Tashkillashtirishda foydalanish




Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana10.02.2024
Hajmi0,58 Mb.
#154317
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
axborot-texnologiyalaridan-ta-lim-jarayonini-tashkillashtirishda-foydalanish

SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 4 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 825
borilmoqda. Ushbu muammoning ilmiy nazariy asoslari, har bir pedagogik 
texnologiyaning o‘ziga xos jihatlari ishlab chiqilib, yetarli darajada tajribalar to‘plandi. 
Ta’lim jarayoniga pedagogik va axborot texnologiyalarni joriy etishda xorijiy 
mamlakatlarning tegishli tashkilotlari yaqindan yordam ko‘rsatmoqda. «Pedagogik 
texnologiya» so‘z birikmasi asosida «texnologiya», «texnologik jarayon» tushunchalari 
yotadi. Ushbu tushunchalar orqali sanoatda tayyor mahsulotni olish uchun bajariladigan 
ishlarning ketma-ketligi haqidagi texnik hujjat, ta’limda esa fan bo‘yicha uslubiy 
tadbirlar majmuasi tushuniladi. Pedagogik texnologiyani tushunishning asosiy yo‘li aniq 
belgilangan maqsadlarga qaratish, ta’lim oluvchi bilan muntazam o‘zaro aloqani 
o‘rnatish, pedagogik texnologiyaning falsafiy asosi hisoblangan ta’lim oluvchining 
xatti-harakati orqali o‘qitishdir. O‘zaro aloqa pedagogik texnologiya asosini tashkil 
qilib, o‘quv jarayonini to‘liq qamrab olishi kerak. Pedagogik texnologiya atamasiga har 
bir didakt olim o‘z nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda ta’rif bergan. Hali bu 
tushunchaga to‘liq va yagona ta’rif qabul qilinmagan. Ushbu ta’riflar ichida eng 
maqsadga muvofig‘i YUNESKO tomonidan berilgan ta’rif sanaladi. 
Hozirgi kunda umumiy o‘rta ta’limning biror o‘quv fanini to‘liq ravishda yoki 
uning qaysi qismini AKTdan foydalanib o‘tsa qanday samara berishini, yoki AKTni 
qo‘llashning pedagogik tamoyillarini, uning psixologik xususiyatlarini, uning bilish 
jarayoniga ta’sir qilish mexanizmi va omillarini, shuningdek yana boshqa ko‘p 
jihatlarini kompleks tadqiq qilish dolzarb bo‘lib bormoqda. Bu esa ta’lim tizimida, 
xususan o’quv jarayonlarini tashkil etish va amalga oshirish, o’quv-uslubiy ta’minotni 
rivojlantirish, ayniqsa o’quv mashg’ulotlarini o’tish va o’zlashtirish samaradorligini 
oshirish borasida yangicha mazmun va mohiyat shakllanishiga asos yaratmoqda. 
Bunday ulkan vazifani muvaffaqiyatli amalga oshirishda o’qituvchi va talabalarga 
davlat tilida kerakli o’quv adabiyotlarini yetkazish alohida ahamiyatga ega. Uslubiy 
ko’rsatma umumta’lim maktablarida faoliyat ko`rsatayotgan o’qituvchilar uchun 
mo’ljallangan bo’lib, unda ta’lim tizimida, xususan o’quv jarayonlarini tashkil etish va 
amalga oshirish, o’quv-uslubiy ta’minotni rivojlantirish, ayniqsa o’quv mashg’ulotlarini 
o’tish va o’zlashtirish samaradorligini oshirish borasida yangicha mazmun va
mohiyat shakllanishi bilimlarini o’z ichiga olgan. Ta’lim sohasidagi barcha 
islohatlarning asosiy maqsadi ma’naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonlarni 
tarbiyalash, ta’lim tizimini takomillashtirish, dars jarayonlarini yangi pedagogik va 
axborot texnologiyalari asosida har tomonlama zamon talabiga mos ravishda amalga 
oshirishdan iboratdir. Shuning uchun ham bugungi kunda ta’lim - tarbiya tizimida 
kompyuter va axborot texnologiyalarining zamonoviy texnologiyalaridan samarali 
foydalanishga alohida e’tibor berilmoqda. Bu esa ta’lim jarayonida o’quvchilarga turli 
fanlardan bilim beruvchi pedagog kadrlarni axborot texnologiyalarining zamonaviy 
vositalalaridan foydalanishlari uchun, eng avvalo bu sohadagi bilim va malaka 



Download 0,58 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish