• . Mashg’ulot tarkibi. NAZARIY KISM
  • Fanlarichi va fanlararo bogliklik




    Download 1.19 Mb.
    bet23/171
    Sana24.03.2017
    Hajmi1.19 Mb.
    #1984
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   171
    Fanlarichi va fanlararo bogliklik:

    Ushbu mavzu bo’yicha O’kitish talabalarning dermatit, toksikodermiya, ekzema va neyrodermatoz kasalliklari kabi dermatozlarni umumiy simptomatikasi va patomorfologiyasi, anatomiya, gistologiya, normal va patologik fiziologiya bo’yicha bilimlarga, xamda turli dori vositalarini kasalliklar davosida kullay bilishga asoslanadi. Talabalar tomonidan amaliy mashg’ulot vaktida olingan bilimlar keyinchalik turli terapevtik va xirurgik klinik yunalishlarda kullaniladi.



    . Mashg’ulot tarkibi.

    NAZARIY KISM

    Dermatit – terining yallig’lanishi. Dermatitlar xillaridan oddiy kontakt dermatit, allergik dermatit va tokisikodermiya ajratiladi Oddiy kontakt dermatit tashqi muhit ta’sirotlari natijasida paydo bo’ladi va bu ta’sir to’xtashi bilan, teridagi yallig’lanish belgilari, davosiz ham, vaqt o’tgach yaxshi bo’lib ketadi.

    Dermatitni keltirib chiqaruvchi omillar tabiatga ko’ra mexanik (qisilish, qattiq bosim), fizik (yuqori va past temperatura, quyosh, radioaktiv va rentgen nurlari), kimyoviy (kislota, ishqor, tuzlar) va biologik (krapiva, meduza, hasharotlar chaqqanda) turlarga bo’linadi va ular ko’proq shartsiz ta’sirotlarga kiradilar.

    Bu ta’sirotlar (kislota, ishqor va boshqa) teriga tekkan joyida vaqt o’tmasdan yallig’lanish belgilarini vujudga keltiradi. Misol qilib, terini issiq dazmol bilan kuyishini keltirsak bo’ladi va bunda teridagi o’zgarishlar chuqurligi faqat bu ta’sirning (temperatura) kuchiga va qancha uzoq davom etgani bilan bog’liq bo’ladi.

    Shartsiz ta’sirotlar natijasida ro’y bergan terining yallig’lanishi oddiy kontakt dermatit yoki artifistial (sun’iy) dermatit deyiladi.

    Allergik dermatit esa ayrim, faqat qandaydir fakultativ, shartli omillardan biriga (ayrim o’simliklar, dori-darmon, parfyu-mer mahsulotlari va boshqa) terisini giperergik sezuvchanligi bor (monovalent sezgirlik) insonlarda, faqatgina shu allergen ta’siri natijasida kuzatiladi. Allergen teriga ta’sir qilgan vaqtdan orada muayyan inkubastion davr o’tgach (birinchi kasallanish bo’lsa, allergen takror ta’sir qilganidan so’ng), xuddi allergen tushgan joyida, ko’proq tananing ochiq joylarida, yallig’lanish belgilari paydo bo’ladi. Bemordagi allergik kontakt dermatit sababi bo’lgan allergen bartaraf qilinsa, dermatit tez o’tib ketadi. Vaqt o’tib, allergen takror ta’sir qilsa, yallig’lanish belgilari birinchidan simmetrik qismlarda paydo bo’ladi, keyinchalik tananing boshqa, uzoq qismlarida ham paydo bo’lishi mumkin. Ammo eng achinarlisi, bitta moddaga bo’lgan o’ta sezuvchanlik (monovalent sezuvchanlik) vaqtida davolanmasa, takror qaytarilgan (allergen) ta’sirlar oqibatida, asta-sekin boshqa allergenlarga sezuvchanligi ham oshib, polivalent sezuvchanlikka, ya’ni ekzema rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

    Allergen organizmga og’iz, to’g’ri ichak, nafas yoki parenteral (inekstiya) yo’l orqali tushib, idiosinkraziya yoki orttirilgan sezuvchanlik oqibatida, terida va ichki a’zolarda yallig’lanish jarayonini keltirishi toksikodermiya deyiladi. Bunda bemorning ahvoli og’ir ke-chib, klinik manzara juda boy, terida boshidan simmetrik joylash-gan, tarqoq, o’tkir yallig’langan toshmalar va ichki a’zolarning jaro-hat-langani aniqlanadi.

