• Kirish Kompozitsiya fanining maqsadi va vazifalari.
  • Tasdiqlayman




    Download 66.5 Kb.
    bet2/8
    Sana06.06.2021
    Hajmi66.5 Kb.
    #14781
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Taqrizchilar:

    E. Muhammadiyev - Samarqand Davlat Arxitektura va Qurilish instituti

    professori:

    Maxsus sirtqi bo’lim boshlig’i:

    2019 yil “ ____ ” _______________________________ Sh.Umidullayev
    Tasviriy san’at kafedrasi mudiri:

    2019 yil “ ____ ” _______________________________ D.Omonov


    Kirish
    Kompozitsiya fanining maqsadi va vazifalari.

    Oliy o‘quv yurtlari “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” bakalavriat yo‘nalishida “Kompozitsiya”–o‘quv fani muhim ahamiyatga ega bo‘lib, kasb-hunar kollejlari uchun yuqori malakali mutaxassis ustoz–kadrlarni tayyorlashni maqsad qilib qo‘yadi. Tasviriy san’atning deyarli barcha tur va janrlari sohalarining mutaxassislari u yoki bu darajada kompozitsiyaning nazariy hamda amaliy bilim, ko‘nikmalarini egallagan bo‘lishlari zarur.

    Kompozitsiya fanining asosiy vazifasi talabalarda ijodiy tasavvurni o‘stirish, hayotdagi voqelikni ko‘rib idrok etish, badiiy did va madaniyatni tarkib toptirish, barcha san’at sohalarida kompozitsiyani qo‘llay bilishi, fandan olgan bilimlarni o‘qituvchilik kasbida unumli foydalanishni ta’minlashdan iboratdir.

    Kompozitsiya fanining asosi amaliy mashg‘ulotlar jarayonida ijodkorlikka yo‘naltirish va mustaqil tasviriy san’at namunasini yaratish ustida ishlashni shakllantirishga yo‘naltirilgandir. San’atda mazmun va Qoyaning eng yaxshi yechimini topish, ijodiy mahoratni oshirish nafosat tarbiyasining zaruriy qismi, muhim omillardan biridir. Har qanday ijodkor – u rassommi, xalq hunarmandchiligi ustasimi, bundan qat’iy nazar, o‘tmishdagi tasviriy san’at ustalarining mumtoz merosini va tajribalarini o‘rgatish bilan birga, san’at ixlosmandi qalbiga chuqur ta’sir etuvchi kompozitsiya – tasvir qonunlari va uslubiyotini ham o‘rganadi. Amaliyotda kompozitsiyaning zarur unsurlari, uslubiy shartlari bo‘lgan yorug‘-soya, tus, rang yechimi hamda uning jozibadorligi, chiziqlar, to‘q-ochlik, shakllar orasidagi farqlar, tasviriy vositalarning ketma-ket takrorlanib uzviylikda mutanosiblik holatini ta’min etishi, katta va kichik o‘lchamlar bilan belgilangan nisbat hamda perspektiv o‘zgarish munosabatlari, ritm, muvozanat, simmetriya, ko‘rish burchagi va hokazolar jam bo‘lib birgalikda asar mazmunini ochib beruvchi vosita bo‘lib xizmat qiladi.






      1. Download 66.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 66.5 Kb.