• ball 42,5- 35,5ball 35- 27,5ball 27-18,5 ball
  • 12,7-10,6 ball 10,5-8,25 ball 8,1-5,5 ball 5,4 ball
  • 10,5-8,25 ball 8,1-5,5-ball 5,4 ball 3.
  • «tasdiqlayman»




    Download 1,83 Mb.
    bet64/76
    Sana16.06.2021
    Hajmi1,83 Mb.
    #15068
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   76
    5.1. talabalarni amaliy ko‘nikmalarni bajarish va bilimlarni baxolash mezonlari




    Baxo

    A’lo

    Yaxshi

    Konikarli

    konikarsiz

    yomon




    O’zlashtirish %

    100%-86%

    85%-71%

    70-55%

    54%-37%

    36% i nije

    1

    Nazariy kism

    20-17,2

    Ball

    17-14,2 ball

    14-11 ball

    10,8-7,4 ball

    7,2 ball

    2

    Vaziyatli masala

    50-43 ball

    42,5- 35,5ball

    35- 27,5ball

    27-18,5

    ball

    18 ball

    3

    Test

    15-12,9ball

    12,7-10,6 ball

    10,5-8,25 ball

    8,1-5,5 ball

    5,4 ball

    4

    Amaliy qism

    15-12,9 ball

    12,75-10,6 ball

    10,5-8,25 ball

    8,1-5,5-ball

    5,4 ball



    3. 51 yoshli erkak sizga to‘liq fizik tekshiruvdan o‘tish uchun keldi U xar yili ko‘rikdan o‘tish uchun keladi va aytadi bu sog‘lom xayot kechirish uchun asosiy faktor deydi.

    savol 1. Davomli skrining o‘tkazishni effektiv mezonlari kanday?



    • Javob A)tekshirilayotgan xolat xayot sifatiga sezilarli tasir ko‘rsatadimi?

    • B)kasallik latent yoki asimptom fazada bo‘lishi kerak

    • V)davoni qulay usuli bo‘lishi kerak.

    Savol2 sog‘lom kechishlarni fizikal ko‘ruvi qanday bo‘ladi?

    javob


    • Ko‘ruv terapevtik xarakterda bo‘lishi kerak

    • Ko‘ruvda xammasi yaxshiligi tasdiqlanishi kerak

    • Ko‘ruv vrachni bemor bilan gaplashish imkonini beradi.

    4. QVPga 40 yoshli bemor bel soxasidagi og‘riqlar, qaltirash bilan kechuvchi tana xaroratining davriy ravishda ko‘tarilishi, tez-tez peshob ajralishiga, ish qobiliyatining pasayishi, xolsizlik kabi shikoyatlar bilan UAVga ilk bora murojaat qildi. Bemorning aytishiga qaraganda yuqoridagi shikoyatlari 5 kundan beri bezovta qiladi, sovuqqotish bilan bog‘laydi.Ob’ektiv ko‘rganda: ayolning umumiy axvoli nisbatan qoniqarli, AQB 110/70 mm sim.ust., ko‘zlarining atrofida shish bor, teri qoplamlari rangpar, bel soxasini tukillatib ko‘rish simptomi o‘ng tomonlama musbat.

    Bemorga qanday oziq ovqatlarni iste’mol qilish taqiqlanadi?

    Javob: Gazlangan salqin ichimliklar, barcha tuzlangan oziq ovqatlar, go‘shtdan, baliqdan, qo‘ziqo- rindan tayyorlangan sho‘rvalar, turli xil konservalar, konservalangan go‘sht va baliqlar, tuzlangan baliq va pishloqlar, piyoz, sarimsoq, shovul, qo‘ziqorinlar, tuzlangan, marinovka qilingan sabzavotlar, shokaladlar, achchiq, damlangan qahvalar, kakao, barcha turdagi spirtli ichimliklar, natriyga boy bo‘lgan ma’danli suvlar.
    5. UASh qabuliga 32 yoshli bemor ovqat iste’mol qilgandan so‘ng 2-3 soat o‘tgach bo‘ladigan, “ochlikdagi” va tungi epigastral soxasida intensiv og‘riqlar, jig‘ildon qaynashi, kekirish, ich qotishi va uykusizlikdan shikoyat qilib keldi. Ba’zan yengillik keltiruvchi nordon mazali qusish xam kuzatilishini xam aytdi.

    Anamnezidan: o‘zini xarbiy xizmat vaqtida birinchi marotaba epigastral soxada og‘riqlar va jig‘ildon qaynashi paydo bo‘lgandan beri kasal deb xisoblaydi. Yuqoridagi shikoyatlar xar yili kuz faslida bezovta qilib 1 oy davom etadi. Muntazam davolanmagan, festal, no-shpa, ranitidin qabul qilib turgan, parxezga rioya qilmagan. Otasi YuIK ga chalingan. Qurilishda ishlaydi. Kuniga yarim quti sigaret chekadi, ba’zan spirtli ichimliklar iste’mol qiladi.

    Ob’ektiv ko‘rganda: umumiy axvoli qonikarli, tili nam, oq karash bilan qalin qoplangan. Qornini paypaslaganda epigastral soxada og‘riq kuzatildi. Boshqa tizimlar tomonidan o‘zgarishlar aniqlanmadi.

    Bemorga qanday mahsulotlarni iste’mol qilish ta’qiqlanadi?