    ODDIY KONTAKT DERMATIT KLINIKASI

    Odatda oddiy kontakt dermatitga uchragan bemor terida paydo bo’lgan toshmalar sababini (shartsiz ta’sirotni) aniq ko’rsatib beradi va ko’pincha yallig’lanish o’chog’ida achish, og’riq, kamroq qichishishga shikoyat qiladi.

    Shartsiz ta’sirotni kuchli va qisqa vaqtli ta’sir oqibatida vujudga keladigan teri yallig’lanishini o’tkir oddiy kontakt dermatit (kuyish) va uzoq vaqt qaytalama kuchsiz ta’sir oqibatidagi teri yallig’lanishi xronik oddiy kontakt dermatit (uzoq vaqt mexanik ishqalanish oqibatida qaloq paydo bo’lishi) deyiladi.

    Ko’rilganda, bemor terisida faqatgina tashqi omil ta’sir qilgan joyida, omilning shakli va kattaligiga teng, aniq chegarali o’tkir yallig’langan dog’ kuzatiladi (eritematoz davr). Qizargan teri shishadi va infiltrastiyalashadi, ustida bir yoki bir necha seroz yoki gemorragik suyuqli pufak va pufakchalar paydo bo’lishi mumkin (bullez davri). Tashqi omilning tanaga bo’lgan ta’siri juda kuchli bo’lsa teri nekrozi ham uchrashi mumkin (nekrotik davr).

    Oddiy kontakt dermatitni keltirgan tashqi ta’sirni bartaraf qilsa, yallig’lanish ancha tez kamayib yo’qoladi. Bemor davolanmasa, pufaklar vaqt o’tib quriydi yoki ko’proq yoriladi va o’rnida paydo bo’lgan eroziyalarga ikkilamchi infekstiya qo’shilishi mumkin. Natijada yiringli ajratmalar paydo bo’lib, bemorda piodermiyalik asoratlar rivojlanib ketishi mumkin.

    Differenstial tashxisi

    1.Dermatitis allergica.

    2.Impetigo bullosa.

    3.Pemphigus vulgaris.

    2-jadval

    Oddiy va allergik kontaktli dermatitlarning qiyosiy tashxisi

    Oddiy kontaktli

    dermatit Allergik kontaktli dermatit

    Toshmalar o’tkir Eritema-pufak-eroziya-qaloq-kepaklanish. Eritema-papula-vezikula-eroziya-qaloq-kepaklanish.

    Surunkali Papula, pilakcha, yoriq, kepaklanish, qaloqlar. Papula, pilakcha, kepaklanish, qaloqlar.

    Jarohatlar

    O’tkir o’chog’i. Aniq chegarali, ta’sirot ta’sir etgan sohadagina joylashadi. Aniq chegarali, al-lergen ta’sir etgan sohadan boshlanadi,

    atrof terisiga ham toshadi, diffuz jarohatlanishi ham mumkin.

    Surunkali Chegarasi uncha aniq emas. Chegarasi deyarli aniq emas, tarqoqlikka moyil.

    Kasallikning o’tkir rivojlanishi Tez (ta’sirotdan qisqa vaqt o’tgach). Juda ham tez emas (ta’sirotdan 12–-74 soat o’tgach). Surunkali Doimiy ta’sir etishi (oylar, yillar davomida). Oylar, yillar mobaynida, allergenning har bir ta’-siridan so’ng avj-lanish kuzatiladi.

    Ta’sirot (allergen) Kasallikning og’irligi ta’sirot kuchiga bog’liq Allergen kuchiga emas, sensibilizastiyaga bog’liq.

    Sensibilizastiya Ahamiyati yo’q. Kasallik hammada kuzatilishi mumkin. Kasallik sensibilizastiyasi bor bemorlardagina kuzatiladi.

