• Ikkinchi va ri a nt
  • Ma’ruza 16 Ma’lumotlar ombori, uni tashkil qilish. MICROSOFT ACCESS ni ishlatish texnologiyalari.
  • Ma’ruzani texnologik kartasi
  • TAYANCH KONSPEKT A. MA’LUMOTLAR OMBORINI BOSHQARISH TIZIMINING (MOBT) IMKONIYATLARI.
  • B. MOBTDA ISHLASH TEXNOLOGIYASI ASOSLARI.
  • C. MICROSOFT ACCESS MOBT HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR.
  • D. MICROSOFT ACCESSDA MA’LUMOTLAR OMBORINI YARATISH.
  • Ma’ruza 17 ACCESSda ob’ektlar bilan ishlash. (jadval, so’rov, forma, hisobot) да от)
  • Tashkent Arxitektura qurilish instituti




    Download 0.88 Mb.
    bet11/11
    Sana19.03.2017
    Hajmi0.88 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Оb’еktni kiritish. Excel da tayyorlangan hujjatga birоr оbъеkt (masalan, Worddagi matn, Corel Drawda tasviriy оbъеkt)ni kiritmоqchi bo’lsak, u hоlda mеnyuning Инсерт punktida Объект buyrug’ini ishga sоlamiz. Ekranda mulоqоt оynasi hоsil bo’ladi. Ikki хil variantda оbъеktni EJ ga kiritish mumkin:

    • birоr muхarrirni chaqirib оbъеkt tashkil qilish;

    • birоr fayldagi tayyor оbъеktni kiritish.

    Birinchi variant-yаngi оbъеktni kiritish uchun muхarrir turini (mulоqоt оynasidagi «tip оbъеkta» maydоnidan) tanlab ОK tugmasi bоsiladi. Оbъеkt tashkil qilingandan kеyin muхar-rirdan chiqish lоzim.

    Ikkinchi variant - diskdagi birоr faylda оbъеkt bo’lsa, хuddi shu оbъеkt EJ ga kiritiladi. Tabiiy, bu hоlda hеch qanday muхarrirga muхtоjlik yo’q.
    Nazorat savollari
    1. Excelning nisbiy va absolyut kataklarini ifodalash.

    2. Funksiya va funksiyalar ustasi deganda nimani tushunasiz?

    3. Excelda qanday xatoliklar mavjud?

    4. Excelda formulalar qanday tashkil qilinadi?

    5. Excelning diagramma imkoniyatlarini tushuntiring.

    6. Excelda diagramma qanday usullar bilan tashkil qilinadi?

    7. Excelda 2 va 3 o’lchamli diagrammalarni qanday tashkil qilinadi?

    8. Diagramma tomonlariga ranglarni qanday tanlanadi?





    Ma’ruza 16

    Ma’lumotlar ombori, uni tashkil qilish. MICROSOFT ACCESS ni ishlatish texnologiyalari.


    Mavzuni o’rgatish texnologiyasi.


    Talabalar soni :

    25-50 ta.



    Vaqt – 2 soat

    O’quv mashg’ulotining ko’rinishi

    Informatsion mavzu – Bildim, bilaman, bilishni istayman

    Ma’ruza rejasi

    Access programmasi imkoniyatlari bilan tanishish.

    MOBTda ma’lumotlar omborini yaratish bosqichlarini o’rganish

    Access MOBT boshlang’ich darchasi ilovalari, yani dastur ishlaydigan ob’yektlar bilan tanishish.

    Access MOBTda MOni yaratish usullari bilan tanishish



    Oquv mashgulotining maqsadi:

    1. Ma’lumotlar ombori nima, uning turlari bor va ularning farqlarini o’rganish.

    2. Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi nima?

    Jadval tuzilmasiga ega ma’lumotlar omborlarida ustun va satrlar, maydonlarning husuiyatlarini aytib berish va ob’yekti elementlarini ko’rib chish va o’rganish.?

    Kalit so’zlar

    Jadvallar, So’rov, Shakl, Hisobot, Makros, Sahifa

    Adabiyotlar ro’yhati

    1. Р.С. Асадуллина Информатика: Учебное пособие-Kувасай,2000.

