Tashkent Arxitektura qurilish instituti




Download 3,79 Mb.
bet20/135
Sana19.03.2017
Hajmi3,79 Mb.
#409
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   135
TAYANCH KONSPEKT

Shaxsiy kompyuterlar – ma’lumotni qayta ishlash uchun qo’llaniladigan universal qurilmadir. Nima uchun universal deymizki, qandaydir ma’lum bir (oldindan joylashgan) funksiyani bajaradigan televizor, magnitofon, telefonga nisbatan kompyuter istalgan ko’rinishdagi axborot ustida ishlashi mumkin.(yoyinki, jadval, matn, grafiklar, rasm chizish, tayyor rasmni qo’yib, bosmaga chiqarish mumkin. )

Demak, kompyuter boshqa qurilmalar kabi oldindan belgilangan vazifalarni bajaribgina qolmay, balki turli xil vazifalarni bajarishi mumkin. Lekin bu vazifalarni kompyuter o’z-o’zidan bajara olmaydi. Kompyuter tomonidan bajariladigan barcha amallar unga yozilgan amallar ketma-ketligi u tushunadigan tilda aniq va to’liq yozilgan programma asosidagina amalga oshiriladi.

Kompyuter ichidagi dasturlarni o’zgartiribgina qolmay, balki shu kompyuterni buxgalter ish joyi, konstruktor, yoki kompozitor, yoki arxitektor ish joyini tashkil etish mumkin.

Demak, kompyuterdan to’la – to’kis foydalanish uchun unda qanday dasturlar bor va bu dasturlar qanday vazifalarni bajarishi mumkinligi haqida, ma’lumotga ega bo’lishimiz mumkinligi haqida ma’lumotga ega bo’lishimiz kerak.Vaholanki, kompyuter uchun yozilgan dasturlar juda ko’p va shartli ravishda uni 3 turga bo’lish mumkin:


  1. Amaliy dasturlar. 2. Tizim (sistemali) dasturlar 3. Instrumental dasturlar.

Amaliy dasturlar – foydalanuvchi uchun zarur bo’lgan masalalarni yechish uchun yoki boshqacha qilib aytganda, biror bir soha masalalarini yechish uchun mo’ljallangan kompyuter uchun 100 mingdan ortiq amaliy dasturlar ishlab chiqilgan. Bulardan o’uyidagilari keng qo’llanilayapti:

Taxrirlagichlar, jadvalli prosessorlar, nashriyot sistemalari, ma’lumotlar ombori bilan ishlaydigan dasturlar, buxgalter dasturlar, slaydlar, prezentasiyalar, grafika, kompyuter o’yinlari, rasm,videofilm tayyor dasturlar.

Demak, amaliy dasturlar – bu muayyan sinf vazifalarini hal etish uchun mo’ljallangan dasturlar majmuidir. Amaliy dasturlar operasion tizimlar boshqariluvi ostida ishlaydi.

Instrumental dasturlar – yangi dasturlar yaratishda foydalanadigan dasturlardir. Amaliy dasturlardan qoniqmagan ayrim dasturchilarni , o’zlari yangi dasturlar yaratishadi. Hozirgi muxitlarda

(Windows ) ishlaydigan programmalar , SI, SI++ , Paskal, Beysik, Delpi va boshqalardir.

Tizim dasturlar – kompyuterning ishlashi uchun zarur bo’lib, u kompyuterning ishlashini boshqaradi, uning turli qurilmalari orasida muloqatni tashkil qiladi. Kompyuterdan foydalanishni osonlashtiruvchi tizim dasturning yadrosi - (1) operasion tizimlardir.

Operasion tizim foydalanuvchi va kompyuter orasida bevosita muloqat o’rnatishni, kompyuterni boshqarishni, foydalanuvchi uchun qulaylik yaratishni, kompyuter resurslaridan oqilona foydalanish va xokazolarni ta’minlovchi dasturlardir. Masalan, UNIX, MS DOS, OS/2, Linux, WINDOWS, MACINTOCK va boshqalar. Bunday tashqari xizmat qiluvchi dasturlar mavjud.

U dasturlar – (2) utilitlar deb atalib, yordamchi amallarni bajarib, kompyuter ishlashini qulaylovchi dasturlardir. (Antivirus dasturlari, arxiv dasturlar, kompyuterni diagnostika qiluvchi dasturlar va h.k.)