    Ta’sirot ta’siri yo’qotilsa Qisqa vaqtda tuzaladi. Bir muncha davom etadi. Sub’ektiv Achishish, og’riq Qichishish

    Keng tarqalgan kontaktli allergenlar:

    Neomistin – Krem va mazlar tarkibida uchraydi.

    Parafenilendiamin – Matolarni bo’yashda va tipografiyada qo’llanuvchi qora yoki boshqa rangli bo’yoqlarda.

    Sulfonilamidlar – Krem va mazlarda.

    Prokain, benzokain – Mahalliy anastetiklar.

    Simob – Mahalliy qo’llaniluvchi dori vositalari, dezinfekstiyalovchi vositalar.

    Skipidar – Erituvchilar, poyafzal kremlari, tipografiya bo’yoqlari.

    Kobalt sulfati – Stement, galvanizastiya uchun eritmalar mashina moylari, muzlatkichlarda qo’llaniluvchi agentlar, kobok bo’yoqlari.

    Tiuram – Rezina mahsulotlarida.

    Formaldegid – Mahalliy qo’llaniluvchi dorilar, dezinfekstiyalovchi vositalar, polimerlar.

    Xromatlar – Stement, antioksidantlar, mashina moylari, gugurt.

    Paraoksibenzoy

    kislotasi efirlari – Oziq-ovqat konservalari.

    Oddiy kontakt dermatitning davosi.

    1. Sababini bartaraf qilish.

    2. Eritematoz davrida – indifferent upa, dezinfekstiyalovchi suyuqliklar yoki malhamlar

    3. Bullyoz davrida – pufakni tomini ochib, sovuq ho’l bog’lamlar va kortikosteroid malhamlar ishlatiladi.

    Surunkali dermatitga xos teri infiltrastiyasi oqibatidagi dag’allanishini 10% dermatol, ixtiol malhamlari bilan davolanadi.

    ALLERGIK DERMATITLAR KLINIKASI

    Allergik kontakt dermatitning klinik belgilari ham teriga shart-li omillar ta’sir qilgan joyida eritematoz dog’, infiltrastiya va ustida pufak va pufakchalar vujudga kelishi bilan xarakterlanadi. Lekin, allergen ta’siridan keyin inkubastion davr o’tishi bilan, terining shikastlangan joyida paydo bo’lgan qizil rangli yallig’langan dog’ chegarasi noaniq bo’lib, ustida seroz bo’shliqli toshmalardan ko’proq pufakchalar aniqlanadi. Keyinchalik qaytalama allergen ta’siri oqibatida, yallig’lanish oldin terining simmetrik qismlariga, keyin boshqa qismlarga ham tarqalishi mumkin. Bemor shikoyatida qichish va terining achishi birinchi o’ringa chiqadi. Allergen ta’siri to’xtatilsa, allergodermatit tez yo’qoladi. Davolanmasa allergik dermatitga xos monovalent sensibilizastiya polivalent sensibilizastiyaga o’tib, bemorda ekzema rivojlanadi.

    Differenstial tashxisi

    1.Dermatitis acuta.

    2.Exzema.

    3.Toxicodermia.

    Allergodermatitning davosi:

    1. Allergenni aniqlab bartaraf qilish.

    2. Desensibilizastiyalovchi va antigistamin preparatlari.

    3. Ho’l bog’lamlar, kortikosteroid malhamlar.

    TOKSIKODERMIYa KLINIKASI

    Toksikodermiya vujudga kelishi oziq-ovqat mahsulotlari va ke-yin-gi yillar ko’proq dori-darmonlar bilan bog’lanib qoldi. Dori-darmonlarni, asosan, antibiotik va sulfanilamidlarni bo’lsa-bo’lmasa davolash amaliyotida, ularni bir-biriga bo’lgan munosabatini, terapevtik miqdorini va ta’sirchanligini e’tiborga olmasdan (mahalliy ishlatish – allergodermatitni) parenteral ishlatish – medikamentoz toksikodermiyaning asosiy sababidir. Toksikodermiya turli boy klinik belgilarga ega bo’lib, chegaralangan (fiksastiyalangan sulfanilamid eritema) yoki ko’proq tarqalgan shaklda teri va shilliq pardalarda uchraydi. Bu kasalliklar farmastevtik va tibbiyot xizmatchilarida ham uchrab turadi va kasbga oid dermatit yoki toksikodermiyalar guruhiga kiradi. Toksikodermiyaning klinikasi har xil kattalikda, shaklda bo’lgan ko’proq eritema, tuguncha, pufakcha va bo’rtma toshmalari bilan ifodalanishi mumkin va ko’pincha qattiq qichish va achish bilan kechadi. Vaqtida allergenni topib, uni bartaraf qilib, kasallik to’g’ri davolanmasa toshmalar ko’payib, tarqalib, eritrodermiya, eksfoliativ dermatit, Layell sindromi, Stivensen-Djonson sindromi yoki anafilaktik shok klinikasi vujudga kelib, bemor ahvoli juda og’irlashib, hatto o’limga olib kelishi mumkin.

    Differenstial tashxisi

    1. Eritema exudativum multiforme.

    2. Exzema.

    3. Pemphigus.

    4. Eritema nodosum.

    Davolash prinstiplari:

    1. Dori-darmonlarni qabul qilishni to’xtatish.

    2. Allergenni bartaraf qilish va ko’p suyuqlik qabul qilish.

    3. Dezintoksikastion, antigistamin va desensibilizastiyalovchi terapiya.

    4. Mahalliy kortikosteroid malhamlari.

    5. Juda og’ir kechganda kortikosteroid preparatlari ichiladi.

    6. Parhez

    EKZEMA ( GO’Sh)

    Ekzema – terining nevroallergik, kuchli qichish bilan kechadigan, chin polimorfizm bilan va asosiy toshmasi o’tkir yallig’langan terida, mayda-mayda pufakchalar (qaynab turgan suvni eslatadi) bilan kechadigan qaytalama surunkali kasallik.

    Etiologiya va patogenezi. Ekzemaning kelib chiqishida asab siste-masidagi o’zgarishlar, himoya kuchlar susayishi, gipovitaminoz, auto-intoksikastiya o’rni baland bo’lib, asosan, ekzogen va endogen aller-gen-larga qarshi polivalent sensibilizastiyaning rivojlanishi bo’ladi.

    Klinikasi. Klinik kechishiga ko’ra ekzema o’tkir, o’rtacha o’tkir va surunkali ekzema; patogenetik xususiyati, klinik ko’rinishi va etiologik omillariga ko’ra – chin, mikrobli, seboreyalik, professional va bolalar ekemasi turlariga bo’linadi

    ChIN EKZEMA (EXEMA ACUTUM)

    Chin ekzema, o’tkir ekzema birdaniga boshlanib, terining qattiq qichishi va o’tkir yallig’lanish belgilari bo’lmish terining qizarishi, shishishi va ko’plab pufakchalar paydo bo’lish bilan kechadi. Pufakchalar tezda yorilib, terida mayda tomchili namlanish boshlanadi (seroz quduqchalar yoki ekzematoz quduqchalar) va yallig’langan o’choq atrofida mayda tugunchalar, yiringchalar ham bo’lishi kuzatiladi va, asosan, qo’l, oyoq terisi va badanning boshqa joylarida simmetrik joylashgan, noaniq chegarali o’tkir yallig’langan o’choqlar ko’rinib turadi. Bemor qattiq qichishishdan tashqari, ba’zan achishish va qizib ketgandek bo’lib tuyulishiga shikoyat qiladi. Klinik kechishida birlamchi va ikkilamchi toshmalar turli bo’lib, o’zgarib turishi mumkin va bemorda chin va soxta polimorfizm holati aniqlanadi (Kreybix uchburchagi). Ayrim bemorlarda kasallik klinik ko’rinishida morfologik elementlarning qay biri ko’p uchrashiga qarab, shartli ravishda ho’l, papulez, vezikulez, pustulez va skvamoz xillari farq qilinadi.

