• Mashgulot davomiyligi – 6,0 soat. MAShGULOT MAQSADI
  • Vazifalar Talaba bilishi lozim
  • Talaba bajara olishi lozim
  • Talaba ega bulishi lozim
  • Fanlarichi va fanlararo bogliklik
  • Mashgulot tarkibi. NAZARIY KISM
  • Psoriaz
  • Differenstial tashxisi
  • Poriazning davosi. Mahalliy davo
  • QIZIL YaSSI TEMIRATKI (LICHEN RUBER PLANUS)
  • ANALITIK KISM Ushbu mashgulotda kullaniladigan yangi pedogogik texnologiyalar
  • Vaziyatli masalalar: (ilova 1) AMALIY BULIM
  • PSORIAZDA AUSPIЦ TRIADASINI ANIKLASh Maqsad
  • Mashgulot utkazish joyi, jixozlar




    Download 1,19 Mb.
    bet8/171
    Sana24.03.2017
    Hajmi1,19 Mb.
    #1984
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   171

    Mashgulot utkazish joyi, jixozlar:

    - «Teri va tanosil kasalliklari» kafedrasi tematik ukuv xonasi, bemorxona, laboratoriya, stastionardagi shifokor xonasi.



    Mavzuning jixozlanishi:

    -stendlar, bemorlar fotografiyalari, tarkatma materiallar, vaziyatli masalalar

    - texnik predmetlar, yangi informastion texnologiyalar predmeti

    - amaliy ishlarni bajarish bo’yicha xarakatlar algoritmi

    - tematik bemorlar

    Mashgulot davomiyligi – 6,0 soat.

    MAShGULOT MAQSADI:

    - talabalarga psoriaz, kizil yassi temiratki, atopik dkrmatit erta tashxisi, kiyosiy tashxisi, optimal davoni aniklash bo’yicha bilimlar berish.

    - psoriaz, kizil yassi temiratki, tasnifini berish.

    -ushbu kasalliklar etiopatogenezi xakida ma’lumot berish

    - klinik kurinishlar va simptomlarini berish

    - Status localis bo’yicha tavsiflash

    - xususiy resteptura misollari bilan maxalliy va umumiy davolash asoslari xakida tushunchalar berish.

    Vazifalar

    Talaba bilishi lozim:

    - psoriaz, kizil yassi temiratki, kasalliklari bor bemorlar kuruvini

    - toshma elementlarini aniklash

    - psoriaz, kizil yassi temiratki, atopik dermatit kasalliklari kiyosiy tashxisi

    - psoriaz, kizil yassi temiratki, atopik dermatit kasalliklari rivojlanishida endogen

    va ekzogen omillari axamiyatini.

    - psoriaz, kizil yassi temiratki, atopik dermatit kasalliklarining turli shakllaridagi

    davo farklari.

    - gospitalizastiyaga kursatmalar

    Talaba bajara olishi lozim:

    - teri va shillik kavatlarni kuzdan kechirish.

    - kasallik anamnezi va shikoyatlari belgilarini taxlil kilish.

    - klinik kurinish, laborator taxlillar natijalari bo’yicha tashxislash va kiyosiy tashxislash.

    - psoriaz, kizil yassi temiratki, atopmk dermatit kasalliklari bilan bemorlar kurigi

    - laborator-serologik taxlil natijalarini interpretastiya kilish.

    -maxalliy davo usullari va asoslarini bilish.

    Talaba ega bulishi lozim: Davolash va diagnostikaning asoslariga

    Motivastiyalash:

    Psoriaz, kizil yassi temiratki, aopik dermatit kasalliklarini umumiy simptomatikasi va patomorfologiyasini, tugri tashxislash va yorita olishni, kasalliklarni ajrata olishni xamda maxalliy va umumiy davolash asoslarini bilish xususiy dermatologiya xamda umumiy amaliyot shifokori faoliyatida muxim axamiyatga ega.



    Fanlarichi va fanlararo bogliklik :

    Ushbu mavzu bo’yicha ukitish talabalarning psoriaz, kizil yassi temiratki, atopik dermatit kasalliklari kabi dermatozlarni umumiy simptomatikasi va patomorfologiyasi, anatomiya, gistologiya, normal va patologik fiziologiya bo’yicha bilimlarga, xamda turli dori vositalarini kasalliklar davosida kullay bilishga asoslanadi. Talabalar tomonidan amaliy mashgulot vaktida olingan bilimlar keyinchalik turli terapevtik va xirurgik klinik yunalishlarda kullaniladi.



    Mashgulot tarkibi.