(3) Drayverlar - tizim dasturlarda muhim o’rin egallovchi dasturlardan biridir. Drayverlar tashqi qurilma bilan ishlash imkoniyatini yaratadi, ya’ni yangi ma’lumot almashish protokoli ni o’rgatadi, OT ning imkoniyatlarini kengaytirib beradi. Masalan, OT da rus alfaviti bilan ishlay olamiz .

(4) Qobiq dasturlar - foydalanuvchining kompyuterdagi ishini qulayroq va ko’rgazmali tashkil etadi. Bir qator qo’shimcha servis xizmatlarni taqdim etadi. Masalan , DOS – NC, Windows-3.1, Norton disktor, Norton Navidator.

OT tarixiga bir nazar solsak, 8 razryadli shaxsiy kompyuter uchun yaratilgan birinchi SP/M( Control Programm for Microcomruters, ya’ni mikrokompyuterlar uchun boshqaruvchi dasturlar) nomi bilan tanilgan. Uning muallifi Digital Research kompaniyasining prezidenti Geri Kildell bo’lgan.16 razryadli yangi kompyuterlar yaratish g’oyasini dasturlar yaratuvchi, Microsoft ( Maykrosoft) kompaniyasining asoschisi va prezidenti, multimilliarder Bill Geyts ilgari surgan. U IBM firmasi bilan hamkorlikda ishlashga rozi bo’ladi.

Bill Geyts bilan Pol Allek Basic dasturlash tili uchun tarjimon dastur yozishdi. Shundan so’ng 16 razryadli kompyuterlar uchun OT yaratish jadallashdi va 1981 yilda shaxsiy kompyuterlar uchun birinchi yaratilgan CR/M OTning ko’p g’oyalarini o’zida mujassamlashtirgan. MS Dos ( Microsorf Disk Oreration System – Maykrosoft diskli OT i) OTi 1981 yil avgust oyida paydo bo’ldi. Shundan keyin MS Dos rivojlantirish davom ettirildi. Versiyalari MS Dos 1.1., MS Dos 2.0, MS Dos 2.1, 1984 yilda MS Dos 3.0 IBM PC AT shaxsiy kompyuterlariga 80286 mikroprosessorga asoslangan 5,25 duymli diskovodda ishlashga mo’ljallangan OT yaratildi. 1986 yilda Compad Comruter firmasi 80386 mikroprosessorga asoslangan IBM kompyuterini chiqardi. 1987 yil MS Dos 3.3 yaratilib, 3 3,5 duymli, ya’ni 1,44 Mbaytli disklar bilan ishlash imkoniyatini berdi.MS Dos OT tashkil etuvchilari quyidagilardan iborat:



  • BIOS kiritish chiqarish tizimi : Doimiy xotirasiga joylashtirilgan bo’lib, OT kiritish – chiqarish amallari bilan bog’liq xizmatni bajaradi.(Basic Inrut Outrut System)

  • IPL yuklovchi dastur. DOS ni EHM tezkor xotirasiga yuklash. Diskning maxsus birinchi sektoriga joylashgan bo’ladi.

  • IO.SYS va MS DOS. SYS dasturlari diskda joylashgan bo’lib, murakkab kiritish-chiqarish amallarini bajaradi.

  • COMMAND.COM buyruq prosessori, diskda joylashgan DOS ishini boshqarish uchun xizmat qiladi. Bir qancha buyruqlarni bajaradi (cd, ols, cory,…, vol) ichki buyruqlari COMMAND.COM ning o’zida joylashgan.

  • Tashqi buyruqlari OT bilan birgalikda tavsiya etiladi. Ular alohida ko’rinishdagi dasturlardir. Masalan, format

  • Qurilmalar drayver diskda joylashgan bo’lib, shahsiy kompyuter va tashqi qurilmalar o’rtasida “Muloqat” vositasini o’taydi. Drayverlar nomi CONFIG.SYS faylida ko’rsatiladi.

Kompyuter elektr tarmog’iga ulanishi bilan BIOS kompyuter xotirasi va qurilmalarining ishga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini maxsus test yordamida tekshirib chiqadi.