    Yuqorida keltirgan o’tkir ekzemaga xos klinik ko’rinishi davolash natijasida, kamroq o’z-o’zidan o’zgarib, yallig’lanish jarayoni pasayadi va o’rta o’tkir ekzemaga xos klinik ko’rgazma vujudga keladi. Bu bemorning terisida namlanish yo’q, yangi pufakchalar va tugunchalar toshishining kamayib to’xtashi va kam miqdorda qizargan va shishgan terida ikkilamchi toshmalar bo’lishi kuzatiladi va bemor qichishishning kamayganiga e’tibor qiladi.

    Keyinchalik, ko’pincha qo’shimcha etiologik omillarning ta’siri bo’lmasa va bemorning ichki a’zolari funkstional jarohatlanmasa, terida surunkali ekzemaga xos yallig’lanish infiltrastiyasi rivojlanib, chegaralangan o’choq zichlashib qalinlashadi va lixenifikastiya ko’rinishida bo’ladi.

    Ekzema har doim bir xil kechavermaydi, ba’zan birdaniga o’t-kir-lashib, yangi ko’p miqdorda xilma-xil toshmalar, ko’pincha pufakchalar toshib o’tkir ekzemaning klinik ko’rinishi vujudga keladi. Aniqlansa, bu restidiv ko’proq bemorning o’zi parhezining buzganligi, dori-darmon qabuli yoki asab sistema va boshqa ichki a’zolar muammolari bilan bog’liq bo’ladi.

    MIKROBLI EKZEMA (PARATRAVMATIK, VARIKOZ, NUMMULYaR)

    Mikrobli ekzemada yuqorida keltirilgan chin ekzemaga xos toshmalar bo’lishi ham mumkin, ammo ko’proq yiringchalar ko’zga tashlanib, teridagi yallig’langan o’choqlar chegarasi aniq bo’lib, assimetrik joylashadi.

    Mikrobli ekzema ko’proq yiringli (zamburug’) kasallik bilan uzoq vaqt hastalangan bemorda, sensibilizastiya rivojlanishi oqibatida, ikkilamchi kasallik bo’lib paydo bo’ladi va nummulyar, paratravmatik va varikoz turlarga bo’linadi.

    KASBGA ALOQADOR (PROFESSIONAL) EKZEMA

    Kasbga aloqador ekzema, asosan, tana terisining ochiq qismlarida joylashadi va kasallikning boshlanishiga, avj olib, qaytarilib turishiga bemorning ish joyidagi ishlab chiqarishdagi allergen-larning uzoq ta’siri oqibatida, sensibilizastiya rivojlanishi sabab bo’ladi.

    Bemorda oldin monomorf, keyinchalik polimorf sensibilizastiya aniqlanishi mumkin.

    Professional ekzema va dermatitlar klinik kechishi, yuqorida keltirilgan dermatit va ekzemalardan deyarli farq qilmaydi. Faqat boshlanish davrlarida professoinal ekzema engilroq davolanadi va ko’proq tananing ochiq qismlarini jarohatlab, chegaralangan bo’lib, ekzematoz quduqchalar bilan namlanish juda kam bo’lishi mumkin.

    Professional kasallanish korxonaning javobgarligi bilan bog’liq bo’lgani uchun, professional kasallikni aniqlab, yakuniy diagnoz qo’yish uchun, shifokor bemorga tibbiy yordam berib, uni mutaxassislashtirilgan tashkilotga yuborishi zarur. O’zbekistonda bu Sanitariya, Gigiena va Professional Kasalliklar Ilmiy Tekshirish Instituti Klinikasi Kasallik ishga chiqqanda rivojlanib qaytarilishiga, yaqin-uzoq-qa komandirovka va ta’tilga ketganda tuzalganiga, bo’lgan bemorni ko’rsatuvi, professional omillarning o’rni borligini o’ylashga va keyinchalik, bemor terisida o’tkaziladigan sinab ko’ruvchi test orqali allergenni aniqlash diagnoz qo’yish uchun asos bo’ladi.

