toshma dermatitlarda va po’rsildoq yara kasalliklarida uchraydi (10-rasm).

    Yiringcha (pustula) – bu birlamchi, ekssudativ, bo’shliqli, teri sathidan ko’tarilib turuvchi, bo’shlig’ida yiring suyuqlik saqlovchi, yuza yoki chuqur element bo’lishi mumkin. Yiringcha soch follikuli atrofida yoki epidermisni yuzaki va chuqur derma qavatlarida joylashib, keyinchalik yorilib o’z o’rnida eroziya yoki yara, qaloq, pigmentli dog’ yoki chandiq qoldirishi mumkin. Bu toshma terining yiringli kasalliklarida va ikkilamchi zaxmda uchraydi

    Bo’rtma yoki qavarchiq (urtica) – bu birlamchi ekssudativ, teri sathidan ko’tarilib turadigan, bo’shliqsiz, tez paydo bo’lib, tez o’tib ketadigan hujayralar ichidagi shish hisobiga vujudga keladi. O’rnida hech asorat qoldirmaydi va eshak emi kasalligida, hasharotlar chaqqanda uchraydi.

    IKKILAMChI MORFOLOGIK ELEMENTLAR

    Ikkilamchi dog’ – Pigmentli dog’ (pigmentatio, depigmentatio) hamma birlamchi toshmalardan keyin, ular o’rnida paydo bo’lishi mumkin. Pigmentli dog’ terini melanin pigmentini vaqtincha biror sohada to’planishi, yo’qolishi yoki kamayishi hisobiga paydo bo’ladi. Pigmentli dog’lar terining asl rangiga nisbatan to’q (giperpigmentastiya) yoki oqroq (gipopigmentastiya), ayrim hollarda esa terining bir qismida umuman pigment yo’qoladi – bu vitiligo yoki depigmentastiya deyiladi.

    Kepaklanish [qipiqlanish] (Squama). Terining muguz qavati hujayralarining rivojlanish natijasida po’st tashlab, ajralib ketishi fiziologik hodisadir. Ba’zi bir kasalliklarda me’yordan ortiq kepaklanish yoki qipiqlanish holati uchraydi. Kepaklar turli rangda va o’lchamlarda bo’lib, shu belgilariga asosan: unsimon, kepaksimon, plastinkasimon kepaklanishlar tafovut etiladi va kepaklarning yirik plastinkasimon ko’chishi eksfoliativ kepaklanish deb ataladi. Kepaklar ham birlamchi rivojlanishi mumkin: kazg’oqlanish, yumshoq leykoplakiyada, eksfoliativ xeylitda parakeratotik kepaklar yuzaga keladi. Ixtiozda esa giperkeratotik kepaklar hosil bo’ladi.

    Eroziya, shilinish (erosio) – teri, shilliq pardalar yoki lab qizil hoshiyasining yuza, epidermisdagi yuzaki defekti hisoblanib, shu sababli ular izsiz bitadilar. Eroziya birlamchi bo’shliqli elementlar: pufak, pufakcha, yiringchalar tomi yorilishi natijasida hosil bo’ladi.

