|
fan va fanlararo bog‘liqlik
| bet | 56/76 | Sana | 16.06.2021 | Hajmi | 1,83 Mb. | | #15068 |
3. fan va fanlararo bog‘liqlik
Ushbu mavzuni o‘rganish talabalarni anatomiya, fiziologiya, patofiziologiya, patanatomiya, bioximiya terapiya, diyetalogiya, mikrobiologiya, klinik farmakologiya fani bilimlariga asoslanadi.
4.Mashg‘ulot tarkibi
4.1.Nazariy kism
Ortiqcha tana vazni va semirish anomal va ortiqcha yog‘ to‘qimasining to‘planishi bo‘lib, sog‘liqqa salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Quyida JSST tomonidan keltirilgan global baholash natijalari keltirilgan:
-
1,9 milliarddan ortiq 18 yosh va undan katta yoshli insonlar ortiqcha tana vazniga ega, ulardan 600 milliondan ko‘prog‘i semirishdan aziyat chekadi.
-
2014 yil ma’lumotlariga ko‘ra sayyoramizning 13 % (11% erkaklar va 13% ayollar) aholisi semirishdan aziyat chekadi.
-
2014 til ma’lumotlariga ko‘ra 39% 18 yosh va undan katta insonlarda ortiqcha tana vazni mavjud ( 38% erkaklar va 40% ayollar).
Semirish va ortiqcha tana vaznining asosiy sababi – organizmga tushayotgan ovqatning energetik kaloriyasi va sarf bo‘layotgan kaloriya orasidagi nomutanosiblikdir.
Global masshtablarda quyidagilar kuzatilmoqda:
-
Tarkibida ko‘p miqdorda yog‘, tuz va shakar saqlaydigan va kam miqdorda vitaminlar, mineral moddalar va boshqa foydali mikroyelementlarni saqlaydigan yuqori kaloriyali oziq-ovqat mahsulotlariga talabning oshishi, va
-
Jismoniy faollikning kamayishi kam harakatli ishlar sonining oshishi bilan birga kuzatilishi va urbanizatsiyaning o‘sib borishi.
Ovqatlanish rejimi va jismoniy aktivlikning o‘zgarishi asosan ekologik va ijtimoiy o‘zgarishlar va sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, transport, shaharlarni planlashtirish, atrof-muhitni qo‘riqlash, oziq-ovqat sanoati, marketing va ta’lim kabi sektorlarda yetarlicha ishlarning olib borilmasligi natijasida yuzaga keladi.
100 ming aholi soniga nisbatan hisoblangan
№
|
Kasallik turlari
|
Ozg‘inlar
|
Normallar
|
Semizlar
|
1
|
Yurak dekompensatsiyasi bilan kechadigan kasalliklar
|
65
|
80
|
121
|
2
|
Stenokardiya
|
14
|
16
|
35
|
3
|
Arteriyalarda uchraydigan kasalliklar
|
17
|
23
|
71
|
4
|
Bosh miyada qon aylanishininh buzilishi
|
49
|
70
|
110
|
5
|
O’pka sili
|
165
|
57
|
26
|
6
|
Qandli diabet
|
9
|
14
|
30
|
|
| |