Talabalar bilimiga qo‘yiladigan talablar




Download 66.5 Kb.
bet3/8
Sana06.06.2021
Hajmi66.5 Kb.
#14781
1   2   3   4   5   6   7   8
Talabalar bilimiga qo‘yiladigan talablar.

Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchisi o‘z sohasida, xususan kompozitsiya bo‘yicha chuqur ma’lumotli mutaxassis bo‘lmog‘i, zamonaviy san’at jarayoni yo‘nalishlarini to‘g‘ri tushunishi, o‘tmish madaniy merosimizga esa holis baho bera olishi, tasviriy san’at terminlarini chuqur bilishi va har turli badiiy materiallar vositasida amaliy ishlarni puxta, yuqori sifat darajasida bajara olishi zarur.

Kompozitsiya turlarini o‘rganishda nafaqat realistik rangtasvir, balki monumental bezak san’ati asarlari kompozitsiyasini, amaliy san’at turlari, kartina sathini ifodalovchi perspektivasiz kompozitsiya tuzilishini ham o‘rganish tavsiya etiladi. Shu bilan birga ijodkor tasavvurini boyitadigan tabiat dunyosi, suv osti dunyosi, tabiatdagi tasodifiy voqealardan lavhalar olib kartina yechimida foydalana olishi kerak. Kompozitsiya yechimini mujassamlangan badiiy namuna asar yaratishda turli xalqlarning o‘ziga xos milliy xususiyatlarini, an’analarini chuqur o‘rganish talab etiladi. Buni amalga oshirish esa ma’lum vaqt, shaxsiy ish tajribasini, ko‘p o‘qib o‘rganish, mahoratni oshirish va chuqur idrokni talab etadi. Natijada rassom hayotni chuqur o‘rganish bilan birga ko‘rgan voqealarni va taassurotlarini umumlashtirib o‘z yo‘nalish va uslubini topishga muvaffaq bo‘ladi.

Talabalar o‘quv jarayonida quyidagi bilimlarni puxta o‘zlashtirishlari kerak:


  • kompozitsiyaning asosiy qonunlarini bilish;

  • kompozitsiya markazi, konstruksiya, syujet, dinamika, yaxlitlik, kompozitsiya ritmi, to‘g‘risida chuqur fikr yurita olish va ularni kompozitsiyalarda qo‘llay bilish;

  • tekislikda natyurmort, manzara, portret, qomat kompozitsiyasini tuzish yo‘llaridan xabardor bo‘lish;

  • nisbatlar, simmetriya,assimetriya haqida fikrlay olish, frontal va hajmli kompozitsiyani idroklab qo‘llay bilish;

  • tasviriy san’at tur va janrlarida kompozitsiya xususiyatlarini ajrata olish, o‘ziga xosligidan foydalana bilish;

  • haykaltaroshlikda kompozitsiya–dumaloq, relefli kompozitsiyaning alohida xususiyatlari va farqini tahlil qila olish;

  • grafika san’ati kompozitsiyasi- kitob grafikasi,sanoat grafikasi, plakat hamda badiiy bezak san’ati kompozitsiyasi xususida fikr yurita olish va qo‘llay olish malaka, ko‘nikmalariga ega bo‘lish.

Talabalar amaliy bilimlar bilan birga kompozitsiya tarixi, nazariyasini, tasviriy san’at tur va janrlarida ijodiy jarayon bosqichlarini har tomonlama chuqur bilishlari kerak. Ular butun o‘qish, o‘rganish jarayonida mavjud o‘quv rejasiga binoan berilgan mavzularda amaliy mashg‘ulot vazifalarini auditoriyada va uyda bajaradilar. O‘quv kursining ma’lum bo‘limlari o‘tilgach va o‘quv ishlanmalari to‘liq ado etilgach talabalar talab darajasida bo‘lgan kompozitsiyaga oid mashqlari turkumini baholash ko‘rigi uchun taqdim etishlari zarur.



Download 66.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 66.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Talabalar bilimiga qo‘yiladigan talablar

Download 66.5 Kb.