• “Blits-o„yin” metodi Metodning maqsadi
  • Metodni amalga oshirish bosqichlari
  • Tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




    Download 3,31 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet10/74
    Sana23.05.2024
    Hajmi3,31 Mb.
    #251667
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   74
    Bog'liq
    ba599f45c395a4899ef9bf40544d90a5

     “Tushunchalar tahlili” metodi
    Metodning maqsadi:
    mazkur metod talabalar yoki qatnashchilarni mavzu 
    buyicha tayanch tushunchalarni o„zlashtirish darajasini aniqlash, o„z bilimlarini 
    mustaqil ravishda tekshirish, baholash, shuningdek, yangi mavzu buyicha dastlabki 
    bilimlar darajasini tashhis qilish maqsadida qo„llaniladi. 
    Metodni amalga oshirish tartibi: 

    ishtirokchilar mashg„ulot qoidalari bilan tanishtiriladi; 

    o„quvchilarga mavzuga yoki bobga tegishli bo„lgan so„zlar, tushunchalar 
    nomi tushirilgan tarqatmalar beriladi ( individual yoki guruhli tartibda); 

    o„quvchilar mazkur tushunchalar qanday ma‟no anglatishi, qachon, 
    qanday holatlarda qo„llanilishi haqida yozma ma‟lumot beradilar; 

    belgilangan vaqt yakuniga yetgach o„qituvchi berilgan tushunchalarning 
    tugri va tuliq izohini uqib eshittiradi yoki slayd orqali namoyish etadi;

    har bir ishtirokchi berilgan to`gri javoblar bilan uzining shaxsiy 
    munosabatini taqqoslaydi, farqlarini aniqlaydi va o„z bilim darajasini tekshirib, 
    baholaydi. 
    “Blits-o„yin” metodi
    Metodning maqsadi: 
    o„quvchilarda tezlik, axborotlar tizmini tahlil qilish, 
    rejalashtirish, prognozlash ko„nikmalarini shakllantirishdan iborat. Mazkur 
    metodni baholash va mustahkamlash maksadida qo„llash samarali natijalarni 
    beradi. 
    Metodni amalga oshirish bosqichlari: 
    1. Dastlab ishtirokchilarga belgilangan mavzu yuzasidan tayyorlangan 
    topshiriq, ya‟ni tarqatma materiallarni alohida-alohida beriladi va ulardan 
    materialni sinchiklab o„rganish talab etiladi. Shundan so„ng, ishtirokchilarga
    to„g„ri javoblar tarqatmadagi «yakka baho» kolonkasiga belgilash kerakligi 
    tushuntiriladi. Bu bosqichda vazifa yakka tartibda bajariladi. 


    II. MODULNI O'QITISHDA FOYDALANILADIGAN INTERFAOL TA'LIM METODLARI 
    13 
    2. Navbatdagi bosqichda trener-o„qituvchi ishtirokchilarga uch kishidan 
    iborat kichik guruhlarga birlashtiradi va guruh a‟zolarini o„z fikrlari bilan 
    guruhdoshlarini tanishtirib, bahslashib, bir-biriga ta‟sir o„tkazib, o„z fikrlariga 
    ishontirish, kelishgan holda bir to„xtamga kelib, javoblarini «guruh bahosi» 
    bo„limiga raqamlar bilan belgilab chiqishni topshiradi. Bu vazifa uchun 15 daqiqa 
    vaqt beriladi. 
    3. Barcha kichik guruhlar o„z ishlarini tugatgach, to„g„ri harakatlar ketma-
    ketligi trener-o„qituvchi tomonidan o„qib eshittiriladi, va o„quvchilardan bu 
    javoblarni «to„g„ri javob» bo„limiga yozish so„raladi.
    4. «To„g„ri javob» bo„limida berilgan raqamlardan «yakka baho» bo„limida 
    berilgan raqamlar taqqoslanib, farq bulsa «0», mos kelsa «1» ball quyish so„raladi. 
    Shundan so„ng «yakka xato» bo„limidagi farqlar yuqoridan pastga qarab qo„shib 
    chiqilib, umumiy yig„indi hisoblanadi.
    5. Xuddi shu tartibda «to„g„ri javob» va «guruh bahosi» o„rtasidagi farq 
    chiqariladi va ballar «guruh xatosi» bo„limiga yozib, yuqoridan pastga qarab 
    qo„shiladi va umumiy yig„indi keltirib chiqariladi.
    6. Trener-o„qituvchi yakka va guruh xatolarini to„plangan umumiy yig„indi 
    bo„yicha alohida-alohida sharhlab beradi. 
    7. Ishtirokchilarga olgan baholariga qarab, ularning mavzu bo„yicha 
    o„zlashtirish darajalari aniqlanadi. 

    Download 3,31 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   74




    Download 3,31 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

    Download 3,31 Mb.
    Pdf ko'rish