Menejmentning rivojlanish bosqichlari




Download 3,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/74
Sana23.05.2024
Hajmi3,31 Mb.
#251667
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   74
Bog'liq
ba599f45c395a4899ef9bf40544d90a5

1.1.3. Menejmentning rivojlanish bosqichlari. 
Boshqaruv amaliyoti o„zinin qadimiy, boy tarixiga ega, tarixan ancha asrlar 
davomida shakllangan bo„lsa ham, fan sifatida, mustaqil faoliyat yo„nalishi sifatida 
faqat yigirmanchi asrdagina tan olingan. Shuning uchun ham odatda ilmiy 
izlanishlar 1900 yilgacha bo„lgan boshqaruv va tashkilotlar, hamda 1900 yillardan 
so„ng boshqaruv va tashkilotlar deb ataladi. Insoniyat tarixida buyuk ishlarni 
amalga oshirgan tarixiy shaxslar va olimlar boshqaruv amaliyotiga o„z xissalarini 
qo„shganlar. Aynan boshqaruvning xususiyatlari borasida Arxemed, Al-Xorazmiy, 
G.Galiley, A.Smit, D.Rikardo, Keyns, R.Ouen va boshqa ko„plab shaxslar 
boshqaruvning tarixiy ildizlarini yaratishda o„z xissalarini qo„shganlar. Ammo 
boshqaruvda tizimli yondoshuvni, fikrlarni shakllanishi va uni fan, alohida 
faoliyat sifatida tan olinishi 1900 yillardan keyin boshlangan. 
Boshqaruvga ilmiy yo„nalish sifatida birinchi qiziqishning uyg„onishi 1911 
yili F.Teylorning “Ilmiy boshqaruv tamoyillari” nomli kitobining chop etilishi 
bilan bog„liq. Aynan shu kitobning chop etilishi boshqaruvni fan sifatida tan 
olinish davrining boshlanishi hisoblanadi. Ushbu kontseptsiya asoslari X1X 
1
“Fundamentals of Library “Library management 101: A practical guide” by DIANE L.VELASQUEZ 2013 ISBN 
978-0-8389-1148-8(paper) 978--0-8389-9502-0(pdf) pages-10-11. 


III. NAZARIY MATERIALLAR 
19 
asrning o„rtalaridan XX asrning 20 –yillarigacha bo„lgan davrni qamrab oladi. 
Boshqaruvga bo„lgan qiziqishni kuchayishiga birinchi turtki sifatida 
Yevropa mamlakatlaridagi jadal o„zgarishlar, xususan Angliyada sanoat 
revolyutsiyasining ro„y berishi sabab bo„lgan. Ammo, tashkilotning 
muvaffaqiyatini samarali boshqaruv tashkil qilishi mumkinligi haqidagi 
sistemalashgan fikrlar Amerika Qo„shma Shtatlarida yuzaga keldi, bunga bir necha 
sabablar bor, bular: 
-AQSh dagi o„sha davrdagi irqiy, iqtisodiy erkinlik, hamda kishilarning 
moddiy, kelib chiqishi va sinfiy tabaqalarning ahamiyatsizligi; 
-X1X asrning oxirida Amerika yakunlangan transkontinental temir 
yo„llarining to„qnashuv joyi bo„lganligi; 
-Davlatning aralashmaslik siyosati; 
-Har xil milliy, iqtisodiy asosdan kelib chiqqan odamlar o„z omadlarini 
sinash maqsadida Amerikaga yo„l olib, bu davrda iqtisodiyotni rivojlanishi va 
tadbirkor odamlarni ko„payishi boshqaruvni fan sifatida shakllanishiga olib keldi. 
Bunga yirik tadbirkorlarning extiyoji va yirik biznesni rasmiylashgan boshqaruv 
vositalariga extiyojni kuchliligi; 
-Sanoat revolyutsiyasi natijasida texnika afzalliklarini qo„llashning zarurligi; 
-Ishni samarali tashkil qilish va o„z maqsadlariga erishish yo„llarini 
ahtarayotgan bir qator izlanuvchi- tadqiqotchilarni yuzaga kelishi va o„z 
g„oyalarini targ„ib qilish uchun ularga qul keladigan shart- sharoitni yaratib berdi. 
Boshqaruv g„oyalarini rivojlanishining birinchi bosqichi 
teylorizm

davri 
deb atalib, bu davrning o„ziga xos g„oyasi ilmiy asosda boshqarish mumkin 
ekanligini targ„ib qilishdir. Bu davrda muxandislik ( injenerlik) fanlari g„oyalarini 
eng quyi ishlab chiqarish bo„g„iniga singdirilishi xos bo„lib, keyinchalik aynan 
shunda teylorizm cheklanganligi namoyon buladi. 
Ikkinchi bosqich – 

Download 3,31 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   74




Download 3,31 Mb.
Pdf ko'rish