    NAZARIY KISM

    Atopik dermatit yoki diffuz neyrodermit – bu surunkali, qaytarilib turadigan, kuchli qichishish va o’ziga xos toshmalar bilan kechadigan terini multifaktorli allergik kasalligidir.

    Etiologiyasi. Autosamal dominant turli allergik reakstiyalarga tug’ma moyillik borligi.

    Patogenezi. Kasallikning vaqti-vaqti bilan qaytadan o’tkir-la-shib kechishiga sabablardan:

    1. Ekzogen va endogen allergenlar.

    2. Emostional va stress faktorlari.

    3. Teri quruqlashib qolishi.

    4. Infekstiyalar va ichki a’zolarning funkstional kasalliklari.

    5. Jazirama issiq va tananing terlashga bo’lgan moyilligi.

    Klinikasi. Kasallikni birinchi belgilari go’dak yoshida, bolaga qo’shimcha ovqat berish vaqtidan boshlanadi va ko’pincha uning yuzida (diatez), teri bo’g’imlarida o’tkir yallig’lanish yoki seboreyali dermatitga xos toshmalar paydo bo’ladi. Yaqin vaqt (2–3 yil) ichida bolaga ta’sir qiluvchi allergen aniqlanib, bartaraf qilinmasa, polivalent sensibilizastiya rivojlanib, bemorda neyrodermit yoki ekzemaning klinikasiga mos toshmalar paydo bo’ladi.

    Diffuz tarqalgan neyrodermit juda agressiv kechib, faqat qisqa vaqtga tinchlanib yoki doimo to’xtamasdan bemorning butun terisini quritib, o’tkir bo’lmagan yallig’lanish belgilari (lixenifikastiya), qashinish izlari va po’stloqlar bilan berkitib oladi. Lekin yallig’langan o’choqlarning eng og’ir zararlangani, asosan, yuz, bo’yin, sonning ichki yuzasida va qo’l, oyoq bukilma qismlarida joylashadi. Albatta, qashinish izlariga ikkilamchi infekstiya qo’shilib, bemorning limfatik bezlari kattalashadi. Oq dermografizm aniqlanadi.

    Chet davlatlardagi ko’p olimlar diffuz neyrodermit va atopik dermatitni ajratmaydilar. Boshqa neyrodermatozlardan atopik dermatitni ajratib turuvchi belgilar:

    1. Kasallik erta, yoshlikdan boshlangani;

    2. Qichishish bilan boshlangani;

    3. Yuz, qo’l va oyoqlarning buqilish qismlarida joylashishi;

    4. Atopiyaning boshqa belgilari (astma, rinit, konyunktivit) borligi;

    5. Uzoq vaqt, xronik kechishi va qaytarilib turishi;

    6. IgE ning qondagi yuqori miqdori;

    7. Terining quruqligi.

    Differenstial tashxisi

    1.Pruritus cutaneus.

    2.Prurigo.

    3.Exzema.

    Atopik dermatitning (neyrodermit) davosi

    1.Antigistamin preparatlari.

    2. Natriy tiosulfat 30% –10,0 eritma, venaga.

    3. Asab tizimini davolash.

    4. Oshqozon-ichak tizimini tekshirib, davolash.

    5. Disbakteriozni davolash.

    6. Kortikosteroid preparatlari.

    7. Mahalliy davo – keratoplastik malham (2% salistil malhami);

    – A vitaminli malham;

    – qisqa vaqtga kortikosteroidli malham.

    8. Fizioterapiya – UF nurlari, dengiz suvlari, davolash yog’li vannalari.



    Psoriaz – terining tarqalgan, papulo-skvamoz, surunkali, qaytalanib turuvchi, dunyoning turli mintaqalarida, turli yosh va jins­dagi odamlarda uchraydigan multifaktorli kasallik.
    Mintaqa - Yer yuzasining tabiiy geografik kenglik zonalligining eng yuqori bosqichi. Yer pusti yoki geografik qobiqning biror jihatdan oʻxshash boʻlgan, kenglik boʻylab choʻzilgan nisbatan kambar qismi. M.


    Etiologiyasi. Aniqlanmagan. Nasliy omillar ahamiyati katta, sababi 40% hollarda nasliy anamnezda avlodda, oilada kasallik borligi aniqlangan. Kasallikka olib keluvchi va rivojlantiruvchi omillar quyidagilar: stresslar, viruslar, bakterial infekstiyalar, moddalar almashuvining buzilishi, immunologik holatining o’zgari­shi va boshqalar. Kasallik patogenezida ham turli noaniqliklar mavjud, ma’lum nazariyalar esa terining normal rivojlanishini ta’min etuvchi mexanizmlar blokadalanishi sabablari va buning oqibatida paydo bo’luvchi akantoz, parakeratoz, giperkeratoz, papillomatoz va Munro mikroabsstesslari aniqlanadi.