    SEBOREYaLI EKZEMA (EXEMA SEBORRHOICUM)

    Seboreyali ekzema – ko’proq boshning sochli qismi, quloq atrofi, yuz, qo’ltiq osti, ko’krak va boshqa yog’ ajrab turuvchi bezlarni ko’p joylashgan teri qismlarida rivojlanadi. Atrofdagilarni e’tiborini o’ziga jalb qiluvchi, bemorning terisini yaltirab turishi, ko’zga tashlanadi. Klinik ko’rinishida sarg’ish, yog’li, chegaralari aniq ajralib turadigan va bir-biriga qo’shilib ketadigan dog’lar, tugunchalar va po’stloqchalar bo’ladi. Kasallik jinsiy uyg’onish davridan boshlanib, bemorni qattiq qichishish bezovta qiladi. Seboreyali ekzemaning klinik kechishida pufakchalar va namlanish bo’lmaydi.

    Ekzematoz terining gistopatologiyasi. Epidermisda spongioz, parakeratoz, akantoz va dermada limfostitar va gistiostitar infiltrat kuzatiladi.

    Differenstial tashxisi

    1. Dermatitis allergica.

    2. Psoriasis exsudativa.

    3. Pemphigus.

    4. Toxicodermia.

    5. Eritema exudativum et multiforme.

    BOLALAR EKZEMASI

    Bolalar ekzemasi ko’proq ekksudativ diatezga mos o’zgarishlar bilan boshlanib, asosan, yosh onalar o’zi parhezni buzib, bolaning emizishi, keyin bolani qo’shimcha ovqatlantirishdagi hatolari bu kasallikni rivojlantiradi va qo’zg’aydi. Yaqin qarindoshlarda, ota-ona yoki ularning ikkitasida ham turli allergik kasalliklar bo’lgan bo’lsa, bolaning parhezidagi xatolari ekzemaning rivojlanishiga tezda olib keladi.

    Bolada oldin monovalent sensibilizastiya, keyinchalik turli xil surunkali infekstiya o’choqlari, me’da-ichak kasalliklari va ularga qar-shi olib borilgan to’g’ri-noto’g’ri davolar, organizmning immunobiolo-gik kuchlarini pasaytirib polivalent sensibilizastiya rivojlanishiga olib keladi. Kasallik birinchidan bolaning hayot sifatini buzib, uning tengdoshlarga qaraganda aqliy va jismoniy zaiflikka keltiradi.

    Kasallikning klinik kechishida esa, yuqorida ko’rsatgan kattalarning ekzemasiga xos turli toshmalar bo’lib, bolada chin, mikrobli va seboreyali ekzemaning belgilari namoyon bo’lishi mumkin. Bolalarda tezda ikkilamchi infekstiya rivojlanib, limfatik tugunlar kattalashadi va keyinchalik klinik ko’rinishi diffuz neyrodermitga (atopik dermatit) aylanishi mumkin.

    Davosi.

    1. Kasallikni yuzaga keltiruvchi allergenlarni bartaraf qilish.

    2. Allergensiz, kam tuzlik va kam suyuqlik parhez.

    3. Yallig’lanishga qarshi davo (antigistamin va desensibilizastiyalovchi preparatlar)

    4. Trankvilizator va sedativ preparatlar.

    5. Ichki a’zolardagi kasalliklarni aniqlab, ularni davolash.

    6. Qisqa vaqtga kortikosteroid preparatlari.

    7. Mahalliy davo har bir bemordagi kasallikning turi va klinik kechishiga qarab, uni individual sezgirligini inobatga olib, mahalliy davolash qoidalar asosida beriladi

    ANAFILAKTIK ShOK

    Anafilaktik shok – bu allergik reakstiyaning sistem namoyon bo’lishi bo’lib, IgE-antitanachalar va immun mediatorlarning ajralishi bilan kechib, hayot uchun zarur to’qima va a’zolarning zararlanishiga olib keladi.

    Etiologiyasi. Anafilaktik shokning (ASh) asosiy sababi yuqo-ri sensibilizastiyalangan organizmning spestifik antigenlar va allergenlar bilan kontaktidir.

