«tasdiqlayman»




Download 1.83 Mb.
bet60/76
Sana16.06.2021
Hajmi1.83 Mb.
#15068
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   76
Enteral ovqatlantirish (EO) – mahsus qo‘shimchalar bilan davolovchi yoki qo‘shimcha oziqlantirish turi bo‘lib (og‘iz orqali, zond orqali oshqozonga yoki ichakka) bunda ovqat so‘rilishi fiziologik adekvat yo‘l bilan ya’ni, oshqozon-ichak shilliq qavati orqali amalga oshadi. Enteral oziqlantirish parenteral oziqlantirishga umuman teskaridir ( oziq moddalar organizmga oshqozon orqali emas asosan vena orqali yuboriladi).

  • Yuborilishiga ko‘ra enteral ovqatllantirishning quyidagi turlari bor:

  • Ichimliklarni yutqun orqali yoki trubka orqali yuborish (siping)

  • Suyuq, qo‘llashga tayyor giperkalorik qo‘shimchalar

  • Tayyor yoki kukundan tayyorlangan suyuq gipo-,izo-, giperkalorik aralashmalar (ko‘rsatma bo‘yicha)

  • Nazogastral ( burun orqali oshqozonga), nazoduodenal yoki nazoyeyunal ( burun orqali 12 barmoqli ichakka yoki ingichka ichakka) zond orqali ovqatlantirish; ikki kanalli ( me’dani dekompressiyasi uchun va oziqli aralashmani ichakka yuborish uchun) zondlar – qo‘llanma bo‘yicha;

  • Stomaga qo‘yilgan zond orqali oziqlantirish ( qorin pardasiga zond qo‘yilishi uchun xirurg tomonidan o‘rnatiladi): gastro-, duodeno-, yeyunostomalar xirurg yoki endoskopik yo‘l bilan o‘rnatiladi. Zond orqali oziqlantirish yo‘lga qo‘yilganda asoratlarni oldini olish uchun jarayon to‘g‘ri olib borilayaotganligini nazorat qilib turish kerak.

Enteral oziqlantirish (o‘tkazilayotgan terapiya yoki diyetaga ko‘ra) insonning talablarini qoplashi kerak ( faqat EO orqali, yoki EO oddiy ovqat bilan birgalikda, yoki enteral va parenteral oziqlantirish birgalikda) hamma makronutriyentlarni ( yog‘ kislotalari, aminokislotalar, uglevodlar), mikronutriyentlarni ( vitamin va minerallar) va suvni (agar ovqat tarkibida kam bo‘lsa suvni alohida ham berish mumkin) o‘zida saqlashi kerak.



Download 1.83 Mb.
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   76




Download 1.83 Mb.