    2.Х.З.Икрамова Информатика: Учебное пособие-Ташкент,2001.

    3. Х.З.Икрамова Kонспект лекций по дисциплине «Информатика» -Ташкент,2000.

    4. С.В.Симонович и др. Специальная информатика: Учебное пособие-Москва, 2000



    O’qituvchining vazifasi:

    1. Ma’lumotlar ombori nima, uning turlari bor va ularning farqlarini o’rgatish.

    2. Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi haqida tushuntirish.

    3.Jadval tuzilmasiga ega ma’lumotlar omborlarida ustun va satrlar, maydonlarning husuiyatlarini aytib berishi.

    4. “Jadvallar” ,. “So’rovlar” , “Shakllar” va “Hisobotlar” ob’yekti elementlarini ko’rsatishi va o’rgatishi.



    O’qitish faoliyatining natijalari:

    Talaba majbur:

    1. Ma’lumotlar ombori, uning turlari, boshqarish tizimini va farqlari haqida ma’lumotga ega bo’lishi.

    2.Jadval tuzilmasiga ega ma’lumotlar omborlarida ustun va satrlar, maydonlarning husuiyatlarini aytib berishi va ob’yekt elementlarini ko’rsatishi va o’rganishi.


    O’qitishning usuli va texnikasi

    MA’RUZA – savol-javob, ma’lum qilib o’rganish, texnika, prezentasiya, insert, amaliy vazifalar,

    O’qitish qurollari

    Kompyuter, tizimli dasturlar, A32 formatli qog’oz.

    O’qitish sharoiti

    Kompyuterlar joylashgan auditoriya


    Ma’ruzani texnologik kartasi


    Etaplar, vaqt

    Faoliyat tarkibi.

    O’qituvchi

    Talaba

    1 etap. Kirish (10 min.)

    1.Mavzu, maqsadni, o’quv mashg’ulotning mo’ljallangan natijani va uni o’tkazish rejasini e’lon qiladi . konspektni va darsni mustahkamlash uchun vazifa tarqatadilar.

    2. Access programmasi imkoniyatlari bilan tanishtiriladi.

    3. MOBTda ma’lumotlar omborini yaratish bosqichlari, boshlang’ich darchasi ilovalari, yani dastur ishlaydigan ob’yektlar bilan tanishtiriladi.

    4. Access MOBTda MOni yaratish usullari bilan tanishtiriladi.

    5. Savol-javob o’tkazadilar


    Eshitadilar

    Yozadilar,

    Javob beradilar


    2 etap. Asosiy qism

    (60 min.)



    1.Talabalarga alohida vazifa beradilar

    2. Savol-javob o’tkazadilar

    3.Ko’rgazmali qurollardan, konspektdan foydalanib, ma’ruza o’qiydilar.


    Muhokama qiladilar, savollarga javob beradilar O’z fikrlarini aytadilar

    III etap

    Xulosa


    (10 min)

    1. Xulosa qiladilar, natijalarni umumlashtiradilar, qatnashganlarni baholaydilar, aktiv talabalarni mukofatlaydilar.

    2. Uyga, mustaqil ishlash uchun vazifa beradilar:o'tilgan mavzuga tegishli savollarga javob yozib kelish.



    Eshitadila

    yozadilar




    TAYANCH KONSPEKT

    A. MA’LUMOTLAR OMBORINI BOSHQARISH TIZIMINING (MOBT) IMKONIYATLARI.

    Microsoft Office tarkibidagi Microsoft Access piktogrammasi ustida sichqonchaning chap tugmasi ikki marta bosilsa, ekranda Access oynasi paydo bo’ladi. Oynaning birinchi satrida MOBT nomi Microsoft Access deb ifodalangan, ikkinchi satrda menyu punktlari Фаyл, Правkа, Вид, Вставkа, Сервис, Оkно, Справkа joylashgan. Uchinchi satrda standart uskunalar paneli piktogrammalari joylashgan. Oynaning keng qismi ishchi maydon hisoblanadi. Ishchi maydonda muloqot oynasi hosil bo’ladi. Bu oyna yordamida yangi ma’limotlar ombori tashkil qilish yoki mavjud ma’lumotlar omborini ochib ular ustida ishlashimiz mumkin.