    Asosiy sabablar bu dori vositalar (antibiotiklar, sulfanilamidlar, analgetiklar, vitaminlar va boshqalar), ayrim oziq mahsulotlari va kimyoviy moddalar; hasharotlar chaqishi (ayniqsa ari); allergenlar bilan diagnostik va davolash muolajalari. Ko’p holatlarda dori-darmonlarga bo’lgan yuqori sezgirlik natijasida bemorda Layell sindromi yoki Stivens-Djonson sindromiga xos og’ir toshma-lar ham vujudga kelishi mumkin.

    Patogenezi. AShning asosi bu tezkor tipdagi allergik reakstiya bo’lib, yuqori sensibilizastiyalangan organizmda shakllanadi.

    Shuning uchun shok reakstiyaga moyillik sensibilizastiya davrida shakllanadi va o’sha davrda IgE turidagi reagin antitana hosil bo’ladi. Ular o’zining Fc-fragmentlari bilan bazofil va semiz hujayralariga birikib ulardan tezkor turdagi mediatorlari bor granulalarning ajralishiga olib keladi.

    Klinikasi. AShda turli a’zo va to’qimalarning shikastlanishi kuzatiladi. AShning asosiy klinik turlari quyidagicha namoyon bo’ladi:

     kollaps xush yo’qotish bilan (shokni og’ir kechishida), arterial gipotenziyaning turli darajalari va garang bo’lish (engilroq kechishda);

     nafasning tez yomonlalashishida (asfiksiya) hiqildoqning shishi yoki bronxospazm natijasida qorinda og’riq, eshakem, teri qichishi.

    Shok nisbatan engil, o’rta og’ir va og’ir darajalarda bo’lishi mumkin. Engil darajada qisqa prodromal davr bo’lib, bir necha minutdan bir soatgacha bo’lishi mumkin. Bu allergik reakstiyaning turli belgilari: teri qichishi, eshakem turidagi toshmalar, eritematoz, petexial va papulyoz elementlar, teri giperemiyasi, qizish hissi, spastik yo’tal, bosh aylanishi, ko’ngil aynishi, nafas olish qiyinla-shi-shi. Ayrimlarida yuz terisi giperemiyasi, lablar stianozi, depressiya kuzatiladi.

    O’rta og’ir kechishida shokdan oldin holsizlik, qo’rquv, yuz gipere-miyasi, qizish hissi, turli lokalizastiyadagi og’riqlar, toshmalar, yo’-tal, qusish, keyin tezda xush yo’qotish bo’ladi. Peshonada sovuq yopish-qoq ter hosil bo’ladi, ayrimlarida og’izga ko’pik keladi. Qora-chiqlar kengayib yorug’likka reakstiya bermaydi. Beixtiyor defekastiya va siyish, bachadonning spastik qisqarishi va qindan qonli ajralmalar kelishi kuzatiladi.

    Miya ishemiyasi va seroz qatlamlar shishi natijasida tonik va klonik qisqarishlar kuzatiladi.

    Fibrinolitik sistemaning aktivlashishi natijasida burundan, oshqozon va ichakdan qon ketishi mumkin.

    AShning og’ir kechishida markaziy va qon tomir tizimining tezda buzilishi bir necha sekund yoki minut ichida sodir bo’ladi. Teri qoplami keskin oqarib; ko’krakda, qo’llarda, lablarda – stianoz, og’izda ko’pik paydo bo’ladi. Peshona sovuq va yopishqoq ter bilan qoplanadi. Qorachiqlar kengaygan, yorug’likka reakstiya yo’q, bo’yin venalari kengaygan. Nafas olish shovqinli, aritmik, auskultastiyada «soqov» o’pka eshitiladi.

    Anafilaktik shokda o’limning asosiy sabablari bo’lib hisoblanadi:

     staz, tromboz, mikrostirkulyastiya buzilishi va tomir kollapsi natijasida o’tkir yurak qon-tomir etishmovchiligi;

     hiqildoqning Kvinke shishi natijasida asfiksiyasi;

     tomirlar trombozi va hayot uchun zarur a’zolarga qon quyilishi.





    Download 1.19 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   171




    Download 1.19 Mb.