|
Tashkent Arxitektura qurilish instituti
|
bet | 44/135 | Sana | 19.03.2017 | Hajmi | 3,79 Mb. | | #409 |
Tanlash operatori.
Tanlash operatorlari biror bir ifodaninig qiymatiga bog’liq ravishda bir necha ketma-ket operatorlardan bittasini bajarish kerak bo’lganda ishlatiladi. Tanlash operatori quyidagi ko’rinishda yoziladi:
CASE_ ifoda_ OF
1-o’zgarmas: 1-operator;
2-o’zgarmas: 2-operator;
……………….
N-o’zgarmas: N-operator;
END.
Bu yerda CASE (holatda), OF (undan), END (tamom)- xizmatchi so’zlar.
Tanlash quyidagicha bajariladi: agar ifodaning qiymati o’zgarmaslarning biriga teng bo’lsa, unda shu o’zgarmasga tegishli operator bajariladi va dasturda tanlash operatoridan keyingi operator bajariladi. Agar ifodaning qiymati o’zgarmaslarning birortasiga ham teng bo’lmasa , unda tanlash operatoridan keyingi operator bajariladi. Ifoda haqiqiy bo’lishi mumkin emas. O’zgarmasning turi ifodaning turi bilan mos kelishi kerak.
|
| |