II. MODULNI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN INTREFAOL TA’LIM METODLARI.
8
II. MODULNI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN INTREFAOL
TA’LIM METODLARI.
«FSMU» metodi
Texnologiyaning maqsadi: Mazkur texnogiya ishtirokchilardagi umumiy
fikrlardan
xususiy xulosa chiqarish, taqqoslash,
qiyoslash orqali axborotni
o`zlashtirish, xulosalash shuningdek, mustaqil ijodiy fikrlash ko`nikmalarini
shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur texnologiyadan ma`ruza mashg`ulotlarida,
mustahkamlashda, o`tilgan mavzuni so`rashda, uyga vazifa berishda hamda amaliy
mashg`ulot natijalarini tahlil etishda foydalanish tavsiya etiladi.
Texnologiyani amalga oshirish tartibi:
-
qatnashchilarga mavzuga oid bo‘lgan yakuniy xulosa yoki g’oya
taklif etiladi;
-
har bir ishtirokchiga FSMU texnologiyasining bosqichlari yozilgan qog’ozlarni
tarqatiladi:
-ishtirokchilarning munosabatlari individual yoki guruhiy tartibda
taqdimot qilinadi.
FSMU tahlili qatnashchilarda kasbiy-nazariy bilimlarni amaliy mashqlar va
mavjud tajribalar asosida tezroq va muvaffaqiyatli o‘zlashtirilishiga asos bo‘ladi.
F
S
M
U
Fikringizni bayon eting
Fikringizni bayoniga
sabab
ko’rsating
Ko’rsatgan sababingizni
isbotlab misol keltiring
Fikringizni umumlashtiring
II. MODULNI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN INTREFAOL TA’LIM METODLARI.
9
Namuna.
Fikr:
“Raqamli televideniya HD formatda video taqdim etadi ”.
Topshiriq:
Mazkur fikrga nisbatan munosabatingizni FSMU orqali tahlil
qiling.
Венн Диаграммаси методи
Методнинг мақсади:
Бу метод график тасвир орқали ўқитишни ташкил
этиш шакли бўлиб, у иккита ўзаро кесишган айлана тасвири орқали
ифодаланади.
Мазкур метод турли тушунчалар, асослар, тасавурларнинг
анализ ва синтезини икки аспект орқали кўриб чиқиш, уларнинг умумий ва
фарқловчи жиҳатларини аниқлаш, таққослаш имконини беради.