    Yara (ulcus) – terining chuqur defekti bo’lib, uning tubi derma yoki gipodermada joylashadi. Shuning uchun yara doimo chandiq hosil qilib bitadi. Yaralar, asosan, do’mboqcha, tugun yoki chuqur yiringchadan keyin yuzaga keladi. Yaraning chetlari va tubi tafovut etiladi. Yara o’lchamlari, shakli, chuqurligi, chetlarining ko’rinishi va tubi har xil bo’lib, turli dermatozlarda o’ziga xos ko’rinishga ega bo’ladi. Agar yakka joylashib, bir-biriga qo’shilmagan do’mboqcha yaralansa – diametri 0,5 sm gacha bo’lgan yara hosil bo’ladi. Tugun yaralansa, bir muncha katta va chuqur yara hosil bo’ladi. Yara chetlari o’yilgan, tubiga osilgan, tovoqsimon ko’rinishga ega bo’lishi mumkin. Yara tubi va chetlari yumshoq yoki zich konsistenstiyali bo’lib, tubi yiringli, nekrotik, yiring-qon aralash massa bilan qoplangan bo’lishi, so’rg’ichsimon granulyastiya bilan qoplangan bo’lishi, oson jarohatlanib qonovchi bo’lishi mumkin. Chuqur yaralar suyakkacha borib, uni jarohatlashi mumkin. Yarani ko’zdan kechirayotganda nafaqat uning shakli, o’lchamlari yoki tubiga e’tibor berish kerak. Yara chetlarida, ko’pincha asosiy patologik jarayon qoldiqlari bo’lishiga, uning tubida xarakterli ajratmalarining bo’lishi, yaraga olib kelgan jarayon haqida ma’lumot berishi mumkin Yoriq (fissura, ragades) – terining qurib, elastikligining yo’qo-lishi hisobiga keladigan teri butunligining buzilishi. Yoriqlar to’g’ri chiziqli bo’lib, ko’p hollarda terining cho’ziluvchi sohalarida: burmalar, og’iz burchaklarida uchraydi. Agar yoriq etarli darajada chuqur bo’lib, derma hatto gipodermani ham jarohatlasa, kuchli og’rib, yuzasi qonli qaloq bilan qoplanadi, bitgach esa chandiq hosil bo’ladi. Yuza yoriqlar epidermis sohasidagina kuzatilib, qaloqlanmaydi va chandiqsiz bitadi

    Qaloq (crusta) – pufakcha, pufak, yiringchalar ichidagi ekssudatlar qurishidan yoki eroziya, yaralar yuzasidagi ajratma qurishi natijasida kuzatiladi. Shu sababli qaloqlar seroz, qonli, yiringli bo’lib, teri sathidan ko’tarilib turadilar. Yangi hosil bo’lgan qaloqlar yumshoq bo’lib, oson ko’chadi, ular ostida eroziya yoki yaralar kuzatiladi. Uzoq saqlangan qaloqlar qalin, qattiq bo’lib, ostidagi to’qi-maga zich yopishgan bo’ladi. Qaloq rangi ekssudat xarakteriga bog’liq bo’lib, agar seroz ekssudatdan hosil bo’lgan bo’lsa, qo’ng’ir-sarg’ish qaloq, seroz-yiringli ajratmadan esa sarg’ish-ko’kimtir qaloq, yiringli eks-su-datdan esa kir-qo’ng’ir yoki ko’kimtir qaloq, gemorragik ajrat-ma-dan esa qora qonli qaloq vujudga keladi. Qaloqlar qalinligi turli xil bo’lib, ko’p hollarda teridagi jarayonga hamda qaloqning qachon hosil bo’lganiga bog’liq. Bir biriga yopishgan, natijada qalinlashib, te-ridan ko’tarilib turuvchi qaloqlar – rupiya deb ataladilar. Qaloq ko’ri-nishi, rangi, o’lchamiga qarab, u qay birlamchi elementlardan ho-sil bo’lgan ekanligini aniqlash mumkin. Qaloqdan tashqari – kepakli qaloqlar ham tafovut etiladi, ular epidermis seroz ekssudatini shimib, bir-biriga yopishgan qaloqlardir. Qaloqlardan farqli o’la-roq kepakli qaloqlar sinmaydi, maydalanmaydilar

    Chandiq (cicartix) – derma, gipodermaning chuqur jarohatlanishi natijasida, yaraning bitishi oqibatida hosil bo’lgan yangi to’qima-dir. Chandiq, asosan, kollagen tolalardan tarkib topadi. Chandiq yuzasidagi teri odatda tekis, yaltiroq bo’lib, teri rasmi va soch folli-ku-la-lari bo’lmaydi. Yangi chandiqlar rangi och-pushti, keyinchalik oqa-radi va ayrim hollarda chandiqlar giperpigmentli bo’ladi. Ayrim ka-salliklardan so’ng chandiq yuzalari qatlam, g’adir-budir, cho’tir-cho’tir, so’rg’ichsimon bo’lsa, ayrimlari cho’ntaksimon ko’rinish-da bo’ladi. Chandiq o’lchamlari va shakli har xil bo’ladi. Atrofik chandiqlar odatda minus to’qimali bo’lib, teri sathidan cho’kkan, yumshoq konsistenstiyali, yupqa bo’ladi. Ayrim hollarda dag’al, zich konsistenstiyali, qalin bo’lib, teri sathidan ko’tarilib turadi va gipertrofik yoki keloid chandiq deb ataladi. Agar chandiq yarasiz paydo bo’lsa, uni chandiqli atrofiya (chandiqli yupqa teri) deb ataladi va uning ostidagi tomirlar ko’rinib, oson burmaga yig’iladi va g’ijim-langan papiros qog’ozini eslatadi. Turli kasalliklarda turli ko’ri-nish va shakldagi chandiqlar kuzatiladi: yulduzsimon, tamg’asimon, mozaikasimon, ko’priksimon, cho’ntaksimon, keloid – gipertrofik, at-ro-fiya turlari tafovut etiladi .