    Javob: Sho‘r, achchiq, qovurilgan, yog‘li ovqatlar
    6. QVPga 35 yoshli B. ismli bemor ayol bel soxasidagi og‘riqlar, qaltirash bilan kechuvchi tana xaroratining davriy ravishda ko‘tarilishi, tez-tez peshob ajralishiga, ish qobiliyatining pasayishi, xolsizlik kabi shikoyatlar bilan UAVga ilk bora murojaat qildi. Bemorning aytishiga qaraganda yuqoridagi shikoyatlari 10 yildan beri bezovta qiladi. Bu simtomlarni davriy ravishda kuzatib, sovuqqotish bilan bog‘laydi. Beshta farzandi bor, dalada mehnat qilib sholi yetishtiradi.

    Ob’ektiv ko‘rganda: ayolning umumiy axvoli nisbatan qoniqarli, AQB 110/70 mm sim.ust., ko‘zlarining atrofida biroz shish bor, teri qoplamlari rangpar, bel soxasini tukillatib ko‘rish simptomi o‘ng tomonlama musbat.

    Bemorga nechanchi parhez stoli buyuriladi?

    Javob: 7 parhez stoli


    7.QVP ga birinchi marta 39 yoshdagi bemor xurujsimon yo‘tal, xansirash va quvvatsizlik shikoyatlari bilan murojaat qildi. Yuqoridagi shikoyatlar baxordan buyon 6-7 oy davomida bezovta qiladi. Bemorning onasi bronxial astma bilan og‘rigan. Bu belgilarni bemor davriy ravishda kunduzlari xaftada 1 marta, tunlari kamroq (oyiga 2 martadan ko‘p bo‘lmagan) kuzatiladi. Xurujlar orasidagi davrda bemor o‘zini yaxshi sezadi. Yoshligida tez-tez shamollab turgan. Oilali, taksi xaydovchisi bo‘lib ishlaydi, kuniga 14-15 ta sigaret chekadi.

    Ob’ektiv ko‘rganda: bemorning umumiy axvoli qoniqarli, o‘pkasida susaygan vezikulyar nafas fonida quruq tarqoq xushtaksimon xirillashlar. Nafas olish soni tinch xolatda 18 ta.

    Bemorga qanday mahsulotlarni iste’mol qilish ta’qiqlanadi?

    Javob: Sho‘r, achchiq ovqatlar


    8.UASh qabuliga 40 yoshdagi ayol qornidagi ko‘proq yonbosh qismda kuzatiluvchi to‘lg‘oqsimon og‘riqlar, tez-tez, kuniga 5-6 martagacha qon va yiring aralash ich kelishi, tenezemlar, umumiy xolsizlik, ozib ketish va tana xaroratining oshishiga shikoyat qilib keldi. Yuqoridagi belgilar davriy ravishda bir necha yil davomida kuzatilgan. Yoshligida tez-tez shamollab turgan, boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisi bo‘lib ishlaydi. Onasi ichak disfunksiyasi bilan og‘rigan.

    Ob’ektiv ko‘rganda: umumiy axvoli o‘rta og‘irlikda, teri qoplamlari rangpar. Qorni dam, yo‘g‘on ichak bo‘lab og‘riqli, jigar +2 sm

    Bemorga nechanchi parhez stoli buyuriladi?

    Javob: 4 parhez stoli


    9. QVP ga 29 yoshdagi M. ismli ayol UAV ga birinchi marta umumiy xolsizlik, ishtaxaning pasayishi, bosh og‘rig‘i, bel soxasida doimiy simmilovchi og‘riq, peshob ajralishining tezlashishi, tana xaroratining ko‘tarilishi kabi shikoyatlar bilan murojaat qildi. Bemorning so‘ziga qaraganda yuqoridagi shikoyatlar so‘ngi 2 xafta davomida bezovta qila boshladi, ilgari xam shu belgilar kuzatilgan. Yoshligida tez-tez shamollab turgan. 1 farzandi bor, xomiladorlik qon bosimining ko‘tarilishi va peshobda oqsil paydo bo‘lishi bilan kechgan. Tikuvchi bo‘lib ishlaydi, ota-onasi sog‘lom.

    Ob’ektiv ko‘rganda: umumiy axvoli nisbatan qoniqarli, teri qoplamlari va shilliq qavatlari rangpar, AQB 140/100 mm sim.ust. Yurak chegaralari chapga siljigan. Turtki simptomi ikki tomonlama musbat.

    Bemorga qanday mahsulotlarni iste’mol qilish ta’qiqlanadi?

    Yog‘li go‘shtlar, kolbasa, sariyog‘, qovurilgan baliq, kalla pocha, tuxum sarig‘i


    10.QVP ga 49 yoshli bemor yurak soxasida og‘riq, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘rishning birmuncha pasayishi, ko‘z oldida xalqalar uchishi, uyqusizlik kabi shikoyatlar bilan UAV ga murojaat qildi. Yuqoridagi shikoyatlar 45 yoshidan beri bezovta qiladi. Ish joyida profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tganida ilk bor AQB 150/90 mm sim.ust. daligi aniqlangan. Ba’zan gipotenziv dorilar qabul qilgan. Zararli odatlari: uzoq yillar davomida kuniga 15-20 dona sigaret chekadi, spirtli ichimliklar ichadi, yuqori kaloriyali taomlarni yaxshi ko‘radi.

    Ob’ektiv ko‘rganda:umumiy axvoli nisbatan qoniqarli, yuzi qizargan. Yurak chegaralari chapga siljigan. AQB 160/95 mm sim.ust., yurak urish soni va puls 1 daqiqada 86 ta. Yurak cho‘qqisida 1 ton susaygan, aorta ustida II ton aksenti.

    Bemorga nechanchi parhez stoli buyuriladi?

    Javob: 10- parhez stoli








    Download 1,83 Mb.
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   76




    Download 1,83 Mb.