Tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




Download 3,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/74
Sana23.05.2024
Hajmi3,31 Mb.
#251667
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   74
Bog'liq
ba599f45c395a4899ef9bf40544d90a5

 
 
 
1.1.
 
Axborot-kutubxona menejmenti umumiy tushunchalari. 
 
Respublikamiz hayotida muxim siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va madaniy-
ma‟rifiy o„zgarishlar ro„y bermoqda. Bozor iqtisodiyoti munosabatlarining tarkib 
topishi va shakllanish jarayoni o„ziga xos ko„rinishda amalga oshmoqda. 
Kutubxona- axborot faoliyatida ham olib borilayotgan islohatlarning muvaffaqiyati 
ko„p jihatdan faoliyatni to„g„ri tashkil qilish va boshqarishga bog„liqdir. 
“Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik” ta‟lim yo„nalishi bo„yicha bakalavr 
kadrlari 
tayyorlashda 
“Axborot-kutubxona 
faoliyati 
boshqaruvi” 
fani, 
kutubxonashunoslik fanlari tizimidagi yakunlovchi bosqich bo„lib, talabalarga 
ixtisoslik bo„yicha bilim berishda muxim ahamiyatga egadir. 
Menejment 
nazariyasining 
mazmuni 
va 
asosiy 
tushunchalari. 
Menejmentning rivojlanish bosqichlari

1.1.1. Tashkilot - menejment ob’ekti sifatida. 
Menejment inglizcha so„z bo„lib, boshqaruv ma‟nosini anglatadi. U har 
qanday tashkilotlarda band bo„lgan kishilarga rahbarlik qilish, ularni boshqarish 
faoliyatidir. Menejment deganda ma‟lum maqsadlarga erishish yo„lida odamlarni 
hatti - harakatini tashkil qilish va tartibga solish faoliyati tushuniladi. Oddiy qilib 
aytganda, menejment – tashkilot oldiga qo„yilgan maqsadlarga boshqa odamlarni 
mehnatini, qobiliyatlarini, intellektini, xarakat motivlarini qo„llagan xolda erishish 
demakdir. Menejment shuningdek boshqaruv borasidagi vazifalarni amalga 
oshirishga yordam beruvchi insoniy bilimlar doirasidir. Va nixoyat, menejment 
boshqaruv faoliyatini amalga oshiruvchi alohida kishilar toifasi – menejerlar 
majmuasi sifatida ham tushunish mumkin. 


III. NAZARIY MATERIALLAR 
16 
Boshqaruv ijtimoiy rivojlanishning ob‟ektiv zarur elementidir. Har qanday 
jamoa faoliyati boshqaruvsiz, tartib belgilash, faoliyatini tashkil qilish, kishilar 
orasida ma‟lum munosabatlarni yuzaga keltirishsiz, hamda turli tashkilotlarni 
ishini kelishtirishsiz amalga oshirib bo„lmaydi. Demak, boshqaruv tashkiliy, 
ma‟muriy, ijtimoiy- psixologik jixatlarga ega bo„lib, korxona, alohida tashkilot, 
tarmoq, tizimlarni maqsadga muvofiq tarzda funktsiya qilishini ta‟minlaydigan 
alohida faoliyat.
Har qanday boshqaruvning ob‟ekti bu biron- bir tashkilotdir. Har qanday 
tashkilotga uning xajmi, qanday doirada faoliyat ko„rsatishi va qanday vazifalarni 
hal qilishidan qat‟iy nazar, umumiy xos jixatlar mavjud. Har qanday tashkilotning 
asosini tashkil qiluvchi elementlar: tashkilot faoliyatini amalga oshiruvchi 
odamlar, tashkilot hal qilishi lozim bo„lgan maqsadlar va shuning uchun yaratilgan 
metodlar, hamda ushbu qo„yilgan maqsadlarga erishish uchun tashkilotni 
xarakatga keltiruvchi va jamlovchi boshqaruvchilar mavjud. Tashkilotni ushbu 
umumiy tashkil etuvchilaridan kelib chiqib quyidagicha ta‟rifini berish mumkin. 
Tashkilot – bu bir umumiy maqsadni ko„zlab xarakat qiluvchi kishilar 
xarakatini sistemalashgan, ongli ravishdagi birlashuvidir. 
Tashkilotlar rasmiy, norasmiy, oddiy va murakkab bo„lishi mumkin. Rasmiy 
tashkilotlar o„zini rasmiy hukukiy statusiga ega. Norasmiy tashkilotlar esa o„z 
doirasiga kishilarni qiziqishlari, diniy, madaniy va boshqa extiyojlari bo„yicha 
birlashtirib turadi. Norasmiy tashkilotlar ijtimoiy, diniy va x.k jixatlarga ega bo„lib 
rasmiy tashkilot doirasida ham bo„lishi yoki bir necha rasmiy tashkilotlar a‟zolarini 
birlashtirishi ham mumkin. 
Murakkab tashkilotlar o„z oldilariga bir emas, balki bir necha maqsadlarni 
qo„yishlari, murakkab strukturaga ega bo„lishi va bir vaqtni o„zida juda ko„p xil 
maxsulot va xizmatlar bo„yicha bir necha bozorlarga qarata ish olib borishlari 
mumkin.
Oddiy tashkilotlar bir yoki aniq chegaralangan maksadlar doirasini tanlab, 
bir- ikki maxsulot turi va bir bozorga moslashib nisbatan uncha murakkab 
bo„lmagan tuzilmaga ( strukturaga) ega bo„lishi mumkin. 
Hamma tashkilotlarga xos umumiy tavsiflar mavjud bo„lib, bular: 
-resurslar, ya‟ni odamlar, kapital, materiallar, texnologiya, axborot; 
-tashqi muhitga bog„liqligi; 
-har xil funktsiyalar, ya‟ni o„ziga xos faoliyat turi bilan farqlanib turadigan, 
bloklar, bo„limlar, qismlardan iboratligi; 
-
vertikal mehnat taqsimoti; 
-
boshqaruvning zarurligi. 
Tashkilotni boshqarish- tashkilotni doimiy ravishda o„zgarib boradigan ichki 


III. NAZARIY MATERIALLAR 
17 
va tashqi sharoitga moslashib borishidir. Bu fikr zamonaviy menejment 
metodologiyasining asosini tashkil etadi.
Menejmentdagi barcha funktsiyalarni moxiyati jihatidan to„rta umumiy 
funktsiyaga keltirish mumkin. Bular rejalashtirish, tashkil qilish, motivatsiya va 
nazorat. Birgalikda bu funktsiyalarni uzluksiz ketma- ketligi menejment tsiklini 
tashkil qiladi. O„z navbatida har bir funktsiya uni tashkil qiluvchi bosqichlar, 
xarakatlar majmuidan iborat. 

Download 3,31 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   74




Download 3,31 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Download 3,31 Mb.
Pdf ko'rish