    Lixenifikastiya –terining dag’allanishi (LICHENIFICATIO) Lixenifikastiya terining o’ziga xos o’zgarishidir. Unda teri quruqlashib, yuza qismidagi chiziqlar, ya’ni teri naqshlari yaxshi ko’rinib, terining shu sohasi yallig’lanib, dag’allashadi va giperpigmentlashadi

    Vegetastiya (vegetatio) – ko’payib tarqalish ma’nosini anglatadi. Epidermisning tikanaksimon qavatining qalinlashishi va dermaning so’rg’ichsimon qavatining o’sib ketishi bilan kechadi. Vegetastiya ko’ri-nishi xo’roz tojisini yoki gul karamini eslatadi, yumshoq konsis-tenstiyali, yuzasi quruq, qo’ng’ir tusda bo’lib, ayrim hollarda eroziyala-nadi, qizg’ish tusda bo’lib, seroz, seroz-yiringli eksudat ajratadi. Vegetastiya ko’pincha shilinish, yara yoki tugunchalar yuzasida hosil bo’ladi. Ayrim hollarda birlamchi toshma ham bo’lishi mumkin (o’tkir uchli kondilomalar).

    Lixenizastiya (lichenificatio) – terining quruqlashib, zichlanib dag’allanishi bo’lib, epidermis va terining so’rg’ichsimon qavatida kuchli infiltrastiya va akantoz hisobiga kuzatiladi. Teri rasmi kuchayadi. Bunday teri turg’un giperemiyali, zich bo’lib, yuzasi kepakla-nadi. Lixenizastiya odatda mayda tugunchalar qo’shilishi, surunkali yallig’langan infiltrat va kuchli qichima bilan kechadi va neyrodermit va boshqa surunkali teri kasalliklarda uchraydi.

    Chaqa – qashima izlari, shilinish, tirnalish (excoriatio) chiziqsimon teri defekti hisoblanib, (ko’pincha terini yuza defekti), u, asosan, qashlanish, tirnalish, shilinish natijasida paydo bo’ladi. Agar defekt epidermisning yuqori qismidagina bo’lsa – to’g’ri chiziqli kepaklanuvchi yo’l-yo’l ko’rinish yuzaga keladi. Kuchli qichishish oqibatida esa chuqurroq dermagacha boradigan qashima izlari paydo bo’lib, yuzasida qonli qaloqlar paydo bo’ladi va ekskoriastiyalar o’rnida gipo- depigmentli dog’lar va chandiq ham hosil bo’lishi kuzatiladi. Ekskoriastiya teri qichishi bilan kechadigan teri va sistem kasalliklarda bo’ladi.

    Atrofiya (atrophia) – teri trofikasi buzilishi hisobiga yuzaga keladi, teri yupqalanib, atrof terilariga nisbatan biroz botgan, tabiiy rasmini yo’qotgan, rangi gipo- depigmentli, o’choq holida kuzatiladi. Atofiya toshmasi sklerodermiya, qizil yugirik kabi kasalliklarda uchraydi.