    Klinik ko’rinishi. Psoriaz terida monomorf, epidermodermal tugunchalar toshishi bilan xarakterlanadi. Toshmalar, asosan, boshning sochli qismi, qo’l-oyoqlar va tananing yozuvchi sohalarida joylashadi. Tugunchalar aniq chegarali, zich-elastik konsistenstiyali, yassi, pushti-qizg’ish rangli bo’lib, yuzalari kumushsimon-oqish kepaklar bilan qop­lanadi. Kepaklar tugunchaning o’rtasida paydo bo’lib, kattayib engil ko’chadigan bo’ladilar. Tugunchalar o’lchami turlicha bo’lib nuqtadek kattalikda, moshdek, no’xotdek bo’lib atrofiga o’sish evaziga kattalashib, bir-birlari bilan qo’shilib, yirik-yirik pilakchalar hosil qiladi.

    Psoriazning klinik kechishida uch bosqich: progressiv, stastionar va regressiv bosqichlari tafovut etiladi. Progressiv yoki boshlang’ich o’tkirlanish bosqichiga quyidagi klinik ko’rinishi xos: yangi, mayda to’q-qizil rangli tugunchalar hosil bo’lishi, mavjud tugunchalarining atrofiga o’sishi, markaziy qismlaridagina kepaklanishlar kuzatilishi, tugunchalar atrofida – "o’sish halqasi" yanada to’q qizil xoshiyasining bo’lishi va psoriaz uchligi belgisi: stearin dog’i, terminal parda va qon shudringi fenomenlari oson chaqiriladi, Kebner (Kebner) fenomeni, ya’ni tashqi ta’sirotga javoban yangi toshmalar vujudga kelishi xosdir.

    Bulardan tashqari, bu bosqichda ayrim bemorlarda qichishish hissiyoti kuzatiladi. Bu davrda turli stresslar, mikrotravmalar, norastional davo ta’siridan jarayon avjlanib, toshmalar butun teri yuzasini qoplab olishi va psoriatik eritrodermiyasi vujudga kelishi mumkin.

    Psoriazning stastionar bosqichida yangi tugunchalar paydo bo’l­maydi, tugunchalar yirik, atrofidagi o’sish halqachasi yo’q, rangi och-pushti tusda bo’lib, tugunchalar butun yuzasi bo’ylab mo’l kepaklanish kuzatiladi. Tugunchalar yassilangan, atrofida anemik halqa ko’ri­na­di. Psoriaz uchligi to’liq chaqirilmaydi, ya’ni qon shudringi feno­meni kuzatilishi qiyin. Kebner fenomeni ayrim hollarda kuzatil­sa, ayrim hollarda kuzatilmaydi. Qichishish kam bezovta etadi.

    Kasallikning regressiv bosqichida tuguncha yuzasidagi kepaklanish kam, deyarli yo’q, tugunchalar esa markazidan so’rilib, halqasimon ko’rinishga kiradilar (psoriasis anularis) yoki atrofidan so’rilib yo’qoladi va o’rnida depigment halqa ko’rinadi. Kebner va psoriaz uchligi fenomenlari manfiy. Tugunchalar so’rilib bo’lgan sohalarda giper yoki depigmentli yuzalar hosil bo’ladi (leucoderma psoriaticum).

    Kasallikning paydo bo’lishi yoki avj olishi bahor-yoz, kimdadir kuz-qish fasllarida ko’proq kuzatiladi va shunga ko’ra kasallikning yozgi va qishki turlari hamda qishin-yozin pala-partish avjlanuvchi kechsa – psoriazning aralash turi hisoblanadi.

    Ayrim hollarda ekssudativ psoriaz (psoriasis exudativum) kuzatiladi. Bu turda to’q qizil qaloqsimon tugunchalar vujudga kelib, ular yuzasida qat-qat sarg’ish yoki qo’ng’ir-jigarrang kepaklanish kuzatiladi, kepaklar ko’chirilsa kuchsiz namlanish o’chog’i ko’rinadi.

    Kasallikni kam uchrovchi xili – pustulez psoriaz (psoriasis pus­tulosa). Bu xil psoriaz tanada, qo’l-oyoqlarda hamda kaft va tovon sohasi terilarida, odatda psoriaz toshmalari bilan bir qatorda pustulyoz elementlar toshishi, eritrodermiya, harorat ko’tarilishi, et uyushishi, kam quvvatlilik, leykostitoz bilan kechadi.

