|
– “Texnologik ta’lim” yo’nalishi bitiruvchilari uchun
|
bet | 3/42 | Sana | 01.12.2023 | Hajmi | 122,26 Kb. | | #109070 |
Bog'liq «tasdiqlayman» O’quv ishlari bo’yicha prorektor5112100 – “Texnologik ta’lim” yo’nalishi bitiruvchilari uchun
umumkasbiy hamda ixtisoslik fanlaridan yakuniy davlat attestatsiyasi sinovi
yozma ishlarini
BAHOLASH MEZONLARI
5112100 – “Elektronika va texnologiya” yo’nalishi bitiruvchi talabalaridan
“Texnologiya ta’limi metodikasi” fani, “Texnologiya ta’limi praktikumi” va
“Mahsulot tayyorlash texnologiyasi” fanlaridan yakuniy davlat attestatsiyasi
sinovi yozma usulda o’tkaziladi. Har bir variant 3 savoldan iborat. Variantdagi 3
ta savolning har biridan olish mumkin bo’lgan maksimal ball 33,3 ga teng bo’lib,
jami 100 ball to’plash mumkin.
Har bir savolga javob to’g’ri va to’liq yoritilsa, “Texnologiya fanini
o’qitish metodikasi”, “Texnologiya va dizayn” va “Servis xizmati” fanlariga doir
zamonaviy nazariyalarni bilishi, mustaqil, aniq fikrlar asosida muammolarga
ijodiy yondashgan holda yoritilsa, javobda mantiqiy yaxlitlikka erishilgan bo’lsa,
o’zlashtirish ko’rsatkichi 29,97-33,3 ball oralig’ida baholanadi.
Savolga to’g’ri javob yozilsa, ilmiy-amaliy jihatdan asosli mantiqli
yoritilgan bo’lsa, biroq bugungi ta’lim va tarbiya jarayoni yangilanishlar
amaliyoti bilan bog’lashda ayrim noaniqliklarga yo’l qo’yilgan bo’lsa,
o’zlashtirish ko’rsatkichi 23,31-29,64 ball oralig’ida baholanadi.
Savolga asosan to’g’ri javob yozilsa, biroq qo’yilgan masalaning mohiyati,
mazmuni, natijalari yuzaki yoritilsa, fikr-mushohada bayonida tarqoqlik
kuzatilsa, o’zlashtirish ko’rsatkichi 19,98-22,97 ball oralig’ida baholanadi.
Savolga javoblar noto’g’ri yozilsa, o’quv adabiyotidan so’zma-so’z
ko’chirilgan bo’lsa yoki savollarga umuman javob yozilmagan bo’lsa,
o’zlashtirish ko’rsatkichi 0-19,64 ball oralig’ida baholanadi.
№
Umumiy
ball
Baho
Bakalavr talabasining bilim darajasi
|
| |