    TERIDAGI GISTOMORFOLOGIK O’ZGARIShLAR

    Teri kasalliklaridagi morfologik o’zgarishlar umumiy patologiyaning qonunlari bo’yicha kechadi va terining tuzilishi hamda funkstiyasiga bog’liq bo’lib, ma’lum terminlar bilan nomlanadi. Bu pato-mor-fo-logik o’zgarishlarni teri biopsiyasini mikroskopik usullari bilan aniqlash ko’p dermatozlarning tashxisida bebaho o’rin egallagan va bu o’zgarishlar terminlarini bilish zarur.

    Giperkeratoz – epidermis muguz qavatining qalinlanishi.

    Diskeratoz – epidermis hujayralarida keratinizastiya jarayonining buzilishi.

    Parakeratoz – tugallanmagan muguzlanish natijasida muguz qavatida yadrolik hujayralar paydo bo’lishi va donador qavatning qiyin aniqlanishi.

    Akantoz – tikanaksimon qavat hujayralarining ko’payib qalinlashib ketishi.

    Akantoliz – tikanaksimon hujayralar orasidagi desmosomalarning shikastlanishi.

    Akantolizis – tikanaksimon hujayralar orasidagi desmosoma-larning erib ketishi.

    Spongioz – Malpigiy qavatining hujarayralararo suyuqlik yig’ilishi va desmosomalar buzilib bo’shliqlar paydo bo’lishi.

    Vakuolli degenerastiya – Malpigiy qavatining hujayralari yadrosi atrofida vakuollar hosil bo’lib, ular yadroni piknotik deformastiyalab chetga siqib chiqarishi va stitoplazma ichidagi suyuqlik hujayrani nobud qilishi.

    Ballonli degenerastiya – Malpigiy qavat hujayralarning degenerativ o’zgarishi, desmosomalar yo’qolib, seroz-fibrinozli suyuq-likda sharsimon hujayralar suzib yurishi.

    Papillomatoz – terining bazal qavatidagi hujayralar orasiga dermaning so’rg’ichsimon qavatining so’rg’ichlari cho’zilib, terining ustki qavatlariga chiqishi.

    Granulyoz – donador qavat hujayralarining ko’payib qalinlanishi.

    Mikroabsstesslar – epidermis va derma hujayralaridan iborat yallig’lanish o’chog’i.

    Epidermoliz – epidermis va derma orasidagi bazal membranasi buzilib, subepidermal bo’shliqlar hosil bo’lishi.

    Dog (macula)-teri rangini uning relefi va konsistenstiyasini uzgarmagan xolda Mahalliy uzgarishi



    Turi

    Xosil bulish xususiyati

    Klinik shakllari

    Kaysi kasalliklarda uchrashi

    Tomirli

    Yalliglangan

    Yalliglanmagan (kon tomirni passiv kengayishi yoki proliferastiyasi )

    Gemorragik

    (kon tomir devorining o’tkazuvchanligini buzilishi)



    Rozeola 1 sm.gacha ,

    eritema 1 sm.dan katta

    Teleangiektaziya, livedo

    Petexiya, purpura, vibistess, ekximoz



    2 zaxm, dermatit va toksikodermiyalar

    Rozastea , teri angiitlari

    Teri allergik angiitlari


    Pigmentli

    Melanin ( -)

    Giper- de-gipopigment va tugma

    Nevuslar, sepkillar, xloazma, vitiligo, leykoderma.

    Sun’iy

    Buyovchi vositalarning mayda bulaklari impregnastiyasi

    Kumirli, changli, metallik

    Tatuaj, tatuirovka



    Tuguncha turlari

    Tuguncha ( Papula) – birlamchi, bushliksiz, proliferativ element, teri satxidan kutarilgan, epidermodermal xarakterli, turli shakldagi, ulchami 1 sm.gacha , uzidan sung dog koldiradi.