    Psoriatik eritrodermiya (erythrodermia psoriatica) – psoriazning og’ir asoratlaridan biri hisoblanib, ko’pincha norastional mahalliy davodan so’ng kuzatiladi. Bunda psoriatik jarayon terining hamma qismini egallab olib, kasallik og’ir kechadi, bemor ko’p miqdorda suyuqlik yo’qotadi, harorat ko’tarilib, et uyushadi va kuchli teri qichishishi bezovta etadi. Bu xil bemorlarda yurak va buyrak etishmovchiligi vujudga kelishi xavfi baland bo’ladi.

    Psoriaz bilan og’rigan 10% bemorlarda psoriatik artropatiya (arthropathia psoriatica) vujudga keladi. Asosan qo’l-oyoq panjalarining oraliq bo’g’inlari, umurtqa pog’onasi bo’g’inlari jarohatlanadi. Kasallikning ilk belgilari – bo’g’imlarda klinik o’zgarishlarsiz og’riq kuzatil adi. Keyinchalik kasallik avjlanishi oqibatida bo’g’im­lar shishadi, yuzasidagi teri qizaradi, harakat cheklanadi va og’riqli bo’ladi. Bo’g’imlar borib-borib harakatsizlanib qoladi va bemorlar nogiron bo’lib qoladilar.

    Psoriazda tirnoqlar o’zgarishi ko’p uchraydi (onychia psoriatica), nuqta-nuqta botiqlar (angishvona simptomi), tirnoqlarning qalinlashishi va ularning sinishi kabilar kuzatiladi.

    Tashxisi


    1. Tugunchalar va xarakterli klinik ko’rinishi.

    2. Psoriatik uchlik simptomi

    3. Gistologik tekshirishlar.

    Differenstial tashxisi – Lichen ruber planus;

    – Dermatitis seborrhoica;

    – Rityriasis rubra pilaris;

    – Lichen rosea Gibert;

    – Morbus Reiter;

    – terining zamburug’li kasalliklari;

    – eritrodermiya;

    – Neurodermitis;

    – Syphilis secundaria.

    Poriazning davosi.

    Mahalliy davo:

    – Psoriazni davolashda, ayniqsa mahalliy davolashda kasallikning klinik bosqichini ko’zda tutish kerak va progressiv bosqichda mahal­liy davosiz yoki faqat indiffrerent yoki steroid malhamlar buyuriladi.

    – Vitamin D- 3 saqlovchi Psorcutan (Daivonex) krem, mazi psoriazni davolashda samarali hisoblanmoqda. Jarohatlangan teriga, kuniga 2 marta yupqa surtiladi.

    – Kortikosteroid mazlari (deksametazon, stelestoderm, lorinden, dermoveyt, klobetazol, nerizona, ftorokort). Kasallikka ijobiy ta’sir 2 haftadan so’ng kuzatiladi. Ularni ikki haftadan ziyod surtish mumkin emas, sababi noxush ta’sirlari (asosan betda) kuzatilishi mumkin (teri atrofiyasi yoki buyrak usti bezi atrofiyasi).

    – Ditranol (0.5%, 1%, 2% krem yoki mazlari) tez ta’sir ko’rsatuvchi davo. Maz yoki krem kuniga 1 marta (10 kun mobaynida) yupqa surtib 10, 20, 30 minutdan so’ng yuvib tashlanadi. Shifobaxsh ta’siri, asosan, 15–25 kundan so’ng kuzatiladi.

    – 1–3% salistil kislotasi va 3–20% qora moy (konstentrastiyasi kasallik davriga qarab aniqlanadi) saqlovchi mazlar, kotikosteroid mazlari bilan birgalikda yoki ularsiz, kuniga 1 yoki 2 marta surtiladi. Uzoq muddat foydalanish mumkin.

    – Asalari zaxri saqlovchi mazlar – Ungapiven va Helar (chistotel ekstrakti ham saqlaydi) ular shifobaxsh ta’sirga ega, teri yallig’lanishi mushak va bo’g’imlar og’rig’i bilan kechsa qo’llaniladi. Ular kuniga 2 marta surtiladi, 10–20 minutdan so’ng yuvib tashlanadi. Aso­san, eritropatik psoriazda qo’llaniladi.

