Oziqlanish yetishmovchiligining salbiy ta’siri va oqibatlari




Download 1.83 Mb.
bet59/76
Sana16.06.2021
Hajmi1.83 Mb.
#15068
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   76
Oziqlanish yetishmovchiligining salbiy ta’siri va oqibatlari

Ta’siri

Oqibatlari

Immun tizimining susayishi

Infeksiyalarga qarshi kurashishning pasayishi

Mushaklar holsizligi

Ishlash qobiliyatining pasayishi, xarid qilish, ovqat tayyorlash va o‘z-o‘ziga xizmat qilishning susayishi

Kuchayib boruvchi charchoq va holsizlik



Jismoniy aktivlik va harakatlar yetishmovchiligi

Yotoq rejimidagi insonlarda vaqt o‘tgach yotoq yaralar va tromblar paydo bo‘lishi

Jarohatlarning sekin-asta bitishi

Infeksiya ko‘payib borishi

Organizmda suv va tuz almashinuvining regulyatsiyasi buzilishi

Suvga bo‘lgan talabning oshishiga yoki kamayishiga olib keladi

Noregulyar hayz (ayollarda)

Reproduktiv funksiyaning buzlishi

Homiladorlik

Homilador ayolda oziqlanish yetishmovchiligi natijasida bolada hayoti davomida yurak kasalliklari, diabet rivojlanishi mumkin

O’sishning buzlishi

Buning natijasida boshqalarga nisbatan bo‘yining past bo‘lishi, mushaklar massasining kamligi va kuchsizligi kuzatilishi mumkin

Aqliy qobiliyatining pastligi

Aqliy xarakterdagi buzilishlarga, masalan depressiyaga olib kelishi mumkin

Oziqlanish yetishmovchiligi qay darajada keng tarqalgan?

Oziqlanish yetishmovchiligi uchrashi xavfi ma’lum yoshlarda ko‘payadi, asosan bolalikda, homiladorlikda va emizikli davrda. Ko‘proq qariyalarda oziqlanish yetishmovchiligi uchrashi ko‘payadi, ayniqsa nogironlar uyida, qariyalar uyida yashovchilarda.

Oziqlanish yetishmovchiligi uchrash xavfi go‘daklikda, bolalikda, homiladorlikda va emizikli davrda oshadi.

Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan tekshiruvlarga ko‘ra, kasalxonaga tushgan bemorlaning 1/3 qismi oziqlanish yetishmovchiligi uchrash xavfi bor insonlar guruhiga kiradi. Bundan tashqari, tekshiruvlar shuni ko‘rsatadiki, qariyalar uyiga tushgan insonlarning 10 tasidan 4tasi oziqlanish yetishmovchiligidan aziyat chekadi.

Oziqlanish yetishmovchiligini qanday davolash kerak?

Oziqlanish yetishmovchiligini keltirib chiqaruvchi kasallik mavjud bo‘lganda vrach ushbu kasallikni davolashi kerak. Bunday kasallik bo‘lmaganda esa, davolash asosan kunlik ovqat tarkibida foydali mahsulotlarning yetarli miqdorda organizmga tushishini ta’minlashi kerak.

Bunga quyidagi yo‘l bilan erishish mumkin:



  • Yuqori energetik qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlarni ko‘paytirish, masalan, sariyog‘, sut, shakar

  • Odatiy ovqatlanish ratsionida yetmayotgan foydali moddalarni ko‘paytirish

  • Ovqat mahsulotlari yetishmovchiligida qo‘llaniluvchi mahsus qo‘shimchalarni ovqat tarkibiga qo‘shish

Salomatlikni mustahkamlash uchun ovqat tarkibida foydali moddalardan iborat to‘g‘ri ratsionga amal qilish kerak.



Download 1.83 Mb.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   76




Download 1.83 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oziqlanish yetishmovchiligining salbiy ta’siri va oqibatlari

Download 1.83 Mb.