Agar chetlab o’tish mumkin bo’lgan xatolik chiqib qolsa, F1 ni bosing degan buyruq chiqadi.Shundan so’ng BIOS boshqaruvni IPLga uzatadi. IPL XMni sozlab, tezkor xotiraga IO.SYS va MS DOS.SYS disk faylllarini yuklaydi. Boshqaruv buyruq prosessori COMMAND.COM ga beriladi. Shundang so’ng ekranga quyidagi axborot chiqadi: C:\> . Bu deganani MS DOS foydalanuvchining buyrug’ini qabul qilishga tayyor ekanligini bildiradi.

WINDOWS degani inglizchadan oyna degan ma’noni anglatadi. WINDOWS OT asosiy maqsadi – kompyuterdan foydalanishni iloji boricha sodda va o’rganish uchun oson, shu bilan birga, foydalanuvchiga mumkin qadar keng imkoniyatlar yaratish holiga keltirishdir. WINDOWS Microsorf firmasining mahsuli bo’lib, uning birinchi versiyalari WINDOWS 3.0 WINDOWS 3.1 WINDOWS 3.11 WINDOWS 3.12 WINDOWS 3x. Bu OT MS DOS muxitida ishlardi. MS DOS OT kengaytiradi. WINDOWS 1983 yilda yaratilganligiga qaramasdan u birinchi bor 1985 yilning noyabrida sotila boshlangan. Ishlashi uchun 20 MB qattiq disk bajara olgan. Bu OT ning vazifalaridan bir qismigina 2 yaxshisi 4 Mb operativ xotipadan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

WINDOWS 95 OTning ruscha varianti 1995 yil sentyabridan qo’llanila boshlangan. WINDOWS 95 OT o’zi mustaqil OT bo’lib ishlay boshladi.

WINDOWS oldingi versiyasi 16 razryadli 70-90 Mb vinchesterli yadroda boshlagan bo’lsa, WINDOWS 95da 32 razryadli yadroning tatbiq etilishi tufayli samapadorlik va ishonchlilikni keskin oshirishga erishildi. WINDOWS 95 OT – shunchaki, OT emas, balki ko’plab yangi, foydali va qiziqarli narsalarni o’zida saqlaydigan dasturiy maxsulotdir.

WINDOWS OT eng yaxshi OT deb tan olindi. Bu OT tarmoq bilan ishlash imkoniyatini yaratib berdi.

WINDOWS 2000 , XR OT multimedia imkoniyatlarini to’liq oshirdi. Audio, ovoz, video imkoniyatlari, hamda tarmoqqa ulanish jadal sur’atlar bilan o’sdi. WINDOWS oldingi versiyasiga qo’shimcha qurilmalar ulashga drayverlar ( kichik programma bir qismi ikkinchisiga ulash) alohida kerak bo’ladi. WINDOWS XPda bu imkoniyat o’zida joylashgan bo’lib, u o’zi bu qo’shimcha qurilmalarni ulaydi. WINDOWS XP 64 razryadli yadroda ishlaydi. (ya’ni fayl strukturasi). Universal Serial Bus (USB) shinasi tashqi qurilmaning oson ulanishini ta’minlaydi. TV kartalar ulanishni ta’minlaydi.

Shuningdek, WINDOWS tipidagi sistemalarning (tizim) yangi versiyalari eskilarida mavjud bo’lgan texnologiyalar va ilovalar bilan mosligini saqlab qolgan.

WINDOWS 95 ning imkoniyatlari quyidagilar:

Universal grafika - WINDOWS programmalarining qurilmaga va programma ta’minotiga bog’liqsizligini ta’minladi.

Yagona interfeys – WINDOWSda fioydalanuvchining muloqati yagona , ya’ni turli proogrammalar bilan ishlash qoidalari umumiydir.

Mavjud programma ta’minoti bilan muofiqligi – WINDOWS MS DOS ning barcha amaliy paketlari , muxarirlari , elektron jadvallar ishini ta’minlaydi.

Ko’p masalaligi – WINDOWS bir paytning o’zida bir necha hujjat bilan ishlaydi, bir programmadan boshqasiga o’tishni ta’minlaydi.

Ma’lumotlar almashinuvi – WINDOWS programmalararo ma’lumot almashish imkoniyatiga ega.WINDOWS ni ishga tushirish uchun, u vinchesterdan OX ga yuklanish zarur. Buning uchun kompyuter yoqilgandan so’ng avtomat ravishda WINDOWS ishga tushiriladi. Oldingi versiyalarida (WINDOWS 3.1... u kompyuter xotirasiga MS DOS buyruqlar satridan WIN deb terilib, chaqirilar edi va ekranda quyidagi oyna raydo bo’ladi.