    B. MOBTDA ISHLASH TEXNOLOGIYASI ASOSLARI.

    Ma’lumotlar omborini yaratish bir necha bosqichlarda amalga oshiriladi:

    Birinchi bosqichda ma’lumotlar omborini yaratish uchun vazifa shakllantiriladi. Unda ba’zaning tarkibi, nima uchun ishlatilishi, yaratish maqsadi batafsil bayon etiladi.

    Ikkinchi bosqichda MO qanday ob’yektlardan tuzilishi mumkinligi va ularning hususiyatlari, ya’ni ob’yekt qanday parametrlar bilan aniqlanishi ko’rib chiqiladi. Barcha ma’kumotlarni alohida yozuvlar yoki jadvallar ko’rinishida joylashtirish mumkin.

    Uchinchi bosqichda yuqoridagi tahlil asosida MO modeli tanlanadi (relyatsion, iyerarxik, tsrmoqli). Model tanlangandan so’ng uning sxemasi jadvallar orasidagi bog’lanishlar ko’rsatilgan holda chizib chiqiladi.

    To’rtichi bosqichda MO ning kompyuter modeli yaratiladi. MO ni to’ldirish ikki ko’rinishda olib boriladi: jadval ko’rinishida va shakl ko’rinishida. Bunda sonli va matnli maydonlarni jadval ko’rinishida, MEMO va OLE turidagi maydonlarni shakl ko’rinishida to’ldirish lozim.



    C. MICROSOFT ACCESS MOBT HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR.

    Micorosoft Access dastlabki oynasi oltita ilova ya’ni dastur ishlaydigan olti ob’yektni ta’svirlaydi. Bular: «Таблиsы» (Jadvallar), «Запросы» (So’rovlar), «Формы» (Shakllar), «Отчyoты» (Hisobotlar), «Маkросы» (Makroslar), «Модuли» (Modullar).Jadvallar – MOning asosoiy ob’yekti, unda ma’lumotlar saqlanadi.So’rovlar – bu ob’yekt ma’lumotlarga ishlov berish, jumladan ularni saralash, ajratish, birlashtirish, o’zgartirish kabi vazifalarni bajaradi. Shakllar – bu ob’yekt ma’lumotlarni tartibli ravishda oson kiritsh yoki kiritilganlarni ko’rib chiqiqsh imkonini beradi.

    Hisobotlar – bu ob’yekt yordamida saralangan ma’lumotlar qulay va ko’rgazmali ravishda qog’ozga chop etiladi. Makroslar – makrobuyruqlardan iborat ob’yekt bo’lib, murakkab va tez-tez murojat qilinadigan amallarni bitta makrosga guruhlab, unga ajratilgan tugmacha belgilanadi va ana shu amallarni bajarish o’rniga ushbu tugmacha bosiladi. Modullar – Access dasturining imkoniyatini oshirish maqsadida ichki Visual Basic tilida yozilgan dasturlarni o’z ichiga oluvchi ob’yekt.

    Bundan tashqari “Sahifalar” nomli alohida ob’yekt mavjud bo’lib, bu ob’yekt HTML kodida bajarilgan, Web-sahifada joylashtiriladigan va tarmoq orqali mijozga uzatiladigan alohida ob’yektdir.