    Turi

    Xosil bulish xususiyati

    Klinik shakllari

    Kaysi kasalliklarda uchrashi

    Epidermal

    Dermal

    Epidermo-dermal


    Akantoz, giperkeratoz

    Dermaning surgichsimon kavatida yalligli infiltrat, papillomatoz, almashinuv maxsulotlari chukmasi

    Akantoz, granulez, giperkeratoz, dermaning surgichsimon kavatida infiltrat


    Miliar,

    lentikulyar,

    numulyar papulalar,

    turli shakl, kurinish va konsistenstiyali pilakchalar



    Yassi sugallar

    Papulez sifilidlar

    Psoriaz, kizil yassi temiratki


    Dumbokcha (tuberculum)

    Birlamchi, bushliksiz, proliferativ morfologik element bulib, dermada chuqur joylashadi. Ulchami 1sm.gacha,teri rangi, relefi, konsistenstiyasi uzgarishi bilan kechadi. Yaralanadi va uzidan sung chandik va chandikli atrofiya koldiradi. Moxov, teri tuberkulezi, leyshmanioz va uchlamchi zaxmda uchraydi.



    Tugun turlari

    Tugun( Nodus)- Birlamchi, bushliksiz, proliferativ morfologik element bulib, dermada chuqur joylashadi va yirik ulchamli (2-10sm.gacha). Patologik jarayon rivojlanishiga karab tugun yaralanadi va chandik xosil kilib bitadi.



    Turi

    Xosil bulish xususiyati

    Kaysi kasalliklarda uchrashi

    Yalliglanishli

    Gipoderma va dermaning chuqur bo’limlarini kuchli yalliglanishi

    Sifilitik gummalar

    Yalliglanishsiz

    Almashinuv maxsulotlarini chukish ( xolesterin, kalstiy ) –almanishuv

    Xujayra klonlarini proliferastiyasi



    Ksantomalar, lipomalar

    Pufakcha turlari

    Pufakcha( vesicula) – birlamchi, bushlikli, diametri 1 sm.gachaga bulgan, tubi, kobigi, bushligi fark kilinib seroz yoki seroz-gemorragik suyuklik saklovchi xosiladir.



    Turi

    Xosil bulish xususiyati

    Klinik shakllari

    Kaysi kasalliklarda uchrashi

    Intraepidermal

    Spongioz

    Balllonirlovchi distrofiya



    Bir kamerali

    Kup kamerali va bir kamerali



    Ekzema, allergik dermatit

    Oddiy va urab oluvchi temiratki



    Epiderma osti

    Bazal membrana ostida xujayralar aro yalliglanishli suyuklikni yigilishi

    Bir kamerali

    Disgidroz

    Pufak turlari

    Pufak(bulla) – birlamchi, bushlikli, diametri 1 sm.dan katta bulgan, tubi, kobigi, bushligi fark kilinib, seroz yoki seroz-gemorragik suyuklik saklovchi xosiladir.



    Turi

    Xosil bulish xususiyati

    Klinik shakllari

    Kaysi kasalliklarda uchrashi

    Intraepidermal

    Akantoliz


    Bushashgan kobikli bir kamerali pufak


    Akantolitik pursildok yara

    Epiderma osti

    Bazal membrana ostida xujayralar aro yalliglanishli suyuklikni yigilishi

    Tarang kobikli bir kamerali pufak

    Oddiy kontaktli dermatit



    Yiringcha turlari

    Yiringcha(pustula) – – birlamchi, bushlikli, yiring saklovchi xosiladir. Pustula uzidan sung pustlokcha xosil kilib, yuza joylashganda dog, chuqur joylashsa chandik koldiradi.



    Turi

    Xosil bulish xususiyati

    Klinik shakllari

    Kaysi kasalliklarda uchrashi

    Stafilo-kokkli

    (follikulyar)



    Yuza

    Chuqur



    Soch follikulasi ogzi yoki uning 2/3kismini yiringli yalliglanishi

    Butun soch follikulasi yoki bir nechta follikulani va atrof tukimasini yiringli yalliglanishi



    Konusovidnыy uzelok s gnoynoy golovkoy

    Konusovidnыy infiltrat s nekroticheskim stentrom



    Osteofollikulit, follikulit, sikoz

    Furunkul, karbunkul, gidradenit



    Streptokokkli

    (nofollikulyar)



    Yuza

    Chuqur


    Epidermis soxasidagi yiringli bushlik

    Dermы va gipodermы saxasidagi yiringli yara



    Fliktena

    Ektima


    Impetigo

    Ektima


    Download 1,19 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   171




    Download 1,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Тема , Тери кичишиши билан кечадиган тошма синдроми

    Download 1,19 Mb.