    Umumiy davo:

    – sedativ vositalari; tinchlantiruvchi choylar, brom preparatlari, neyroleptiklar;

    – progressiv davrida – antigistamin vositalari;

    – vitaminoterapiya (V12 vitamini folievaya kislota bilan birgalikda. Yozgi turida – nikotin kislotasi, teonikol, trental).

    Og’ir turlarida (tez-tez qaytalashida, 50–80% teri jarohatlanganida):

    – Sintetik retinoidlar (tigazon, neotigazon). Ular kuniga 0,2–1,0 mg/kg vazn hisobida ichiladi. Qabul qilish davomiyligi individual, 1–2 oy va undan uzoqroq, kuniga 2 bor qabul qilinadi, samarasi kuzatilgach, miqdori kamaytiriladi yoki qabul qilish to’xtatiladi.

    – Stitostatik vositalari (metotreksat). Ular, asosan, katta yoshdagi bemorga tayin etiladi. 15 mg dan 1 hafta mobaynida (5 mg dan 3 mahal har 12 soatda). Salbiy ta’siri: jigar kasalligi, tez restidiv berishi qo’zg’atilishini yodda tutish zarur.

    – Immunoterapiya (timostimulin, T-aktivin, natriy nukleinat, leakadin, immunomodulin va boshqalar).

    Bemor immun holati aniqlangach in’ekstiya, tabletka yoki poroshok holida qabul qilinadi.

    – Juda og’ir hollarda immunosupressorlar (Sandimmun) qo’lla­ni­­ladi, yaxshi ta’sir etsada, qaytalashning oldini ololmaydi.

    Fizioterapiya:

    – Uzun va qisqa (UVA va UBN) to’lqinli ultrabinafsha turlari bilan toblash;

    – Fotoximioterapiya, ya’ni fotosensibilizator (psoberan, psoralen, puvalen, lamadin) ichilgandan keyin uzun to’lqinli ultrabinafsha nurlari bilan (PUVA-terapiya) o’tkaziladi.

    QIZIL YaSSI TEMIRATKI

    (LICHEN RUBER PLANUS)

    Qizil yassi temiratki surunkali kasallik bo’lib, teri va ko’rinadigan shilliq pardalarda monomorf papulez toshmalar toshib, kuchli qichishish bilan xarakterlanadi. Ayrim hollarda tugunchalar chegaralangan holda og’iz shilliq pardasi, lab qizil hoshiyasida va jinsiy a’zolarda joylashishi mumkin.

    Kasallik turli yoshda uchrashi mumkin, shilliq pardalar jarohatlanishi ko’proq 40–60 yoshlardagi ayollarda uchraydi.

    Klinikasi. Terida poligonal shaklli, ko’kimtir-qizg’ish rangli, o’lchamlari 0,2–1,0 sm diametrli, yassi, qattiq qichishadigan tugunchalar toshadi. Tugunchalarga chetdan qaraganda, yuzasi mumsimon yaltiroq bo’lib, markazida kindiksimon botiq ko’rinib turadi. Ust qismida bir-biriga perpendikulyar joylashgan chiziqchalar ham aniqlanadi (Uikxem setkasi). Toshmalar qo’shilib, pilakchalar hosil bo’ladi. Ayrim hollarda tugunchalar teridan ancha ko’tarilib turadi.

    Toshmalarning asosiy joylashadigan sohasi: qo’l va oyoq panjalarining yuza qismi, bilakning ichki yuzasi, bilak panja burmasi, tizzaning old yuzasi, og’iz shilliq pardasi: lunj, til, milk, tanglay, lab qizil hoshiyasi va jinsiy a’zolar sohasi hisoblanadi.

    Og’iz shilliq pardasida qizil yassi temiratki turli xil klinik ko’rinishga ega bo’ladi va uning 6 turi tafovut etiladi: tipik, ekssudativ giperemik, eroziv-yarali, bullyoz, giperkeratotik va atipik.

    Tipik turining klinik ko’rinishi – o’lchami 2 mm mayda oqish-qo’ng’ir tusli, yaltiroq tugunchalar holida kuzatilib, tugunchalar bir-biri bilan qo’shilib to’r, chiziq-chiziq, bargsimon shakllarni hosil qiladi. Tilda tugunchalar 1 sm gacha pilakcha ko’rinishida bo’ladi va leykoplakiyani eslatadi. Yuzasidagi qo’ng’ir oqish parda shpatel yordamida qirilsa ko’chmaydi.