    D. MICROSOFT ACCESSDA MA’LUMOTLAR OMBORINI YARATISH.

    Ma’lumotlar omborining dastlabki oynasida yuqorida sanab o’tilgan oltita asosiy ob’yektlarning ilovalardan tashqari yana uchta buyruq tugmachalari mavjud. Bular: «Отkрыть» (ochish), «Kонстukтор» (tuzuvchi), «Создать» (yaratish). Ochish tugmachasi tanlangan ob’yektni ochadi. Tuzuvchi ham tanlangan ob’yektni ochadi, lekin u ob’yekrtning tuzilmasinigina ochib, uning mazmunini emas balki, tuzulishini to’g’irlash imkonini beradi. Agar ob’yekt jadval bo’lsa, unga yangi maydonlar kiritish yoki mavjud maydonlarning xossalarini o’zgartirish mumkin. Yaratish tugmachasi yangi ob’yektlarni: jadvallar, so’rovlar, shakllar va hisobotlarni yaratish uchun ishlatiladi.MS Accessda MOni yaratishning ikki usuli mavjud. Ulardan biri bo’sh ba’zani yaratib, so’ngra unga jadvallar, shakllar, hisobotlar va boshqa ob’yektlarni kiritishdan iborat. Ikkinchi usul “Master” (usta) yordamida amalga oshirilib, uning yordamida barcha kerakli jadvallar, shakllar va hisobotlar ega bo’lgan ma’lum turdagi MO birdaniga yaratiladi. So’ngra tegishli o’zgartirishlarni bajarish mumkin. Access ishga tushurilgandan keyin paydo bo’lgan oynada “ustani ishga tushurish” parametrini tanlab, OK tugmasi bosiladi. Agar MO oldindan ochilgan bo’lsa yoki dastlabki oynasi yopilgan bo’lsa, uskunalar panelidagi «Создать базu данных» tugmasini bosish kerak. Kerakli MOning shabloni ustida sichqonch chap tugmasini ikki marta bosiladi. Ochilgan «Фаyл новоy базы» muloqot oynasidagi «Папkа» papkani tanlash «Имя фаyла» maydonida MOning nomini kiritsh va yaratish tugmasini bosish kerak. Keyingi muloqot oynasida usta yaratilayotgan MO qanday axborotni saqlashi kerakligi haqida ma’kumot chiqaradi. Muloqot oynasidagi ko’rsatmalarga amal qilish lozim. «Готово» parametri MO yaratish ustasini ishga tushiradi. Ochjiladigan muloqot oynasi ikkita ro’yhatdan iborat bo’ladi. Ulardan biri MO jadvallar ro’yhati, ikkinchisi – tanlangan kjadvalning maydonlari ro’yhati. Ushbu ro’yhatda jadvalga kiritilayotgan maydonlar belgilangan bo’ladi. Ustaning keyingi qadamida taklif qilinayotgan namunalardan ekranni jihozlashni tanlab olish va yana «Далее» tugmasini bosish kerak. Usta ishining keyingi bosqichida MO uchun yaratilayotgan hisbotlar ko’inishini aniqlash mumkin. Oxirgi oynada «Готово» bosish ustani MOni tuzosh uchun ishga tushirib yuboradi va u avtomatik yuqorida belgilangan parametrli MOni yaratadi.



    Nazorat savollari

    Ma’lumotlar ombori nima, turlari va farqlari? Access MOBT darchasining ilovalarini sanab bering?

    Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi nima? So’rovlar ob’yekti qanday vazilfalarni bajaradi?

    MOBT ning qanday dasturlarini bilasiz? Macros deganda nimani tushunasiz?

    Jadval tuzilmasiga ega ma’lumotlar omborlarida ustun va satrlar nima deb ataladi?

    Maydonlarning husuiyatlarini aytib bering?



    Ma’ruza 17

    ACCESSda ob’ektlar bilan ishlash. (jadval, so’rov, forma, hisobot) да от)


    Mavzuni o’rgatish texnologiyasi.


    Talabalar soni :

    25-50 ta.



    Vaqt – 2 soat

    O’quv mashg’ulotining ko’rinishi

    Informatsion mavzu – Bildim, bilaman, bilishni istayman

    Ma’ruza rejasi

    1. Access MOBT ob’yektlari bilan ishlashni o’rganish

    2. Jadvallar ustasi yordamida jadval yaratish.

    3. So’rovning “tanlab olish” turi bo’yicha o’z ma’lumotlaringizni tanlab olish.

    4. Shakl ustasi yordamida va “Konstruktor” o’z jadvalingizni qayta

    shakllantirish.

