• Nutq o’stirishdagi metodlar va innovatsion texnologiyalar
  • Tashkent Medical Academy Volume 4




    Download 0,56 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/6
    Sana16.02.2024
    Hajmi0,56 Mb.
    #157742
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    maktabgacha-yoshdagi-bolalar-nutqini-rivojlantirish

    Tashkent Medical Academy 
    Volume 4 | TMA Conference | 2023
    Integration of Science, Education and Practice 
    in Modern Psychology and Pedagogy: 
    Problems and Solutions 
    Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan
    ta’lim va amaliyot integratsiyasi:
    muammo va yechimlar 
     
     
     
     
    1041
     
    May 6 
    https://tma.uz/ International Scientific and Practical Conference 
    qiladi, muloqotga kirishadi. Maktabgcha yoshdagi bolalarning nutqini o‘stirishda 
    oldindan tayyorlangan mavzularda suhbatlar, teatrlashtirish usullari, sahnalashtirish 
    o‘yinlari, savol-javoblar juda foyda beradi. Ta’kidlash joizki, bola uchun katta 
    yoshli odam savollarga javob topishning yagona vositasi, qiziqarli taassurotlar 
    manbai hisoblanadi. Bola kattalar bilan dialogga kirishishga, narsalar va 
    oʻyinchoqlarga egalik qilishga intilarkan, u ushbu maqsadlarga erishish uchun 
    soʻzdan foydalanishga ehtiyoj sezadi, bа’zida oʻzi tashabbus koʻrsatib, fikr 
    bildiradi. Katta yoshli odam bola bilan dialogga kirishish jarayonida bolaning bir 
    soʻzli fikrlarini grammatik jihatdan toʻliq shakllantirilgan soʻzlarga aylantirish 
    orqali uning kamchiliklarini tuzatadi. Bola o‘rganganlarini faol oʻzlashtiradi va 
    undan oʻz nutqida foydalanadi. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolalar 
    nutqini rivojlantirishda uning ota-onasi, aka-opalari va tarbiyachilarining hissasi 
    katta. 
    Nutq o’stirishdagi metodlar va innovatsion texnologiyalar 
    Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish “Ilk qadam” Davlat oʼquv 
    dasturida belgilangan bolalarga taʼlim berishda kompetentsiyaviy yondashuvning 
    muhim qismi sanaladi. 6-7 yoshli bolaning umumiy muhim kompetentsiyalari sifatida 
    birinchi navbatda, kommunikativ kompetentsiya, yaʼni muloqot vositalaridan turli 
    vaziyatlarda foydalana bilish koʼnikmasini shakllantirish belgilangan. Demak, 
    tarbiyalanuvchilarning oʼyin, bilish va ijtimoiy kompetentsiyasi qatorida muloqot 
    kompetentsiyasi asosiy oʼrinni egallaydi. Shunday ekan, MTTda har bir taʼlimiy 
    faoliyat mazmunida bolaning nutqini oʼstirish va muloqotchanlik koʼnikmalarini 
    shakllantirish asosiy vazifa hisoblanadi. Bola yangi bilimlarni oʼyinlar va didaktik 
    vositalar asosida oʼzlashtirganida samaradorlik yuqori boʼladi. Yaʼni badiiy 
    adabiyotni oddiy oʼqib berishdan koʼra innovatsion taʼlim texnologiyalarini qoʼllagan 
    holda faoliyatga tatbiq etish har bir bolaning nutqini rivojlantirish jarayonini 
    taʼminlaydi, tezlashtiradi va shu bilan taʼlim sifatini oshirishga yordam beradi. 
    Buning uchun maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishning yangi 
    texnologiyalarini ishlab chiqish va jarayonda faol qoʼllash talab etiladi. Maktabgacha 
    yoshdagi bolalar nutqini shakllantirish muhim va qiyin vazifadir. Ushbu muammoni 
    muvaffaqiyatli hal qilish ham bolalarni yaqinlashib kelayotgan maktabga tayyorlash 
    uchun, ham boshqalar bilan qulay muloqot qilish uchun zarurdir. Bolalar nutqini 
    rivojlantirish boʼyicha yurtimiz va MDH davlatlari pedagoglari qator izlanishlar olib 
    borishganki, xususan, R.Inogʼomova, L.Moʼminova, V.Gerbova, 
    M.Konin, G.Lyamina, O.Ushakovalarning pedagogik xazinasidan 



    Download 0,56 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 0,56 Mb.
    Pdf ko'rish