    Lab qizil hoshiyasida qo’shilgan tugunchalar ayrim hollarda yulduzsimon shaklga ega bo’ladi. Ko’p hollarda qo’shilib yo’l-yo’l kepaklanuvchi pilakchalar hosil qiladi. Ko’proq yuzani qoplasa bemorlar quruqlash va issiq, dag’al ovqat qabul qilish vaqtida biroz og’riq his etadilar. Lunj shilliq pardasida joylashgan tugunchalar tish ildizlari atrofi, til, milk og’iz tubini jarohatlaydi, ko’proq quyi lab jarohatlanadi.

    Ekssudativ giperemik turi tipik tugunchalar toshishi bilan xarakterlanadi, toshmalar qizarib shishgan shilliq pardalarda joylashadi. Bu turi og’riq bilan kechib, og’riq, asosan, issiq, achchiq, dag’al ovqat qabul qilish vaqtida kuchayadi.

    Og’ir kechib, davolanishi qiyin kechuvchi eroziv-yarali turidir. Bu tur tipik va ekssudativ giperemik turining asorati hisoblanib, o’ta yallig’langan o’choqlarning travmatizastiyasi natijasida vujudga keladi. Bu turida og’iz shilliq pardasida, labda eroziya, kam hollarda yara hosil bo’ladi, ular atrofi giperemiyalangan asosda tipik tugunchalar joylashadi. Eroziyalar noto’g’ri shaklga ega, fibrinoz parda bilan qoplangan, parda ko’chirilsa oson qonaydi. Ular ham mayda va og’riq rivojlanmagan bo’ladi. Ayrim hollarda ko’plab, juda og’ruvchi eroziyalar paydo bo’ladi. Bu xil eroziyalar uzoq muddat, yillab bitmasligi mumkin. Davolash oqibatida eroziyalar bitib, davo to’xtatilgach qayta paydo bo’lishi kuzatiladi.

    Eroziv-yarali qizil yassi temiratkining qandli diabet yoki xafaqon bilan birga uchrashini Grinshpal sindromi deb ataladi. Bunday hollarda qizil yassi temiratkining kechishi qandli diabet yoki xafaqonga bog’liq, qonda qand miqdori va qon bosimi normallashsa toshmalar regressi kuzatiladi.

    Og’iz shilliq pardasida juda kam uchrovchi atrofik turi eroziv-yarali turning davomi hisoblanadi.

    Bullyoz turida tipik tugunchalar bilan bir qatorda igna uchidan to loviya kattaligigacha boruvchi pufakchalar kuzatiladi, pufakchalar tomi tarang va qalin bo’ladi. Og’iz shilliq pardasidagi pufakchalar bir necha soatdan 2–3 kungacha saqlanadi. Ulardan hosil bo’lgan eroziyalar tezda bitadi va bu belgi bullyoz turini eroziv-yarali turdan farq qildiradi.

    Qizil yassi temiratkining atipik turi, asosan, yuqori lab shilliq pardasi va u bilan tegib turadigan yuqori jag’ milklarida uchraydi. Yuqori labning markaziy qismida aniq chegarali, giperemiya o’choqlari kuzatiladi, o’choqlar simmetrik. Bu o’choqlar atrofi shilliq pardasidan yallig’langan infiltrat va shish hisobiga ko’tarilib turadi, ular yuzasida biroz xiralashgan epiteliy oqish pardaga o’xshab ko’rinadi, u shpatel yordamida qirilsa ko’chmaydi. Ko’pincha o’choqlar yuzasida so’lak bezlari chiqaruv naychalarining uchi kengaygan holatda bo’ladi (ikkilamchi glandulyar xeylit), yuqori lab shishi kuzatiladi. Ko’pchilik bemorlarda yuqori milklar so’rg’ichlari qalinlashgan, bir­oz shishgan, giperemiyalangan bo’lib, engil ta’sirotdan qonaydi, shpatel bilan engil ishqalansa eroziya kuzatiladi. So’rg’ichlar yuzasida nozik, oqish to’r ko’rinadi. Bemorlar og’riq va achishishdan shikoyat etadilar, ayniqsa issiq, o’tkir ovqat qabul qilish vaqtida og’riq kuchayadi.

    Yuqorida ko’rib chiqilgan qizil yassi temiratki turlari bir-biriga aylanishi mumkin. Qizil yassi temiratki og’iz shilliq pardasida uzoq yillar saqlanishi mumkin, bunga somatik hamda tish kasalliklari sabab bo’lishi mumkin.