    5. “Avtoforma” shakl yaratish usulini imkoniyatlarini ko’rib chiqish

    6. Jadvalingizni “hisobotlar ustasi” va “avtohisobot” yordamida hisobot ko’rinishiga keltirish.


    Oquv mashgulotining maqsadi:

    1. Access MOBT ob’yektlari bilan ishlashni o’rganish.

    2. Jadvallar ustasi yordamida jadval yaratish.

    3. So’rovning “tanlab olish” turi bo’yicha o’z ma’lumotlaringizni tanlab olish.

    4. Shakl ustasi yordamida va “Konstruktor” o’z jadvalingizni qayta

    shakllantirish.

    5. “Avtoforma” shakl yaratish usulini imkoniyatlarini ko’rib chiqish

    6. Jadvalingizni “hisobotlar ustasi” va “avtohisobot” yordamida hisobot ko’rinishiga keltirish.


    Kalit so’zlar

    Konstruktor, hisobotlar ustasi, avtohisobot, “Avtoforma: v stolbets”, “Avtoforma: lentochnaya” yoki “Avtoforma: tablichnaya”

    Adabiyotlar ro’yhati

    1. Р.С. Асадуллина Информатика: Учебное пособие-Kувасай,2000.

    2.Х.З.Икрамова Информатика: Учебное пособие-Ташкент,2001.

    3. Х.З.Икрамова Kонспект лекций по дисциплине «Информатика» -Ташкент,2000.

    4. С.В.Симонович и др. Специальная информатика: Учебное пособие-Москва, 2000.



    O’qituvchining vazifasi:

    ACCESSда объеkтлар билан ишлаш (жадвал, запрос, форма, ҳисобот) yo’llari bilan tanishtirish

    O’qitish faoliyatining natijalari:

    Talaba majbur:

    ACCESSда объеkтлар билан ишлаш (жадвал, запрос, форма, ҳисобот) yo’llari bilan ishlashni bilishi.



    O’qitishning usuli va texnikasi

    MA’RUZA – savol-javob, ma’lum qilib o’rganish, texnika, prezentasiya, insert, amaliy vazifalar,

    O’qitish qurollari

    Kompyuter, tizimli dasturlar, A32 formatli qog’oz.

    O’qitish sharoiti

    Kompyuterlar joylashgan auditoriya



    Ma’ruzani texnologik kartasi


    Etaplar, vaqt

    Faoliyat tarkibi.

    O’qituvchi

    Talaba

    1 etap. Kirish (10 min.)

    1.Mavzu, maqsadni, o’quv mashg’ulotning mo’ljallangan natijani va uni o’tkazish rejasini e’lon qiladi . konspektni va darsni mustahkamlash uchun vazifa tarqatadilar.

    2. Access MOBT ob’yektlari bilan ishlashni Jadvallar ustasi yordamida jadval yaratish o’rgatish..

    3. So’rovning “tanlab olish” turi bo’yicha o’z ma’lumotlaringizni tanlab olish.

    4. Shakl ustasi yordamida va “Konstruktor” o’z jadvalingizni qayta shakllantirish.

    5. “Avtoforma” shakl yaratish usulini imkoniyatlarini ko’rib chiqish va Jadvalni “hisobotlar ustasi” va “avtohisobot” yordamida hisobot ko’rinishiga keltirishni ko’rsatish..

    5. Savol-javob o’tkazadilar



    Eshitadilar

    Yozadilar,

    Javob beradilar


    2 etap. Asosiy qism

    (60 min.)



    1.Talabalarga alohida vazifa beradilar

    2. Savol-javob o’tkazadilar

    3.Ko’rgazmali qurollardan, konspektdan foydalanib, ma’ruza o’qiydilar.


    Muhokama qiladilar, savollarga javob beradilar O’z fikrlarini aytadilar

    III etap

    Xulosa


    (10 min)

    1. Xulosa qiladilar, natijalarni umumlashtiradilar, qatnashganlarni baholaydilar, aktiv talabalarni mukofatlaydilar.

    2. Uyga, mustaqil ishlash uchun vazifa beradilar:o'tilgan mavzuga tegishli savollarga javob yozib kelish.



    Eshitadila

    yozadilar




    TAYANCH KONSPEKT
    Jadval ilovasida “yaratish” tugmachasini bosish kerak. “Jadvallar ustasi” elementida sichqoncha tugmachasini ikki marta bosiladi. Natijada ekranda muloqot oynasi hosil bo’ladi. Jadvallar ustasining muloqot oynasidagi ko’rsatmalarga rioya qilish lozim. Kerak bo’lgan holda “Jadvallar ustasi” bilan ish tugagandan so’ng, hosil bo’lgan jadvalni “Konstruktor” holati yordamida o’zgartirish yoki kengaytirish mumkin.

