Og‘zaki muloqot xususiyatlari quyidagilardan iborat




Download 48.98 Kb.
bet6/10
Sana19.01.2023
Hajmi48.98 Kb.
#38704
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
7-amaliy (2)
ДАРС ЖАДВАЛИ, 10-sinf INFORMATIKA, Kompyuter savodxonligi, 8-maruza, ta-limning-turli-bosqichlarida-innovatsion-texnologiyalardan-foydalanish-samaradorligini-oshirish, isajon-sulton-hikoyalarida-bo-ri-obrazi, qotishmalar nazariyasi, metallar, 88 (18), 88 (11), 88 (14), bub44, Mashina detallar, Tojiboyev R.N. Mashina detallari. (1)
Og‘zaki muloqot xususiyatlari quyidagilardan iborat:

  • Og‘zaki muloqot tezkorlik bilan amalga oshadi;

  • Og‘zaki muloqotda gap qurilishini aql nazorat qilib boradi;

  • Og‘zaki muloqot, asosan, tahrir imkoniyatidan mahrum bo‘ladi;

  • Og‘zaki muloqotda ellipsisga yo‘l qo‘yiladi;

  • Pauza ohang, urg‘u, imo-ishoralar, mimikalar muhim ahamiyat kasb etadi.

  • Og‘zaki muloqotda talaffuzning ahamiyati kata;

1. Ogʻzaki muloqot kommunikativ jarayon bilan bevosita bogʻliq boʻladi, shuning uchun har kim ifodalayotgan fikriga mos soʽzni, gapni tanlay olish qobiliyatiga ega boʻlishi kerak. Ogʻzaki muloqot tayyorgarliksiz, ya’ni favqulodda yuzaga keladi, shuning uchun kishi oʽz nutqida voqeylikdan uzoqroq soʽzni ishlatib yuborishi ham mumkin. Natijada aytilgan nutq nishonga borib tegmaydi, koʽzlangan maqsad amalga oshmay qoladi. Ogʻzaki muloqot jarayonida odam bir vaqtning oʽzida fikrlaydi hamda soʽzlaydi, Shuning uchun voqeylikka mos soʽzlarni tanlashga deyarli imkoniyat boʻlmay qoladi.
2. Bunda xotiraning roli katta. Agar xotira sust boʻlsa, ogʻzaki muloqotda gap
tuzilishi, soʽz birikmalari oʽzaro mantiqan va grammatik jihatdan bogʻlanmay qoladi.
3. U qanday shaklda namoyon boʻlgan boʻlsa, shundayligicha tinglovchiga yetib boradi.
4. Ya’ni nutqning tejamkor boʻlishi uchun ba’zi gap boʻlaklari tushiriladi. Toʻliqsiz gaplar koʻp qoʻllanadi. Ogʻzaki muloqotda takrorlar, qaytariqlar koʻp uchraydi.
5. Ogʻzaki muloqotda soʽzlovchining faol nutqiy harakati pauza (toʻxtam), ohang, urgʻu, unlilarning choʽzib talaffuz etilishi; turli xil jest (imo-ishora)lar, mimika (qiyofaning oʽzgarishi)lar fikrning tinglovchiga yetib borishida muhim ahamiyat kasb etadi.
6. Gapga ustalikni talaffuz ravonligidan ayricha tasavvur etib boʻlmaydi.
Ogʻzaki muloqot ma’lumot yoki xabar ogʻzaki soʽzlar orqali almashilganda sodir bo‘ladi. Bu ham yuzma-yuz, ham mexanik uskunalar orqali bajarilishi mumkin. Va aniqki, ikkala holatda ham bu tashkilotda muhim ahamiyatga ega. Tashkilotda yuzma-yuz muloqot konferensiya, guruh muhokama, shaxsiy suhbat va shu kabilar orqali bajarilishi mumkin. Mexanik uskunalar zamonaviy biznes muloqot jarayonida muhim rol o‘ynaydi va oʽz ichiga signallar, telefon, mobil telefoni, elektron pochta, faks va hokazolarni oladi.

Download 48.98 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 48.98 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Og‘zaki muloqot xususiyatlari quyidagilardan iborat

Download 48.98 Kb.