    Etio-patogenezi. Og’iz shilliq pardasida qizil yassi temiratki paydo bo’lishi, uzoq kechishi, davoga chidamliligi ma’lum darajada bemorda surunkali kasalliklarning borligiga, natijada organizm himoya vazifasining susayishiga olib keladi. Bu borada birinchi nav­batda oshqozon-ichak tizimi kasalliklari, jigar, oshqozon osti bezi holati ahamiyatga ega. Ayrim kishilarda kasallik bevosita tomir (xafaqon) va endokrin (qandli diabet) patologiyalari bilan bog’liq. Ma’lum darajada og’iz shilliq pardasining tish patologiyasi tufayli travmatizastiyaga uchrashi sabab bo’ladi. Turli xil metallardan tayyorlangan qoplama tishlar so’lak tarkibiga jiddiy ta’sir etadi, so’lak tarkibida metall zarrachalari kuzatilib, galvanik toklar hosil bo’ladi.
    Metallar (yun. metalleuo - qaziyman, yerdan qazib olaman) - oddiy sharoitda yuqori elektr oʻtkazuvchanligi, issiq oʻtkazuvchanligi, elektr oʻtkazuvchanligi, elektr magnit toʻlqinlarini yaxshi qaytarishi, plastikligi kabi oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan oddiy moddalar. M.
    Bu holat sabab fermentlar ajralishi sekinlashadi, bu ham kasallik kelib chiqishida ma’lum ahamiyatga ega.

    Tashxis. Qizil yassi temiratkining tipik xillarda, ayniqsa terida toshma bo’lsa tashxis qiyinchilik tug’dirmaydi. Agar toshma faqat og’iz shilliq pardasida joylashsa tashxis qo’yish biroz qiyinroq bo’ladi.

    Og’iz shilliq pardasidagi qizil yassi temiratki klinik ko’ri­ni­shi leykoplakiya, qizil yugirik, zaxm tugunchalari ko’rinishiga o’xshab ketadi.

    Leykoplakiyada qizil yassi temiratkidan farqli o’laroq qo’ng’ir tusli, sidirg’a pilakchali mug’uzlanish kuzatilib, o’choqda rasmiga o’xshashlik yo’q.

    Qizil yugirikda o’choq giperemiyalangan, infiltrastiyalangan, o’choq yuzalarida mayda nuqta misoli giperkeratoz kuzatiladi, o’choq markazida atrofiya bo’ladi va bu xil o’zgarishlar qizil yassi temiratkiga xos emas.

    Zaxm tugunchalari odatda yirik, dumaloq suyri shaklli, yuzalari qo’ng’ir oqish tusli parda bilan qoplangan, qirilsa ko’chadi va tuguncha yuzasidan rangsiz treponema aniqlanadi. Bu xil bemorlar qon zardobida RW musbat bo’ladi.

    Eroziv-yarali qizil yassi temiratkini oddiy po’rsildoq yarasi bilan qiyoslaganda po’rsildoq yara eroziyalari atrofida tipik tugunchalar bo’lmaydi, ammo eroziya atrofidagi tiklanayotgan epiteliy oqish-perlamutr rangida bo’lib, qizil yassi temiratki tugunchalarning qo’shilganiga o’xshaydi. Bunday hollarda bosma-surtma tahlili o’tkazish kerak. Po’rsildoq yarada akantolitik hujayra aniqlanadi.

    Leykoplakiyaning eroziv turida eroziya atrofidagi mug’uzlanish o’choqlari rasmi yo’q bo’ladi va sidirg’a pilakcha holida kuzatiladi, atrof shilliq pardasidan ma’lum darajada ko’tarilib turadi.

    Ko’p xilli ekssudativ eritmada shilliq pardada rivojlangan gipe­remiya, shish kuzatiladi, ular yuzasida esa pufak va noto’g’ri shaklli eroziya, fibroz parda bilan qoplangan bo’lib, kuchli og’riq bezovta qiladi. Eroziya atrofida tugunchalar bo’lmaydi. Jarohat 4–6 haftada bitadi.



    Prognoz. Kasallik xushfe’l kechadi, ammo uzoq davom etadi. Ayniqsa, eroziv-yarali turi og’ir va uzoq kechib, bemorlar ovqatlanishi, hatto gapirishi og’riqli va qiyin bo’ladi.

    Davosi. Patogenetik davo tayin etish uchun bemorlar diqqat bilan tekshirilishi shart.