    So’rovlarning ko’p uchraydigan turi bu tanlab olish so’rovlaridir. Uning maqsadi MO ma’lumotlari orasidan berilgan shartlarga bo’ysunadigan ma’lumotlarni tanlab natijaviy jadvalni chop etishdir. Ombor uchun so’rov yaratishda MO ning muloqot oynasida “so’rovlar” ilovasini tanlash, so’ngra “yaratish” tugmachasini bosish kerak. Natijada “yangi so’rov” muloqot oynasi ochiladi. “Konstruktor” holatida so’rovni yaratish MOdan shu so’rov asosini tashkil etadigan jadvallarni tanlashdan boshlanadi. Jadvalni tanlash “jadvalni qo’shish” muloqot oynasida bajariladi.

    Shakl ustasi asosiy ishlarni avtomatik bajargani uchun shaklni yaratish jarayoni tezlashadi.

    Undan foydalanganda Access shakl yaratish uchun asos bo’ladigan ma’lumotlarni kiritshni so’raydi.

    Shakllni sozlash uchun “Konstruktor” holatiga o’tib olish kerak. “Avtoforma” yordamida

    shakl yaratish uchun quyidagilarni bajarish kerak: MO oynasida “jadvallar” yoki “so’rovlar”

    ilovasini tanlash; shakl yaratishga asos bo’ladigan “jadval” yoki “so’rovni” ixtiyoriy holatda

    ochish; “Yangi ob’yekt” tugmachasi yonidagi ro’yhatni ochish tugmachasini bosish va “avtoforma” elementini tanlash. “Avtoforma: v stolbets”, “Avtoforma: lentochnaya” yoki “Avtoforma: tablichnaya” elementlari tanlanganda shakl avtomatik ravishda yaratiladi. MO muloqot oynasida “hisobotlar” ilovasini tanlanadi va “yaratish” tugamachasini bosiladi. “Yangi hisobot” muloqot oynasida kerakli hisobot ustasini tanlanadi. Bunda ustaning bajarishi mumkin bo’lgan ishlari ro’yhati muloqot oynasining chap qismida chiqadi. “Hisobot”ga kiritiladigan ma’lumotlarni o’z ichiga oluvchi “jadval” yoki “so’rov” tanlanadi va OK tugmachasi bosiladi. Agar yangi “hisobot” oynasida “hisobot” ustasi, diagramma ustasi yoki yopishtiriluvchi suratlar ustasi tanlab olingan bo’lsa, ularni tegishli muloqot oynalarida chiqadigan ko’rasatmalarni bajarish lozim. Agar “avtohisobot” ustalaridan biri tanlab olingan bo’lsa, “hisobot” avtomatik tarzda yaratiladi. Yaratilgan “hisobotga” o’zgartirish kiritish kerak bo’lsa, buni “konstruktor” holatida bajarish mumkin.



    Nazorat savollari

    1. Bo’sh jadval yaratish usullarini aytib bering. Avtoforma yordamida shakl qanday yaratiladi?

    2. Jadvallar ustasi yordamida jadval qanday yaratiladi?

    3. So’rovlarni qanday turlarini bilasiz? Avtohisobot yordamida hisobot qanday yaratiladi?

    4. Shakl nima. Uni yaratishni qanday usullari bor?

    5. Tanlab olish so’rovi qanday yaratiladi? Hisobot ustasi bilan hisobot yaratishni aytib bering.

    Маърuза 18. Kомпьютер тармоқлари, uларнинг тuрлари.Глобал kомпьютер тармоғи.

    Маърuза 19. Елеkтрон почта ҳақида тuшuнча. Елеkтрон почта очиш.





    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11


    Download 0.88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa


    Tashkent Arxitektura qurilish instituti

    Download 0.88 Mb.