«tasdiqlayman»




Download 1.83 Mb.
bet61/76
Sana16.06.2021
Hajmi1.83 Mb.
#15068
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   76
Aralashmalar turlari

Oziq-ovqat va farmaseptika sanoatida mahsus aralashmalar enteral oziqlantirish uchun ishlab chiqarilmoqda, tarkibi va energetic qiymati bo‘yicha ular quyidagi guruhlarga bo‘linadi:



  • Standart izokalorik ovqat aralashmalari ( nutriyentlarga bo‘lgan talab normal bo‘lganda va MIT funksiyasi saqlanib qolganda buyuriladi)

  • Giperkalorik aralashmalar ( oqsil va energiyaga bo‘lgan talab yuqori bo‘lganda yoki suyuqlikni cheklash kerak bo‘lganda buyuriladi)

  • Tarkibida ko‘p miqdorda biologic aktiv oqsil saqlaydigan, mikroyelementlarga, glutaminga, argininga, omega-3 yog‘ kislotalariga boyitilgan aralashmalra ( kritik va immunodefitsit holatlarda buyuriladi)

  • Yog‘ va uglevodlarni kam saqlaydigan va parxez tola saqlaydigan aralashmalar ( qandli diabetli bemorlarga buyuriladi)

  • Ko‘p miqdorda yog‘ va kam miqdorda uglevod saqlaydigan aralashmalar ( o‘pka funksiyasi buzilganda dekompressiya bosqichida buyuriladi)

  • Aromatik aminokislotalarni kam saqlaydigan va ko‘p miqdorda shoxlangan aminokislotalarni saqlaydigan aralashmalar ( jigar funksiyasi buzilganda buyuriladi)

  • Dipeptid, tripeptid, to‘liq so‘riladigan aminokislotalar saqlaydigan oligomer aralashmalar ( MIT funksiyasi buzilganda, MITda o‘tkazilgan operatsiyadan keyin 1-sutkalarda, ingichka ichakning keng rezeksiyasidan keyin, har xil genezli fermentative yetishmovchilikda)

  • Mahsus immunostimullovchi kam hajmli gipokalorik glutaminli aralashmalar ( reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limlarida kritik holatlar rivojlanganda birinchi soatlarida buyuriladi)(4)(5).

Kattalarda va 1 yoshdan katta bolalarda enteral oziqlarning standart energetik zichligi 1,0 kkal/ml hisoblanadi. 1,5 kkal/ml energetic zichlik yuqori hisoblanadi. Standart aralashmalar tarkibida hamma kerakli makronutriyentlarni, mikronutriyentlarni va vitaminlarni har xil patologik holatlarda organizmga kerak bo‘lgan sutkalik dozalarda saqlaydi va tabiiy ovqatlantirish iloji bo‘lmaganda yoki yetishmovchiligida oqsil-energetik yetishmovchilik shakllangan barcha holatlarda oldini olish yoki korreksiya qilish uchun buyuriladi. Standart polimer diyetalarni qo‘llash MIT funksiyalari saqlangan holatlarda tiklanish fazasida parenteral oziqlantirishdan enteral va oddiy ovqatlanishga o‘tayotgan paytda buyuriladi. Bundan tashqari bemorlarning kasalxonadan keyingi hayot sifati ko‘tariladi(6).

Immunmodulirlovchi gipermetabolik aralshmalar bemorlarning metabolic va immune statusini korreksiya qilish uchun va og‘ir travma, kuyish, sepsis, infeksiya rivojlanish xavfi bor bemorlar va infeksion asoratlar , ayniqsa kritik holatlarda buyuriladi.

O’rta zanjirli triglitseridlarni saqlovchi aralashmalar ( 50% MST) MIT da so‘rilishni kuchaytiradi, operatsiyadan keying erta davrlarda qo‘llash mumkin, va hatto MITda o‘tkazilgan operatsiyalarda yog‘lar so‘rilishini kamayganda ham qo‘llash mumkin.



Download 1.83 Mb.
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   76




Download 1.83 Mb.