    Birinchi navbatda oshqozon ichak tizimi tekshiriladi, qonda qand miqdori aniqlanadi, qon bosimi aniqlanadi, bemorning asab-psixik statusi (holati) tekshiriladi. Og’iz shilliq pardasida joylashgan qizil yassi temiratki kuzatilsa hamma bemorlar og’iz bo’shlig’i sanastiya qilinadi: har xil metall qoplamalari olib tashlanadi va rastional protezlash ahamiyati katta, u medikamentoz davo bilan birga olib boriladi. Bu bemorlarga issiq, dag’al ovqat qabul etish man etiladi, ekssudativ-giperemik va eroziv-yarali turida o’tkir va shirin ovqatlar man etiladi.

    Kasallikning barcha turida sedativ terapiya, tipik ekssudativ giperemiya turida retinol-astetat, "A" vitamini konstentrati (10 tomchidan 3 mahal kuniga, 2 oy davomida, 2 oy tanaffus bilan), uzoq vaqt "V" guruhi vitaminlari qabul etish, ayniqsa nikotin kislotasi tayin etiladi.

    Eroziv-yarali va bullyoz turida prednizolon 20–25 mg kuniga (triamstinolon 16–20 mg, deksametazon 3–3,5 mg), xingamin 0,25 g dan 1–2 marta kuniga, 4–6 hafta davomida, nikotin kislota (0,05 g kuniga 3 mahal ovqatdan so’ng) yoki teonikol 1 tab x 3 mahal yoki m/o 1–1,5 oy davomida). Prednizolon miqdori 7–10 kunda 5 mg dan kamaytirib beriladi.

    Chegaralangan eroziv-yarali turida o’choqqa gidrokortizon suspenziyasi yoki prednizolon tayinlanadi. In’ekstiya 3 kunda 1 marta 1–1,5 ml. Har bir eroziyaga bosqichda 8–12 in’ekstiya. Bunday bosqich davo har 3–4 oyda qaytarilib turadi.

    Uzoq bitmovchi yakka eroziyalar bo’lsa, jarrohlik usulida kesib tashlash yoki kriodesstrukstiya yaxshi natija beradi. Gormonal mal­ham­lardan surtish o’tkir yallig’lanishni kamaytirib, eroziyalarni bitkazadi.



    ANALITIK KISM

    Ushbu mashgulotda kullaniladigan yangi pedogogik texnologiyalar

    «Aylana stol» usulini kullash.

    Barcha psoriaz yoki kizil yassi temiratki kasalliklari belgilarini yozib chiqish uchun bir varak kogozi aylana buylab utkaziladi. Xar bir talaba uz variantlarini yozib chikadi. Sungra muxokama utkazilib, notugri javoblar uchiriladi va tugri javoblar mikdori bo’yicha talabalar bilimi baxolanadi.

    «Galereya bo’yicha sayoxat» usulini kullash.

    Talabalar juftliklarga bulinishadi. 10 dakika davomida bir juftlik psoriazni, boshkasi kizil yassi temiratkini, uchinchisi esa pufakli dermatozlarni yozib chikadi. Sungra ular uz variantlari bilan almashib, bir-birlarini javoblarini baxolashadi, uz tuzatishlarini kiritishadi.

    Vaziyatli masalalar: (ilova 1)

    AMALIY BULIM

    Anamnez yigish, teri patologik jarayonini tavsiflash, davo tayinlash(antigistamin, desensibilizastiyalovchi vositalar, infuzion terapiya, vitaminoterapiya, maxalliy davo – primochkalar, pasta, malxamlar, kremlar) bo’yicha vazifalarni bajarish.



    PSORIAZDA AUSPIЦ TRIADASINI ANIKLASh

    Maqsad: psoriazda ketma-ket keluvchi birlamchi elemaentdagi 3 uzgarishni aniklash.

    Zarur : buyum oynasi

    Bajariladigan boskichlar (darajalar):

    Boskich №


    Tadbir

    Bajarilmadi (0 ballov)

    Tulik va tugri bajarildi

    1.

    Toshma elementini kirish buyum oynasi bilan utkaziladi

    0

    5

    2.

    toshma aniklanadi

    0

    10

    3

    Kirish boshlanganda kepaklanish kuchayib, kepaklar ok-kumush rangni eslatadi(kirilgan stearin tomchisi yoki stearin dogi fenomeni)




    25

    4.

    Kirish davom ettirilganda barcha kepaklar tukilib, donador kavatgacha etib boriladi va pushti nam plenka belgisi kurinadi (terminal yoki psoriatik plenka fenomen)

    0

    30

    5.

    Kirish yana davom ettirilsa ( surgichsimon kavatgacha) plenka yuzasida mayda kon tomchilari kurinadi(konli shudring fenomeni)

    0

    30



    Ja’mi


    0

    100

    Download 1,19 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   171




    Download 1,19 Mb.