Moy kompyuter Moi dokument Setevoe okrujenie


WINDOWS ning bu ekrani ishchi stoli deb ataladi. Sizning ishchi stolingizda xujjatlar, asboblar, yozuv qog’ozlari, musor soladigan chelakcha va shu kabilardan joylashganidek kompyuter ekranida ham ishlashi uchun kerak bo’lgan ma’lumotlar joylashtiriladi. Ish stoli ko’rinishi foydalanuvchi tomonidan o’zgartirib turilishi mumkin.

WINDOWS da ko’plab elementlarini yodda saqlash, ajratib olish va ular bilan ishlash oson bo’lishi uchun piktogrammalar (yorliqlar) deb ataluvchi mos белгилар qo’yiladi. Ularni ko’pincha ikonalar (timsollar) deb ham ataladi. Ular mos programmani xotiraga tez gapirish (yuklash) imkoniyatini bepadi.

Ekranda ko’proq hollarda sistema papkalari va ko’p murojat qilinadigan ob’ektlarning yorliqlari joylashgan bo’ladi. Ulardan biri “Moy kомпьютер”. Bunda kompyuter resurslariga ulanish va kirishingiz mumkin .“Moи доkuменты” sizning ish hujjatlaringiz saqlanishi mumkin (rasm, video va h.k. fayllar).

“Сетевое оkрuжение” (tarmoq doirasi) . Bu dastur mahalliy tarmoq kompyuterlari ro’yxatini ko’rish va ularning resurslariga kirish uchun ishlatiladi.

“Интернет” dagi Wev sahifalarini ko’rib chiqish programmasi.

“Kорзина” – olib tashlangan (yo’qotilgan) fayllarni vaqtincha saqlovchi joy bo’lib, u o’sha fayllarni kerak bo’lganda qayta tiklashi mumkin.

Masalalar paneli: Ish stolining oxirgi satri “Панель задач” deb ataladi va unda ishlayotgan masalalar aks ettiriladi. (nomi, piktogrammasi). Bu panelda vaqtni ko’rsatuvchi knopkalar, til alifbosi mavjud. Masalalar panelining chap burchagida Пuсk klavishasi joylashgan. Bu OTning bosh menyusiga kirishni ta’minlaydi.

Masalalar panelini (signal yordamida) ekran chegarasining hohlagan qismiga tepa yoki pastga, chap yoki o’ngga joylashtirish mumkin.

WINDOWS dan foydalanuvchilar 3 turdagi menyu bilan ishlashi mumkin.


  • OS ning asosiy menyusi;

  • barcha ob’ektlarning kontekst menyulari;

  • programma (dastur) menyulari;

  • programma va hujjat oynalarining , shuningdek muloqat oynalarining menyusi

Menyu

bu biror operasiyani bajarish imkonini beruvchi buyruqlar majmuidir. Menyular monitor ekranida joylashishiga ko’ra, vertikal va gorizontal menyularga bo’linadi. Programma oynalarining menyusi gorizontal bo’lib, u sarlavha satrining tagida joylashgandir.

Vertikal menyu – yuqoridan pastga qarab ochiluvchi menyudir.


  1. Asosiy menyu “Пuсk” tugmachasi bosilganda ochiladi, uning vazifasi programmani ishga tushirish, hujjatni ochish, sistema parametrlarini sozlash, kerakli faylni topish, zaruriy ma’lumotlarni olish va x.k. bajarish mumkin.

2. Kontekst menyu – oynaning ixtiyoriy joyida sichqonchaning o’ng tugmasini bosish yordamida ochiladi. Bu menyu bandlari qaysi element ajratilgani, qanday operasiya bajarilayotgani va shu kabi holatlarga bog’liq holda o’zgaradi.

3. Programma menyuda bu tahrirlagichlar, elektron jadvallar, rasm, tasvir tahrirlash menyulari.

4. programma hujjat oynalari, shuningdek muloqat oynalarining boshqaruvi menyusi.


Download 3,79 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   135




Download 3,79 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tashkent Arxitektura qurilish instituti

Download 3,79 Mb.