Tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




Download 3,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/74
Sana23.05.2024
Hajmi3,31 Mb.
#251667
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   74
Bog'liq
ba599f45c395a4899ef9bf40544d90a5

1.1.2.Menejer va uning funksiyasi. 
Menejer faoliyati aqliy, ijodiy xususiyatlarga ega va uni baholash juda qiyin. 
Boshqaruv maqsadga muvofiq ta‟sir ko„rsatish jarayoni sifatida avvallo kishilarga 
ta‟sir o„tkazish, ular faoliyatini boshqarish, o„zaro munosabatlarni sozlash bilan 
bog„liq. Faoliyatiga esa ishlab chiqarishni moddiy- mulkiy elementlari bilan emas, 
balki ko„p hajmdagi axborotlar bilan turli hujjatlar va boshqaruv qarorlari bilan 
bog„liqlik xos. 
Inson ijtimoiy- iqtisodiy jarayonlarni bosh komponenti, ya‟ni boshqaruvning 
ham sub‟ekti ham ob‟ekti ekanligini inkor qilib bo„lmaydi. Demak boshqaruv 
faoliyati bilan shug„ullanuvchilarda alohida o„ziga xos qobiliyat, ruhiy xususiyatlar 
bo„lishi zarur. Chunki boshqaruv faoliyati kishilar orasidagi munosabatlarni 
shakllantirishni, ular bilan muloqatda bo„lishni, to„g„ri maqsad va vazifalar 
belgilashni, kishilarni turli faoliyatga qiziqtirishni, nazorat qilishni taqozo etadi. 
Rahbarning asosiy ishi odamlar bilan ishlashdan iborat. Rahbar jamoa oldiga 
qo„yilgan maqsadni, rejani, topshiriqni, buyurtmani, son va sifat ko„rsatkichlari 
bo„yicha bajarish uchun, ishlovchilarning bilimdonligidan, kasbidan maqsadga 
muvofiq foydalanishi va ularni bir oqimga yo„naltira olish qobiliyatiga ega bo„lishi 
kerak. 
Xorijiy olimlarni fikriga ko„ra menejer korxonada quyidagi vazifalarni 
bajaradi: 
- bor imkoniyatlardan , mavjud moddiy asosdan, xom ashyo zahiralari va 
mehnat resurslaridan foydalanib, haqiqiy bir butun ishlab chiqarish birligini 
yaratadi, ya‟ni korxona yuqori darajada rivojlanishini ta‟minlaydi, uning zaif 
tomonlarini aniqlaydi, bartaraf etadi; 
- har bir qaror va faoliyatda zamon talabini xisobga olgan holda korxona 
kelajagini ko„zda tutadi va boshqarishga tegishli bo„lmagan ishlarni ham bajaradi; 
- menejer rag„batlantiruvchi mexanizm va aloqani yaratadi, ya‟ni 
mukofatlash, yuqori lavozimga ko„tarish kabi usullardan foydalanib yagona 
jamoani shakllantiradi; 
- menejer tashkilot faoliyatini taxlil qiladi, uning me‟yorini belgilaydi, 
korxona ishchi- xodimlarining ishiga baho beradi; 


III. NAZARIY MATERIALLAR 
18 
- menejer xodimlarning o„z vazifalarini sifatli bajarishlariga qarab ularning 
lavozimlari o„sishiga yoki pasayishiga ta‟sir ko„rsatadi. 
Menejerning ishi texnika, xisoblash ishlari yoki mahsulotlarni sotish bilan 
bog„likmi, yo„qmi, undan qat‟iy nazar ishning samarasi uning eshitish, o„qish, 
so„zlash va yozish qobiliyatiga, axborotlar ( raqamlar) bilan ishlash, ularni taxlil 
qilish qobiliyatiga bog„liq bo„ladi. Rahbar mehnatining muxim omili – qaror qabul 
qilish va uni bajarishda har xil boshqaruv apparati bo„g„inlari xarakatini to„g„ri 
yo„nalishga solishdan iborat
1

Bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha menejerlarga quyidagi talablar 
qo„yiladi: 
- kasbiy maxorat, bilim, ko„nikmalarga ega bo„lishi; 
- o„ziga mas‟uliyat yuklay olish qobiliyati; 
- intellektual (aqliy) qobiliyatlarning yuqori darajasini shakllantirishi; 
-mustaqil ravishda fikrlashi, taxlil qilishi, qarorlar qabul qilish va faoliyat 
yuritish qobiliyati; 
-boshqalar bilan hamkorlikka intilishi va muloqat qobiliyati; 
-maqsad va vazifalarni hal qilishga ijodiy yondoshuvi; 
-doimiy bilim olishga, malakasini oshirishga, o„z ustida ishlashga intilishi; 
-fuqarolik g„ururi, ya‟ni Vatanni, mehnat jamoasi, xalqi uchun chin dildan 
xizmat qilishi. 

Download 3,31 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   74




Download 3,31 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Download 3,31 Mb.
Pdf ko'rish